Subway tez ovqatlanish restoranlari tarmog‘i Toshkentda o‘zining birinchi restoranini ochadi, deya xabar bermoqda Spot.uz.
Restoran yangi qurilayotgan Tashkent City Mall savdo-ko‘ngilochar markazida joylashadi. Bu bo‘yicha savdo markazida Saudiyaning Cenomi Retail kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Subway — franshiza tamoyili asosida ishlaydigan tez ovqatlanish restoranlari tarmog‘i bo‘lib, 2021 yil iyun holatiga ko‘ra 37 mingdan ortiq filial ochgan.
Brend sotadigan asosiy mahsulotlardan biri submarin-sendvichlari miijozning ko‘z o‘ngida tayyorlanadi. Tarmoqning xususiyatlaridan biri — mijoz ingrediyentlarni tanlaydi, oshpaz ulardan sendvich yig‘adi.
Shuningdek, Cenomi Retail kompaniyasi vakillari savdo markazida Cinnabon kafe-novvoyxonasi uchun joyni ko‘zdan kechirdi.