O‘zbekistonda navbatdagi yugurish marafon va musobaqalari bo‘lib o‘tadi
3 mart 2023, 19:00

O‘zbekistonda navbatdagi yugurish marafon va musobaqalari bo‘lib o‘tadi

12 mart kuni V Tashkent International Marathon va O‘zbekistonning 14 ta shahrida bir vaqtda «Yangi nafas» ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Futbol bo‘yicha Tojikiston yoshlar terma jamoasi murabbiyi Toshkentdagi mashg‘ulotlar maydonlarini tanqid qildi
3 mart 2023, 18:27

Futbol bo‘yicha Tojikiston yoshlar terma jamoasi murabbiyi Toshkentdagi mashg‘ulotlar maydonlarini tanqid qildi

Toshkentga ilk bor U-20 Osiyo Kubogi uchun kelgan Tojikiston yoshlar terma jamoasi ustozi Oleg Kubaryov o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida mashg‘ulotlar maydonlari sifatsizligi, mashg‘ulotlar uchun sharoitlar esa jamoalar darajasiga mos kelmasligini ta’kidladi.

«Endi amaldorlar nogironlarni navbatsiz qabul qiladi» — adliya vaziri o‘rinbosari
3 mart 2023, 18:07

«Endi amaldorlar nogironlarni navbatsiz qabul qiladi» — adliya vaziri o‘rinbosari

Prezidentning 27 fevral kungi qaroriga asosan, endilikda nogironlar amaldorlar qabuliga navbatsiz kiradi. Adliya vazirligi rasmiysining aytishicha, nogironlar ularni qabul qilmagan mansabdor shaxslar ustidan Vazirlar Mahkamasi, sudlar, prokuratura va adliya organlariga murojaat qilishi mumkin.

Namanganda Spark kanalga tushib ketdi
3 mart 2023, 17:35

Namanganda Spark kanalga tushib ketdi

Uchqo‘rg‘on tumanida Spark avtomobili haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida kanalga tushib ketdi. Mashina chiqarib olindi, hech kimga jarohat yetmagan.

O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
3 mart 2023, 17:35

O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

4−10 mart kunlari 6 ta viloyatning ayrim hududlarida havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.

Fevralda inflyatsiya 0,5 foizni tashkil etdi. Narxlardagi o‘zgarishlar
3 mart 2023, 17:17

Fevralda inflyatsiya 0,5 foizni tashkil etdi. Narxlardagi o‘zgarishlar

Fevral oyida O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi 0,54 foizni tashkil etdi — bu so‘nggi 5 yildagi eng past ko‘rsatkichlardan biri. Sut narxining oshishi yana tezlashdi, shakar va sariyog‘ beshinchi oy ketma-ket arzonladi. Meva-sabzavotlar orasida piyoz, pomidor va karam eng ko‘p qimmatlashdi.

Samarqandda fuqaro er-xotinni $40 ming evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lganda ushlangani aytilmoqda
3 mart 2023, 16:34

Samarqandda fuqaro er-xotinni $40 ming evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lganda ushlangani aytilmoqda

Samarqandda fuqaro er-xotinni 40 ming dollar evaziga Meksika orqali AQShga yubormoqchi bo‘lgani aytilmoqda. U 12 ming dollarni olayotgan paytda ushlandi, deyiladi DXX xabarida.

Toshkentda 4 mlrd so‘mlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
3 mart 2023, 16:29

Toshkentda 4 mlrd so‘mlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Mirobod tumanida bojxonachilar noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan 4 mlrd so‘mdan ortiq tamaki mahsulotlarini aniqladi. Holat yuzasidan tergov boshlangan.

O‘zbekistondan Qozog‘istonning yana 5 ta shahriga aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi
3 mart 2023, 16:21

O‘zbekistondan Qozog‘istonning yana 5 ta shahriga aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistondan Qozog‘istonning yana 5 ta shahriga, Qozog‘istondan esa O‘zbekistonning 6 ta shahriga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Bu borada Toshkentda ikki mamlakat aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralarda kelishuvga erishildi.

Surxondaryoda fuqaro I-II asrlarga oid sopol xum topib oldi
3 mart 2023, 15:52

Surxondaryoda fuqaro I-II asrlarga oid sopol xum topib oldi

Denov tumanida fuqaro ariq qazish chog‘ida sopol xum topib oldi. Olimlar uning I-II asrlarga tegishli ekanini aniqladi.

O‘zbekiston Rossiyadan gaz importi uchun infratuzilma tayyorlamoqda
3 mart 2023, 15:35

O‘zbekiston Rossiyadan gaz importi uchun infratuzilma tayyorlamoqda

Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasi Rossiyadan «import qilinadigan tabiiy gaz hajmi ichki transportirovka hajmlariga aralashmasligi uchun» o‘z infratuzilmasini tayyorlamoqda, deb ma’lum qildi «O‘ztransgaz».

Furqat Sidiqov O‘zbekistonning AQShdagi elchisi etib tasdiqlandi
3 mart 2023, 15:13

Furqat Sidiqov O‘zbekistonning AQShdagi elchisi etib tasdiqlandi

Senat O‘zbekistonning AQShdagi elchisi lavozimiga ilgari tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Furqat Sidiqov nomzodini ma’qulladi. 2017 yildan buyon ushbu diplomatik missiyani boshqarib kelayotgan Javlon Vahobov Sidiqov ketgan lavozimni egallashi mumkin.

«Xitoy Ukraina masalasida doim xolis va adolatli bo‘lgan». TIV rasmiysi AQSh ayblovini rad etdi
3 mart 2023, 15:00

«Xitoy Ukraina masalasida doim xolis va adolatli bo‘lgan». TIV rasmiysi AQSh ayblovini rad etdi

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Xitoyni Ukraina-Rossiya mojarosida ikkala tomonda ham o‘ynash va Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatishni ko‘rib chiqayotganlikda ayblagandi. Xitoy TIV rasmiysi Mao Nin AQShning o‘zi urushni halokatli qurollar bilan ta’minlab, faktlarni buzib ko‘rsatayotganini bildirdi.

VietJet Air Xoshimin va Toshkentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi
3 mart 2023, 14:44

VietJet Air Xoshimin va Toshkentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar bilan bog‘laydi

Vetnamning VietJet Air aviakompaniyasi 2 maydan boshlab Xoshimin-Toshkent-Xoshimin yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Parvozlar charter asosida har 10 kunda bir marta amalga oshiriladi.

«Sport siyosatdan xoli». Boks federatsiyasi ayrim davlatlar Toshkentda o‘tadigan JCHni boykot qilganiga munosabat bildirdi
3 mart 2023, 14:24

«Sport siyosatdan xoli». Boks federatsiyasi ayrim davlatlar Toshkentda o‘tadigan JCHni boykot qilganiga munosabat bildirdi

Toshkentda bo‘ladigan boks bo‘yicha jahon chempionatiga qator davlatlar boykot e’lon qilgani munosabati bilan Boks federatsiyasi mamlakat musobaqani o‘tkazish huquqini olganida hech qanday cheklov bo‘lmaganini ma’lum qildi. «O‘zbekiston sport siyosatdan xoli tamoyilini qo‘llab-quvvatlaydi», — deyiladi xabarda.

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari norasmiy uchrashuv o‘tkazadi
3 mart 2023, 14:18

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari norasmiy uchrashuv o‘tkazadi

3 mart kuni Shavkat Mirziyoyev Chimkent shahrida Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazadi. Muloqotda ikki tomonlama va mintaqaviy masalalar ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekistonda ilk bor IELTS imtihonida 9 balli natija qayd etildi
3 mart 2023, 12:27

O‘zbekistonda ilk bor IELTS imtihonida 9 balli natija qayd etildi

Bekzod Mirahmedov O‘zbekistonda ilk bor xalqaro ingliz tilini baholash tizimi (IELTS)dan maksimal 9 ballni qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
3 mart 2023, 11:55

O‘zbekistonda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

Senat energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish uchun javobgarlikni kuchaytiruvchi qonunni ma’qulladi. Qonun bilan ulardan tijorat maqsadlarida qonunga zid ravishda foydalanish o‘g‘rilik deb baholanmoqda. Buning uchun ma’muriy javobgarlikni ko‘rib chiqish vakolati O‘zenergoinspeksiyadan sudlarga beriladi.

Dam olish kunlari biroz yomg‘irli va iliq o‘tadi
3 mart 2023, 11:51

Dam olish kunlari biroz yomg‘irli va iliq o‘tadi

4 martdan Kavkaz hududlaridan nam havo massalari kirib keladi. Ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, biroq harorat +19…+21 darajani tashkil etadi. Shamol kuchayib, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

Yutong Toshkentga yangi avtobuslar va elektrobuslar yetkazib berishni boshladi
3 mart 2023, 11:48

Yutong Toshkentga yangi avtobuslar va elektrobuslar yetkazib berishni boshladi

Xitoyning Yutong Bus kompaniyasi Toshkentga 800 ta avtobus, shu jumladan 300 ta elektrobus yetkazib berish boshlanganini ma’lum qildi. Yetkazib berish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting