O‘zbekistonda yanvar oyida 18 mingta ko‘chmas mulk oldi-sotdi bitimlari ro‘yxatga olindi, bu 2022 yil dekabr oyiga nisbatan 19,7 foizga ko‘pdir. Bu Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlilida keltirib o‘tildi.

Eng yuqori o‘sish sur’atlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida (3 baravar), Namangan (78,3 foiz) va Sirdaryo (68 foiz) viloyatlarida qayd etildi. 2022 yil yanvar oyiga nisbatan uy-joy oldi-sotdi shartnomlarining soni 2,7 foizga oshdi.

иқтисодий tadqiqotlar va islohotlar markazi, ko‘chmas mulk bozori

Ko‘chmas mulk bo‘yicha rasmiylashtirilgan oldi-sotdi shartnomalari sonining o‘zgarishi, 2018−2023 yillar. Foto: Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ko‘chmas mulk bozorini qo‘llab-quvvatlashning asosiy vositasi imtiyozli va subsidiyalangan ipoteka kreditlari, shuningdek, davlat dasturlarini rag‘batlantirishga e’tibor qaratilmoqda. Xususan, Shavkat Mirziyoyev 2022 yilning dekabr oyida ehtiyojmand yosh oilalar uchun «Mening birinchi uyim» ipoteka dasturi maqbul shartlar asosida ishga tushirilganini ma’lum qilgan edi. Dastur ijrosi Toshkent viloyatidan boshlanadi.

Markaziy bank prognoziga ko‘ra, ipoteka kreditlashning yuqori stavkalari 2023 yilda O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozori o‘sishining asosiy omili bo‘ladi.

2022 yil yakunlariga ko‘ra, banklar tomonidan aholiga berilgan ipoteka kreditlari hajmi 1,5 baravarga — 9,8 trln so‘mdan 14,4 trln so‘mga oshdi. Shu bilan birga, birlamchi va ikkilamchi bozorlarning o‘sishi ham 1,5 baravar — 7,4 trln so‘mdan 10,8 trln so‘mga va mos ravishda 2,4 trln so‘mdan 3,6 trln so‘mga yetdi.

Toshkentda uy-joy ijarasi narxlarining o‘zgarishi

Yanvar oyida poytaxtda ijaraning o‘rtacha narxi deyarli o‘zgarmadi va 2022 yil dekabr oyida 1,4 foizga pasaygan holda 1 kv/metr uchun 10,1 AQSh dollarini tashkil etdi. Ijaraning eng yuqori narxlari poytaxtning Shayxontohur (15,7 dollar), Yakkasaroy (11,8 dollar) va Mirobod (12,2 dollar) tumanlarida qayd etildi.

Ijaraning nisbatan past narxlari Uchtepa (8 dollar), Sergeli (6,9 dollar) va Bektemir (6 dollar) tumanlarida qayd etildi.

Shu bilan birga, 2022 yilning mos davriga kelib, Toshkent shahrida ijaraning o‘rtacha narxi deyarli 25 foizga oshdi. O‘tgan yilning yanvar oyidan buyon uy-joylarni ijaraga berish bo‘yicha eng yuqori o‘sish sur’atlari Shayxontohur (56,7 foiz), Sergeli (29,9 foiz) va Chilonzor (25,8 foiz) tumanlarida qayd etilgan.

Ikkilamchi ko‘chmas mulk bozori

Hisob-kitoblarga ko‘ra, respublikada yanvar oyida ikkilamchi uy-joy bozorida 1 kv/metr uchun uy-joy narxining o‘rtacha o‘sishi oyiga 0,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yil yanvar oyidan buyon 20,2 foizga o‘sdi.

Yil boshidan buyon Navoiy (29,3 foiz) va Farg‘ona (29 foiz) viloyatlarida va Toshkent (28,3 foiz) shahrida uy-joy narxining sezilarli o‘sishi kuzatildi.

Toshkent shahrida ikkilamchi bozorda yanvar oyida narxlarning o‘sishi oyiga 1,9 foizni tashkil etdi. Eng yuqori o‘sish sur’atlari Yunusobod — 2,9 foiz, Olmazor — 2,8 foiz va Shayxontohur tumanlarida — 2,7 foiz qayd etildi. 2022 yil yanvar oyidan boshlab Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi 28,3 foizga oshdi.

иқтисодий tadqiqotlar va islohotlar markazi, ko‘chmas mulk bozori

Toshkent shahri va hududlar ma’muriy markazlarida ikkilamchi uy-joy narxlarining o‘zgarishi (1kv/metr. uchun AQSh dollarida).