Qirg‘izistonda tashqi qarzni oddiy fuqarolar hisobidan to‘lash taklif qilindi
21 oktabr 2020, 13:46

Qirg‘izistonda tashqi qarzni oddiy fuqarolar hisobidan to‘lash taklif qilindi

Qirg‘iziston parlamenti deputati fuqarolardan pul yig‘ish va mamlakatning tashqi qarzini to‘lashni taklif qildi. Ushbu taklif mamlakat tashqi qarzini oddiy fuqarolar hisobiga to‘lashga qaratilgan birinchi urinish emas.

GTL zavodini qurayotgan ishchilar «pogrom» uyushtirdi
21 oktabr 2020, 13:39

GTL zavodini qurayotgan ishchilar «pogrom» uyushtirdi

Qashqadaryodagi GTL zavodi qurilayotgan joyda ENTER Engineering ishchilari norozilik bildirishdi. Derazalarga tosh otilib, binolardan birida «pogrom» uyushtirildi. Kompaniya ommaviy norozilik oshxonaga kirish joyida texnik nosozliklar tufayli kelib chiqqanini ma’lum qildi. Avvalroq xodimlar ish haqining o‘z vaqtida berilmasligidan shikoyat qilishgan edi.

Senatorlar «Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida”gi qonunni rad etishdi
21 oktabr 2020, 12:50

Senatorlar «Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida"gi qonunni rad etishdi

Senatorlar «Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida"gi qonunni uning ayrim moddalari talablarga mos kelmasligi sababli rad etishdi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Rustam Shodiyev vafot etdi
21 oktabr 2020, 12:33

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Rustam Shodiyev vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, sobiq mehnat vaziri o‘rinbosari, professor Rustam Shodiyev hayotdan ko‘z yumdi.

Prezident ilk bor nishonlanayotgan O‘zbek tili bayrami munosabati bilan tabrik yo‘lladi
21 oktabr 2020, 12:04

Prezident ilk bor nishonlanayotgan O‘zbek tili bayrami munosabati bilan tabrik yo‘lladi

«Davlat tilining obro‘-e’tibori — butun xalq, butun jamiyatning obro‘-e’tiboridir». Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini bu yil birinchi marta nishonlanayotgan O‘zbek tili bayrami bilan tabrikladi.

Boriy Alixonov va Narimon Umarov Senat qo‘mitalariga rais etib saylanishdi
21 oktabr 2020, 11:55

Boriy Alixonov va Narimon Umarov Senat qo‘mitalariga rais etib saylanishdi

Senatning sakkizinchi yalpi majlisida Boriy Alixonov Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari qo‘mitasiga, Narimon Umarov esa Sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga rais bo‘ldi.

Murat Kamalov Senat raisi o‘rinbosari etib saylandi
21 oktabr 2020, 11:19

Murat Kamalov Senat raisi o‘rinbosari etib saylandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Murat Kamalov prezident taqdimnomasiga ko‘ra Oliy Majlis Senati raisi o‘rinbosarligiga saylandi.

Boriy Alixonov va Narimon Umarov Senat a’zolari etib tayinlandi
21 oktabr 2020, 11:12

Boriy Alixonov va Narimon Umarov Senat a’zolari etib tayinlandi

Boriy Alixonov va Narimon Umarovning deputatlik vakolatlari tugatilib, prezident farmoniga asosan Senat a’zolari ro‘yxatiga kiritildi.

Qamchiqda Damas bilan to‘qnashgan yuk mashinasi xandaqqa tushib ketdi
21 oktabr 2020, 09:43

Qamchiqda Damas bilan to‘qnashgan yuk mashinasi xandaqqa tushib ketdi

Qamchiq dovonida Toshkentga qarab harakatlanayotgan Damas va yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Tan jarohati olgan ikki haydovchi ham shifoxonaga yetkazilgan.

Mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslardan o‘zbek tilini bilish sertifikati talab etiladi
20 oktabr 2020, 22:49

Mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslardan o‘zbek tilini bilish sertifikati talab etiladi

Maktablarda ona tili soatlari ko‘paytiriladi hamda mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslardan o‘zbek tilini bilish sertifikati talab etiladi

Jahon yangiliklari dayjesti
20 oktabr 2020, 20:23

Jahon yangiliklari dayjesti

BAA va Isroil o‘rtasidagi vizasiz rejim, koronavirusga qarshi antitanalarni ishlab chiqarishni to‘xtatadigan omillar, Gretsiya va Turkiya chegarasida devor qurilishi va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

O‘zbek tilini yanada rivojlantirishga oid prezident farmoni imzolandi
20 oktabr 2020, 20:13 1

O‘zbek tilini yanada rivojlantirishga oid prezident farmoni imzolandi

Prezident farmoni bilan 2020−2030 yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi hamda asosiy yo‘nalishlari tasdiqlandi.

G‘allaorolda bankomatni tunamoqchi bo‘lgan yigit ushlandi
20 oktabr 2020, 19:50

G‘allaorolda bankomatni tunamoqchi bo‘lgan yigit ushlandi

G‘allaorolda 21 yoshli yigit yarim tunda bankomatni tunamoqchi bo‘ldi. U bankomat xonasidan chiqmay turib Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Shavkat Mirziyoyev general Kennet Makkenzini qabul qildi
20 oktabr 2020, 19:20

Shavkat Mirziyoyev general Kennet Makkenzini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSH Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni general Kennet Makkenzini qabul qildi

Isroil va BAA vizasiz rejim bo‘yicha kelishuvga erishdi
20 oktabr 2020, 19:17

Isroil va BAA vizasiz rejim bo‘yicha kelishuvga erishdi

Isroil va Birlashgan Arab Amirliklari o‘z fuqarolari uchun vizasiz sayohat tizimini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida kelishib olishdi.

Senatning sakkizinchi yalpi majlisi 21 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi
20 oktabr 2020, 18:46

Senatning sakkizinchi yalpi majlisi 21 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi

Senat 21 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan sakkizinchi yalpi majlisda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risidagi qonunlarni, Ma’muriy kodeksga va ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida va boshqa qonun hujjatlarini ko‘rib chiqadi

Jinoyat protsessiga jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki eshituv instituti joriy etilishi kutilmoqda
20 oktabr 2020, 18:22

Jinoyat protsessiga jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki eshituv instituti joriy etilishi kutilmoqda

Jinoyat-protsessual kodeksiga Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki eshituv instituti tashkil etilishi munosobati bilan yangi bob kiritilishi kutilmoqda. Dastlabki eshituv sudya tomonidan yopiq sud majlisida yakka tartibda, taraflar ishtirokida o‘tkaziladi.

Prezident mahalliy kengashlardan korrupsiya va tenderlarga bee’tibor bo‘lmaslikni so‘radi
20 oktabr 2020, 17:38

Prezident mahalliy kengashlardan korrupsiya va tenderlarga bee’tibor bo‘lmaslikni so‘radi

Shavkat Mirziyoyev mahalliy kengashlardan byudjet pullarining sarflanishi, korrupsiya, tenderlarning o‘tkazilishiga bee’tibor bo‘lmaslikni so‘radi. Prezident byudjetni shakllantirish uchun mahalliy kengash vakolatlarini «xalq pullarini boshqarish nuqtai nazaridan» kengaytirish zarurligini ta’kidladi.

Oltin-valyuta zaxiralari ikkinchi oy ketma-ket kamaydi
20 oktabr 2020, 17:05

Oltin-valyuta zaxiralari ikkinchi oy ketma-ket kamaydi

O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari ikkinchi oy ketma-ket kamayib, hozirda 33,4 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Agar avgust oyida zaxiradagi pasayish oltinni sotish bilan bog‘liq bo‘lsa, hozirda bu asosan valyutaga bog‘liq.

Navoiyda ishga tushmay ta’mirtalab bo‘lib qolgan MTT bo‘yicha izoh berildi
20 oktabr 2020, 16:58

Navoiyda ishga tushmay ta’mirtalab bo‘lib qolgan MTT bo‘yicha izoh berildi

Navoiy viloyati Konimex tumanidagi bolalar bog‘chasining yorilgan devori 4 mlrd so‘mga qurilgan yangi binoning ichki qismi ekani tasdiqlandi. Viloyat hokimligining maxsus komissiyasi esa ochilishdan oldin binoni qabul qilib olgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting