Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Edil Baysalov mamlakatda koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish va uning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tezkor shtabning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi. Bu haqda 24.kg nashri ma’lum qildi.

Unda Sog‘liqni saqlash vazirligiga manfaatdor davlat organlari bilan birgalikda 1 maydan boshlab Qirg‘iziston fuqarolari va chet el fuqarolari uchun davlat chegarasining butun uzunligi bo‘ylab, barcha turdagi transport vositalarida nazorat-o‘tkazish punktlarini kesib o‘tayotganda PZR testi manfiy yoki koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash sertifikati mavjudligi haqidagi majburiy talabni bekor qilish vazifasi topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, 16 martdan boshlab O‘zbekistonning Qozog‘iston va Tojikiston bilan o‘tkazish punktlari orqali fuqarolar harakatiga cheklovlar bekor qilindi. Emlanganlik sertifikati yoki pasportiga ega chet el fuqarolaridan O‘zbekistonga kirishda PZR-test natijasi talab etilmaydi.