Ba’zi banklarda dollarning sotuv kursi yana 11 500 so‘mdan oshdi
11 may 2023, 10:03

Ba’zi banklarda dollarning sotuv kursi yana 11 500 so‘mdan oshdi

Tijorat banklari 11-may kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 395 — 11 440 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 460 — 11 510 so‘m.

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
11 may 2023, 09:50

O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

12−13 va 16−17-may kunlari O‘zbekistonda kuzatiladigan kuchli yomg‘irlar sababli 9 ta viloyatda sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin.

“Ozodlikdaman, o‘lib ketganim yo‘q”. 15 sutkaga qamalgan Activist loyihasi muallifi ommaga ko‘rinish berdi
11 may 2023, 09:41

“Ozodlikdaman, o‘lib ketganim yo‘q”. 15 sutkaga qamalgan Activist loyihasi muallifi ommaga ko‘rinish berdi

8-aprel kuni 15 sutkaga qamalgan Activist loyihasi muallifi, bloger Hojiakbar Nosirov oradan bir oy o‘tib jamoatchilikka video chiqish bilan ko‘rinish berdi. “Menda hammasi yaxshi, ozodlikdaman. O‘lib ketganim yo‘q yoki firibgarlik, tovlamachilik bilan ustimdan jinoiy ishlar ochilgani yo‘q”, — deydi u.

Narpaylik fermerning 1,7 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
10 may 2023, 23:36

Narpaylik fermerning 1,7 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Narpay tumanida yashovchi fuqaro va fermerning yashirin ohak sexi tashkil etib, 1,7 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Samarqand, Yuqorichirchiq, Qibray, TOshkent va Yangiariq tumanlarida ham gaz va elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh qilindi.

Aprel oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 230 mln dollarga qisqardi
10 may 2023, 22:49

Aprel oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 230 mln dollarga qisqardi

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari aprel oyida 230 mln dollarga qisqarib, 35,2 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu pasayish, asosan, valyuta zaxiralarining qisqarishi bilan bog‘liq.

O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 3-o‘rinni egalladi
10 may 2023, 22:05

O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 3-o‘rinni egalladi

AQSh hukumatining 2023-yil uchun “Turli millatga mansub immigrantlar vizasi” — Green Card javoblari e’lon qilindi. Dunyo bo‘ylab 50 ming kishiga beriladigan ushbu lotoreya yutug‘ining 5,5 mingdan ziyodrog‘i o‘zbekistonliklarga chiqdi.

10-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
10 may 2023, 22:03

10-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Prezident saylovi kampaniyasiga start berilgani, prezidentga murojaat yo‘llagan nashida ortidan qamalgan talabaning onasi, YeIning “qora ro‘yxati”ga kiritilishi mumkin bo‘lgan o‘zbek kompaniyalari, Chimyon xalqaro kurortini quradigan Fransiya kompaniyasi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Xitoy tajribasi asosida har bir viloyatda bittadan tumanda kambag‘allikdan chiqarish dasturi amalga oshiriladi
10 may 2023, 21:35

Xitoy tajribasi asosida har bir viloyatda bittadan tumanda kambag‘allikdan chiqarish dasturi amalga oshiriladi

Xitoy tajribasi asosida har bir viloyatda bittadan tumanni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha alohida dastur amalga oshiriladi. Korxonalar bilan malakali ishchilar tayyorlash bo‘yicha shartnomalar tuziladi. Prezident kredit va subsidiyalar ajratish tartibini o‘zgartirish bo‘yicha topshiriq berdi.

“O‘g‘limga yana bir imkon beringlar”. Nashida ortidan qamalgan talabaning onasi prezidentga murojaat qildi
10 may 2023, 18:21

“O‘g‘limga yana bir imkon beringlar”. Nashida ortidan qamalgan talabaning onasi prezidentga murojaat qildi

Nashida yuborishi ortidan 3 yilga qamalgan talaba Jahongir Ulug‘murodovning onasi prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘lladi. “Nashida mumkinmasligi nega televizorda aytilmaydi, biz qayerdan bilamiz u nashida ekanini?” deya savol bilan yuzlandi Gulchehra Umarova va o‘g‘liga yana bir imkon berishlarini so‘radi.

“Yuksalish” bayroq rangidagi tasma taqqan yigit ishi tafsilotlarini ochiqlashga chaqirdi
10 may 2023, 17:38

“Yuksalish” bayroq rangidagi tasma taqqan yigit ishi tafsilotlarini ochiqlashga chaqirdi

“Yuksalish” harakati Bosh prokuratura aralashuvidan keyin yopilgan, bayroq rangli tasma taqqan yigit bilan bog‘liq ish tafsilotlarini oshkor qilishga chaqirdi. Noqonuniy talab qo‘ygan IIB xodimlari va noqonuniy qaror qabul qilgan sud harakatlariga qanday baho berildi? — deb so‘radi harakat raisi.

Surxondaryo hokimi topshiriqlarni bajarmagani uchun barcha o‘rinbosarlarini ogohlantirdi
10 may 2023, 16:48

Surxondaryo hokimi topshiriqlarni bajarmagani uchun barcha o‘rinbosarlarini ogohlantirdi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov “topshiriqlar o‘z vaqtida bajarilmagani uchun” barcha o‘rinbosarlariga ogohlantirish berdi. Shuningdek, qator hududlarda tuman hokimlari o‘rinbosarlari va tashkilot rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanadigan bo‘ldi.

MND France kompaniyasi Chimyon xalqaro kurortini quradi
10 may 2023, 15:10

MND France kompaniyasi Chimyon xalqaro kurortini quradi

Bo‘stonliq tumanida Fransiya kompaniyasi tomonidan Chimyon xalqaro umummavsumiy kurorti quriladi. Unda XXL Zip line, Alpine coaster, Adventure tower, Tubing, Via ferrata kabi 20 dan ortiq turdagi qishki va yozgi attraksionlar tashkil etiladi. Kurort yiliga 3,1 million kishiga xizmat qilishi kutilmoqda.

O‘zbekiston kompaniyalari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tishdagi yordami uchun YeIning “qora ro‘yxati”ga kiritilishi mumkin
10 may 2023, 15:09

O‘zbekiston kompaniyalari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tishdagi yordami uchun YeIning “qora ro‘yxati”ga kiritilishi mumkin

Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiyaning Ukrainadagi urushi munosabati bilan yangi sanksiyalarni muhokama qilmoqda. Reuters insayderlariga ko‘ra, Rossiyaga kiritilgan sanksiyalarni chetlab o‘tishga yordam beradigan Xitoy, Eron, Qozog‘iston va O‘zbekiston kompaniyalari qora ro‘yxatga kiritilishi mumkin.

Nashida uchun 3 yilga qamalgan yigitning harakatlarini tergov idoralari to‘g‘ri malakalagan — Toshkent viloyati IIBB
10 may 2023, 14:45

Nashida uchun 3 yilga qamalgan yigitning harakatlarini tergov idoralari to‘g‘ri malakalagan — Toshkent viloyati IIBB

Toshkent viloyati IIBB 21 yoshli yigit nashida uchun 3 yilga qamalgani bo‘yicha aytilayotgan ayrim fikrlar noxolisligi, tergov idoralari ishni to‘g‘ri malakalaganini bildirdi. U Suriyadagi “Tavhid va jihod katibasi” terror tashkiloti ma’ruzalarini tinglab, ularning g‘oyaviy ta’siriga tushgan, deyiladi xabarda.

Boks bo‘yicha JCHda 11 nafar o‘zbekistonlik yarim final yo‘llanmasi uchun kurashmoqda
10 may 2023, 14:29

Boks bo‘yicha JCHda 11 nafar o‘zbekistonlik yarim final yo‘llanmasi uchun kurashmoqda

Boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi JCHda o‘zbekistonliklar hisobida yana 9 ta g‘alaba va bitta mag‘lubiyat bor. 11 nafar bokschi yarim final yo‘llanmasi uchun kurashmoqda.

“Alg‘a Qaraqalpaqstan” partiyasi yetakchisi sirtdan 18 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
10 may 2023, 12:26

“Alg‘a Qaraqalpaqstan” partiyasi yetakchisi sirtdan 18 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Nukus voqealari bo‘yicha “Alg‘a Qaraqalpaqstan” partiyasi yetakchisi Amanbay Sagidullayev (Norvegiyada yashaydi) va Qozog‘istondagi qoraqalpoq diasporasi vakili Niyetbay Urazbayev aybli deb topilib, sirtdan mos ravishda 18 va 12 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Uzcard va Humo bankomatlarini integratsiyalash yakunlandi
10 may 2023, 12:07

Uzcard va Humo bankomatlarini integratsiyalash yakunlandi

Uzcard va Humo to‘lov tizimlari bankomatlarini integratsiya qilish bo‘yicha texnik ishlar yakunlandi. 1-iyundan boshlab tijorat banklari bilan kelishilgan jadvalga muvofiq barcha bankomatlarni bosqichma-bosqich ulash boshlanishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda deputatlarni saylashning aralash tizimiga o‘tiladi
10 may 2023, 11:51

O‘zbekistonda deputatlarni saylashning aralash tizimiga o‘tiladi

O‘zbekistonda Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari korpusini shakllantirish uchun majoritar-proporsional (aralash) saylov tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston prezidentligi uchun saylov kampaniyasiga start berildi
10 may 2023, 11:38

O‘zbekiston prezidentligi uchun saylov kampaniyasiga start berildi

O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovi kampaniyasi 10-maydan boshlandi. MSK saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Kalendar rejani tasdiqladi. Unga ko‘ra prezidentlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish 6-iyungacha amalga oshiriladi.

Toshkent viloyatidagi ayrim yo‘llar 4 kunga yopildi
10 may 2023, 10:32

Toshkent viloyatidagi ayrim yo‘llar 4 kunga yopildi

Xalqaro velosport musobaqasi o‘tkazilishi munosabati bilan 10−11−13−14-may kunlari soat 08:00 dan 17:00 ga qadar Bo‘stonliq va Yuqori Chirchiq tumanlaridan o‘tgan avtomobil yo‘llarida harakatlanish to‘xtatildi. Ro‘yxat.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting