Toshkent shahri Chilonzor tumani 20 mavzeda yashovchi fuqaro o‘z ayolini bo‘g‘ib o‘ldirdi. Bu haqida Milliy telekanalining Millar dasturida xabar qilindi.

Qayd etilishicha, holat 2022 yil oktabr oyida sodir bo‘lgan. Sudlanuvchining ma’lum qilishicha, u chiqindixonada ishlab kelgan va janjalga sabab ayoli unga o‘sha joyda ishlashini aytib haqorat qilgani sabab bo‘lgan. Marhuma onasining aytishicha, tug‘ilajak farzandlar qiz farzand bo‘lgani sabab janjal kelib chiqqan. U 15 oktabr kuni farzandli bo‘lishi kerak bo‘lgan, 12 oktabr kuni vafot yetgan.

Sudlanuvchining aytishicha, ayolni bo‘g‘ganidan so‘ng hushidan ketdi deb o‘ylagan. U o‘zini boshqara olmagani, faqatgina janjalgacha bo‘lgan holatni eslay olishini ma’lum qilgan. Ayol o‘z vaqtida shifoxonaga olib borilmagani sabab bolalarni ham asrab qolish imkoni bo‘lmagan.

Sudlanuvchi Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismi «b» bandida (Homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolni qasddan o‘ldirish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir yetganlikda ayblanib, 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.