Turkiya va Suriyadagi zilzila qurbonlari soni 50 mingdan oshdi

Turkiyada 6 fevraldagi vayronkor zilzilalar 43 556 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, dedi ichki ishlar vaziri Sulayman Soylu. Suriyada esa faollar 6747 kishining o‘limini qayd etgan, deya xabar bermoqda DW.

»daйжест,

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, tabiiy ofatdan 23 milliongacha kishi jabr ko‘rgan. Tabiiy ofat bo‘yicha ekspertlar zilziladan ko‘rilgan iqtisodiy zararni 20 milliard dollardan (18,8 milliard yevro) ortiq deb hisoblagan.


Tojikistonda 7,3 magnitudali zilzila qayd etildi

23 fevral kuni Tojikistonda mahalliy vaqt bilan soat 03:37 da 7,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deya xabar qildi RIA Novosti. Shuningdek, birinchi silkinishdan keyin 5,5, 6 va 6,3 magnitudali yana 3 ta zilzila sodir bo‘lgan.

Shu bilan birga, Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi 6,8 magnitudali zilzila epitsentri sifatida Murg‘obdan 66 km uzoqlikda joylashgan, qariyb 11 ming kishi istiqomat qiladigan nuqtani ko‘rsatmoqda.

Zilzila kuchi 6,8 bo‘lganligi haqidagi ma’lumotni Tojikiston Milliy fanlar akademiyasining Seysmologiya va seysmik qurilish instituti tasdiqlagan va u Sarez ko‘lidan 40 km uzoqlikda 05:37 da sezilgani haqida xabar bergan.

Qurbonlar va talofatlar haqida ma’lumot berilmadi.


Qozog‘istonda vertolyot qulashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi

Qozog‘iston fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasi G‘arbiy Qozog‘iston viloyatining Chapurino qishlog‘idan 6 km uzoqlikda Mi-8 AMT vertolyoti qulashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgani haqida xabar berdi.

«Favqulodda vaziyatlar vazirligining qidiruv guruhi hodisa joyiga yetib keldi. To‘rt kishi halok bo‘ldi, ikki kishi yaralandi. Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasi vertolyotning qattiq qo‘nishi paytida halok bo‘lgan fuqarolarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi», — deyiladi qo‘mita xabarida.


Moldova MDH doirasidagi o‘nlab bitimlardan chiqadi

Moldova hukumati MDH doirasidagi bir necha o‘nlab kelishuvlarni denonsatsiya qilish jarayoni boshlanganini e’lon qildi, deya xabar bermoqda DW.

Respublika MDHning 330 ga yaqin kelishuvlari ishtirokchisi bo‘lib, ularning ko‘pchiligi qayta ko‘rib chiqilishi kerak, dedi 23 fevral, payshanba kuni televideniyeda tashqi va Yevropa integratsiyasi vaziri Niku Popesku.

«Shunday kelishuvlar borki, ular yo bizga to‘g‘ri kelmaydi, yo endi ishlamayapti, yo qo‘llanilmaydi, yoki Moldova manfaatiga mos emas», — deya davom etdi u.


Qozog‘iston chegarasida vabo tufayli nazorat kuchaytirildi

Boshqa mamlakatlarda vabo tarqalishi munosabati bilan Qozog‘iston chegarada nazoratni kuchaytirdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi, deb yozmoqda Tengrinews.

»daйжест,

Vazirlikning Sanitariya-epidemiologiya nazorati qo‘mitasi yuqumli kasalliklarni epidemiologik nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i Roza Kojapova dunyoning qator davlatlarida vabo bilan kasallanish holatlari kamayib borayotganini ta’kidladi.


G7 2023 yilda Ukrainaga 39 mlrd dollar moliyaviy yordam ajratmoqchi

Katta yettilik davlatlari 2023 yilda Ukrainaga kamida 39 mlrd dollar moliyaviy yordam berish niyatida. Bu haqda payshanba kuni Bangalorda bo‘lib o‘tgan «Yettilik» guruhi (Katta yettilik) mamlakatlari moliya vazirligi va markaziy banklari rahbarlarining uchrashuvi yakunlari bo‘yicha qabul qilingan qo‘shma hujjatda aytiladi, deya xabar qildi TASS.

«2023 yil uchun Ukraina hukumati ehtiyojlaridan kelib chiqib, biz budjet va iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘z majburiyatlarimizni 39 milliard dollarga oshirdik», — deyiladi hujjatda.


Floridada jinoyatchi bir kunda uchta qotillik sodir etdi

AQShning Florida shtati Orlando shahrida qurollangan shaxs tomonidan uyushtirilgan hujumlar oqibatida to‘qqiz yoshli qiz, yosh ayol va jurnalist halok bo‘ldi, deya ma’lum qildi Oranj okrugi sherifi Jon Mina.

»daйжест,

«Ikki kishi mashina ichida yoki uning yonida otib ketilgan. Ular — News 13 muxbiri va fotomuxbiri. Ular ertalabki qotillikni yoritgan joyda bo‘lishgan. Uy ichida bir ayol va to‘qqiz yoshli qiz otib ketilgan. Afsuski, News 13ning bir xodimi vafot etdi», — dedi u brifingda.


JSST: Dunyoda har 2 daqiqada bir ayol homiladorlik yoki tug‘ish paytida vafot etadi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hisobotiga ko‘ra, dunyoda har 2 daqiqada bir ayol homiladorlik yoki tug‘ish paytida vafot etadi, 2015 yildan beri bu raqamlar o‘zgarmagan va ba’zi hududlarda hatto oshgan.

2000 yildan 2020 yilgacha milliy, mintaqaviy va global miqyosda onalar o‘limini kuzatuvchi hisobot 2020 yilda dunyo bo‘ylab qariyb 287 ming onalar o‘limini qayd etgani, 2016 yilda bu ko‘rsatkich 309 mingga yaqin bo‘lganini ko‘rsatadi.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda onalar o‘limining qariyb 70 foizi Sahroi Kabirdan janubiy Afrikagacha bo‘lgan mintaqalarda sodir bo‘lgan.


Afg‘oniston shimolida qor ko‘chkisi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi, 30 ta uy vayron bo‘ldi

Afg‘oniston shimolidagi Badaxshon viloyatidagi ikki qishloqda sodir bo‘lgan qor ko‘chkisi oqibatida to‘rt nafar oila a’zosi halok bo‘ldi, 30 ta uy vayron bo‘ldi, deya xabar berdi Sinxua.

Chorshanba kuni Ko‘fab tumanida sodir bo‘lgan qor ko‘chkisidan so‘ng hukumat jabrlangan hududlarga kam ta’minlangan oilalarga yordam ko‘rsatish uchun mablag‘ va insonparvarlik yordamini jo‘natdi, dedi tabiiy ofatlarni boshqarish va gumanitar masalalar bo‘yicha viloyat boshqarmasi boshlig‘i Mavlaviy Muhammad Akram Akbariy.

Oxirgi bir oy davomida Afg‘oniston bo‘ylab kuchli qor, ayoz va qor ko‘chkilari oqibatida 200 ga yaqin odam, jumladan, bolalar halok bo‘ldi. Birgina Badaxshon viloyatida 30 dan ortiq odam halok bo‘lgan