O‘zbekistonda ayollar 27% rahbarlik lavozimlarini egallamoqda. Ushbu ma’lumotlar 13 aprel kuni senatorlar, deputatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida o‘tkazilgan «O‘zbekiston taraqqiyotida parlamentdagi ayollarning roli» mavzuidagi forumda tilga olindi.

Ayollarning tadbirkorlik sohasidagi ulushi 25%, siyosiy partiyalarda — 44%, oliy ta’lim tizimida — 46% ni tashkil etmoqda.

Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash qo‘mita hamda hokimlarning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlarini malakasini oshirish. Foto: AOKA.

Forumda xotin-qizlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini faollashtirish, ularni davlat boshqaruvi idoralarida qarorlar qabul qilish darajasida ishlashiga erishishga oid taklif hamda fikr-mulohazalar bildirildi.

«Siyosatdagi ayollar» tahliliga ko‘ra, 2019 yilgi saylov natijalariga ko‘ra, 2020 yilda ayollar parlamentning yuqori palatasi — Senatda 24,7% o‘rinni egallab, avvalgi natijaga nisbatan o‘z vakolatlarini 7,7 foizga oshirdi. Qonunchilik palatasida 2019 yilgi saylovlar ayollarga 32% o‘rinni olib keldi, bu esa ko‘rsatkich 2 baravarga oshgani qayd etildi.

Mart oyida Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tashkil etilgani munosabati bilan O‘zbekistondagi barcha hududlar rahbarlariga yangi o‘rinbosarlar — viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshliqlari, shu jumladan, Qoraqalpog‘istonda Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari tayinlangandi.