2 may kuni Toshkentda Ramazon hayit namozi o‘qilishi munosabati bilan maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etilmoqda, deya xabar berdi «Toshshahartransxizmat» AJ matbuot xizmati.

Dushanba kuni 11 ta tumandagi 98 ta masjidda Ramazon Hayit namozi o‘qiladi. Unda mazkur masjidlarga boruvchilarga qulaylik yaratish, yo‘llarda paydo bo‘ladigan tirbandliklarning oldini olish hamda Ramazon hayit bayramida sifatli, xavfsiz jamoat transporti xizmatini ko‘rsatish maqsadida maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi.

Avtobus yo‘nalishlari soat 03:00 dan 06:00 ga qadar quyidagi ko‘chalar orqali harakatlangan holda fuqarolarning masjidlarga kelib-ketishlari uchun xizmat ko‘rsatadi:


Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda hali Ramazon hayiti nishonlanishi sanasi rasman e’lon qilingani yo‘q.