Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda Qashqadaryo viloyatida 2022 yilda oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida ajratilgan imtiyozli kreditlarning maqsadsiz sarflanganini aniqladi, deya xabar bermoqda agentlik matbuot xizmati.

Xususan, departamentning Shahrisabz tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasida Shahrisabz tumanida mahallada hokim yordamchisi lavozimida ishlayotgan A. T. «B.S.B» MCHJni tashkil qilib, unga ta’sischilik va rahbarlik qilayotgani aniqlangan. U tijorat bankining Shahrisabz filiali mansabdor shaxslari bilan jinoiy til biriktirgan holda hujjatlarni soxtalashtirib, 162 mln so‘m kredit mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan tolon-taroj qilgan. Shuningdek, A. T. 114 mln so‘m soliq va yig‘imlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlagani ma’lum qilindi.

Mazkur holat bo‘yicha hokim yordamchisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 184-moddasi 2-qismi «,» bandi (soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash), 167-moddasi 3-qismi «a» bandi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi 1-qismi (mansab soxtakorligi) bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, tijorat bankining Shahrisabz filiali mansabdor shaxslariga nisbatan ham 167-moddasi 3-qismi «a» bandi bandi va 228-moddasi 2-qismi «,» bandi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.