O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar oyida xorijdan qiymati 633,1 mln dollarga teng bo‘lgan 13 ta samolyot import qilindi.

2023 yilning yanvar oyida O‘zbekiston quyidagi davlatlardan samolyot sotib olgan:

  • Germaniya — 6 ta (421,7 mln dollar);
  • Litva — 4 ta (66,7 mln);
  • Fransiya — 1 ta (64,3 mln);
  • Singapur — 1 ta (61,6 mln);
  • Buyuk Britaniya — 1 ta (18,8 mln).

Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatining «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, O‘zbekiston 2023 yilning yanvarida 5 ta A321−253nx, 3 ta A320−200neo, 2 ta A320−232, 2 ta Boeing-737 va 1 ta Dassault Falcon samolyotini import qilgan.

Avvalroq O‘zbekiston Fransiyadan jami 815,3 million yevroga 17 ta samolyot va 2 ta vertolyot sotib olishi, kelishuvlar O‘zbekiston delegatsiyasining Parijga rasmiy tashrifi doirasida imzolangani haqida xabar berilgan edi. Xususan, Airbus`dan 694,3 million yevroga 8 ta A320neo samolyoti va 4 ta A321neo samolyoti xarid qilinishi rejalashtirilgan.