22 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotan avtobus YTHga uchragani haqida xabar tarqaldi. Transport vazirligi yo‘lovchilar orasida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lmaganini ma’lum qildi.

Rossiyaning Orenburg viloyatida Orenburg-Qozon trassasida yo‘lovchi avtobusi haydovchisi harakat vaqtida boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida ariqqa ag‘darilib ketgan. Salonda 29 nafar yo‘lovchi bo‘lgan, ulardan 4 nafari — bolalar. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q.

avtobus авария, россия - қозоғистон

Ushbu avtobus Qozog‘istonda ro‘yxatga olingan bo‘lib, buyurtma asosida Kostroma-Chimkent yo‘nalishi bo‘yicha ketayotgan bo‘lgan. Yo‘lovchilar tez yordam xodimlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Shundan so‘ng boshqa avtobusda harakatlanishni davom ettirgan.