Toshkent shahar Yunusobod tumani «Buyuk Turon» mahallasidagi (Oloy bozori orqasidagi) ko‘chalarning biriga Usmon Nosir nomi berildi, deya xabar qildi poytaxt hokimligi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining VI-77−30−14−0-K/23-sonli qarori bilan Yunusobod tumani «Buyuk Turon» mahallasidagi Amir Temur 1-tor ko‘chasi Usmon Nosir ko‘chasi deb qayta nomlandi. Shuningdek, ushbu ko‘chaga tutash nomsiz ko‘chaga Usmon Nosir 1-tor ko‘chasi nomi berildi.

Bu prezident Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil 10 fevraldagi «Otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida»gi qarori tegishli bandining ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi, deyiladi xabarda.