Oliy ta’lim muassasalarining xalqaro reytingi hisoblangan Times Higher Education o‘zining 2022 yil uchun THE Impact Rankings natijalarini e’lon qildi. Unda O‘zbekistonning 30 ta oliy ta’lim muassasasi o‘rin oldi.

THE Impact Rankings reytingi Buyuk Britaniyaning Times Higher Education tashkiloti tomonidan e’lon qilinadi. Mazkur reytingning asosiy maqsadi BMT tomonidan 2030 yilga qadar mo‘ljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlarini (BRM) amalga oshirishda oliy ta’lim muassasalarining ta’sirini baholashdan iborat. Ilk reyting 2019 yilda e’lon qilingan.

Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, 2022 yilda ushbu reytingda 110 davlatdan 1500 dan ortiq OTM ishtirok etgan.

O‘zbekistondagi OTMlar orasida Toshkent davlat agrar universiteti 56.6 ko‘rsatkich bilan mingtalikdan o‘rin oldi. Ta’kidlash kerak, mazkur reytingga O‘zbekistondagi xususiy OTMlar orasidan faqat Akfa universiteti kira olga.


Jadval: Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi

Ma’lumot uchun, Barqaror rivojlanish maqsadlari xalqaro hamkorlikning 2030 yilga qadar erishiladigan 17 ta maqsadlar to‘plamidir. U barcha millatlarning sog‘lig‘ini mustahkamlash, gender tengligi, qashshoqlik, ochlik va global iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurashish, ta’lim, ichimlik suvi, ish va arzon energiya ta’minotini yaxshilash, ijtimoiy adolat va tinchlik g‘oyalarini targ‘ib qilishga qaratilgan.