15−17 aprel kunlari Toshkentda badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Musobaqalar O‘zbekiston gimnastika federatsiyasida (O‘GF) bo‘lib o‘tadi (xarita). Tomoshabinlar uchun musobaqalarga kirish bepul, deya xabar berdi federatsiya matbuot xizmati. Rasmiy ochilish marosimi soat 18:00 ga belgilangan, biroq chiqishlar ertaroq, soat 14:30 da boshlanadi (dastur).

Bu yil musobaqada Armaniston, Avstraliya, Ozarbayjon, Bolgariya, Kolumbiya, Buyuk Britaniya, Gruziya, Germaniya, Italiya, Qozog‘iston, Latviya, Yangi Zelandiya, Sloveniya, AQSh va O‘zbekiston kabi 15 davlat vakillari ishtirok etadi.

Ko‘p yillar davomida birinchi marta Rossiya, Belarus va Ukraina gimnastikachilari musobaqada qatnashmaydi. Mart oyi boshida Xalqaro gimnastika federatsiyasi (FIG) Rossiya va Belorus terma jamoalarini musobaqadan chetlashtishini e’lon qilgan edi. Dastlab, FIG har ikki davlat sportchilariga davlat bayrog‘i va madhiyasi ostida musobaqalarda qatnashishni taqiqladi. Ammo yakunda 7 martdan boshlab ular neytral maqomda ham musobaqada ishtirok etmaydi degan qarorga keldi.

O‘GF barcha gimnastikachilar uchun 2022 yilgi sport mavsumi «katta hayajon bilan» o‘tishini ma’lum qildi. Buning sababi bir qator omillarga bog‘liqdir.

Birinchidan, bu Olimpiada sikli ancha qisqaroq, ya’ni bu kvalifikatsion startlar uchun kam vaqt qoladi degani. Shu yilning kuzida litsenzion jahon chempionati boshlanadi, unda Parij-2024 uchun birinchi kvotalar o‘ynaladi.

Ikkinchidan, gimnastikachilardan murakkabroq dasturlarni talab qiladigan hakamlikdagi yangi qoidalar to‘plami joriy qilinadi.

Uchinchidan, guruh mashqlarida mavzularning o‘zgarishi. Yangi siklga beshta halqa bilan, shuningdek, uchta lenta va ikkita to‘p bilan mashqlar qilish kiritilgan.

Qolaversa, ko‘plab terma jamoalar asosiy tarkibini o‘zgartirdi.

«O‘tmishdagi» liderlar o‘rnini «ulg‘aygan» iqtidorli avlod egallamoqda. Masalan, Tokio-2020 olimpiadasidan so‘ng Bolgariya terma jamoasi guruh mashqlarida o‘zining yangi jamoasini taqdim etadi", — deyiladi xabarda.

Toshkentdagi jahon kubogi bosqichida O‘zbekiston sharafini Tokiodagi Olimpiya o‘yinlari litsenziyasi sohibi, Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlari va jahon chempionati bosqichlari g‘olibi, jamoa yetakchisi Sabina Tashkenbayeva va Osiyo chempioni Taxmina Ikromova himoya qiladi. Ikkala gimnastikachi ham Liliya Vlasovaning shogirdi hisoblanadi.

Bundan tashqari, guruh mashqlarining yangi tarkibida Shaxzada Ibragimova, Nargiza Jumaniyozova, Nilyufar Azamova, Mumtoza Iskxakzoda, Mariya Pak va Xurshida Abduraufova ishtirok etadi. Jamoaga Ra’no Muhamedova va Nilufar Shamurodova ustozlik qilishadi.

O‘zbekistonda badiiy gimnastika bo‘yicha bunday yuksak miqyosdagi turnirlar ilk bor 2004 va 2005 yillarda o‘tkazilgan. Yana 5 yildan so‘ng, 2010 yilda Toshkentda o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. O‘shandan beri poytaxt har yili dunyoning eng kuchli gimnastikachilariga mezbonlik qiladi va turnir mezbonlari turli maqomdagi sovrinlarni qo‘lga kiritib kelishadi.