Payshanba kuni kechki payt Toshkent metropolitenining «Pushkin» bekatida 22 yoshli yigit o‘zini poyezd yo‘lagi ostiga tashladi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar qildi.

Mashinistning tezkor to‘xtashi natijasida yo‘lovchi omon qoldi. Ichki ishlar va metropoliten xodimlari uni jarohatlarsiz qutqarib oldi.

Bu vaqtda 5 daqiqa poyezdlar harakati to‘xtadi. Hozirda holat o‘rganilmoqda.