Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan polkovnik Aliyev Shuxrat Xasanovich Namangan viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik xabar qildi.

Tayinlovga qadar Shuxrat Aliyev Buxoro viloyati IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Avvalroq, Shavkat Rahmonov IIV rahbarining birinchi o‘rinbosari bo‘lgani haqida xabar bergandik.