BP Xorazmda voyaga yetmagan qiz zo‘rlangani bo‘yicha 11 kishini tergov qilmoqda
6 aprel 2023, 17:04

BP Xorazmda voyaga yetmagan qiz zo‘rlangani bo‘yicha 11 kishini tergov qilmoqda

2022-yilda bir necha erkak tomonidan zo‘rlangan 15 yoshli qiz voqeasida 3 nafar shaxs ayblanmoqda, yana 8 kishi gumonlanuvchi sifatida jalb etildi. Holatga aloqador shaxslar batafsil so‘roq qilinmoqda, deya xabar berdi Bosh prokuratura.

Qashqadaryoda ayiq IIB rahbari buyrug‘i bilan otib o‘ldirildi
6 aprel 2023, 16:25

Qashqadaryoda ayiq IIB rahbari buyrug‘i bilan otib o‘ldirildi

Chiroqchi tumanidagi qishloqlardan biriga kelib qolgan qo‘ng‘ir ayiq harakatsizlantirilib, tabiatga qaytarilishi rejalashtirilgandi. Biroq tuman IIB boshlig‘i buyrug‘i bilan jonivor “aholi xavfsizligi uchun” otib o‘ldirildi. Voqeaga sababchi mas’ullarga intizomiy jazo choralari ko‘rilishi belgilandi.

O‘zbekistonning barcha shaharlarida tezlikni 60 km/soatgacha pasaytirish belgilandi
6 aprel 2023, 15:05

O‘zbekistonning barcha shaharlarida tezlikni 60 km/soatgacha pasaytirish belgilandi

O‘zbekistonning yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartirishlar kiritildi, unga ko‘ra, mamlakatning barcha shaharlarida harakat tezligi soatiga 60 km/soatdan oshmasligi kerak. Ilgari bu ko‘rsatkich 70 km/soat edi.

YeTTB Masdar kompaniyasi O‘zbekistonda uchta fotoelektr stansiyasini qurishi uchun 205 mln dollar ajratadi
6 aprel 2023, 14:59

YeTTB Masdar kompaniyasi O‘zbekistonda uchta fotoelektr stansiyasini qurishi uchun 205 mln dollar ajratadi

YeTTB Masdar kompaniyasi uchun O‘zbekistonda umumiy quvvati qariyb 900 MVt bo‘lgan uchta quyosh elektr stansiyasini qurish uchun 205 million dollarlik moliyalashtirish paketi ajratadi.

Qamchiq dovonida YTH sabab kelib chiqqan yong‘in oqibatida haydovchi vafot etdi
6 aprel 2023, 14:54

Qamchiq dovonida YTH sabab kelib chiqqan yong‘in oqibatida haydovchi vafot etdi

6-aprel kuni Qamchiq dovonida yuk mashinasi va 3 ta yengil avtomobil to‘qnashib, 6 kishi jarohatlangandi. FVV haydovchilardan biri vafot etganini ma’lum qildi.

Xorazmda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini zo‘rlaganlar ishi qayta ko‘riladi
6 aprel 2023, 14:06

Xorazmda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini zo‘rlaganlar ishi qayta ko‘riladi

Xorazmdagi mehribonlik uyi qizlarini 10 oy davomida zo‘rlaganlikda ayblanib, 1,5 yil muddatga ozodligi cheklangan ikki shaxsning ishi qayta ko‘riladi. Oliy sud Xorazm prokuraturasi protestini qanoatlantirdi va ishni apellyatsiya instansiyasida yangitdan ko‘rishga yubordi.

Qamchiq dovonida to‘rtta avtomashina to‘qnashishi oqibatida 6 kishi jarohatlandi
6 aprel 2023, 13:23

Qamchiq dovonida to‘rtta avtomashina to‘qnashishi oqibatida 6 kishi jarohatlandi

Qamchiq dovonida yuk mashinasi va uchta yengil avtomobil to‘qnashdi. Oqibatda yuk mashinasi yonib ketdi, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 6 kishi jarohatlandi.

Senat zo‘ravonlikka oid qonunni ma’qulladi. Endi jinoyatchilarga insonparvarlik akti qo‘llanilmaydi
6 aprel 2023, 13:19

Senat zo‘ravonlikka oid qonunni ma’qulladi. Endi jinoyatchilarga insonparvarlik akti qo‘llanilmaydi

Senatorlar xotin-qizlar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qiluvchi qonunni ma’qulladi. Endi jinsiy zo‘ravonlikda ayblanganlar muddatidan ilgari ozodlikka chiqmaydi va ularning ro‘yxati tuziladi. Zo‘ravonlikka uchraganlarning yosh chegarasi bekor qilinadi. Jinoyatchining muayyan joylarga borishi ta’qiqlanadi.

Xorazmda 17 yoshli qiz bir necha erkak tomonidan zo‘rlangani aytilmoqda
6 aprel 2023, 12:37

Xorazmda 17 yoshli qiz bir necha erkak tomonidan zo‘rlangani aytilmoqda

Yangiariq tumanida 2006-yilda tug‘ilgan qiz 2022-yilda bir necha erkak tomonidan zo‘rlangan bo‘lishi mumkin. Bolalar ombudsmani holatni o‘rgandi. Hozircha ish bo‘yicha gumonlangan 3 kishi hibsga olingan.

Shubhali operatsiyalar bo‘yicha yangi qoidalar omonatlar yoki kreditlarga tatbiq etilmaydi — Markaziy bank
6 aprel 2023, 12:36

Shubhali operatsiyalar bo‘yicha yangi qoidalar omonatlar yoki kreditlarga tatbiq etilmaydi — Markaziy bank

Markaziy bank shubhali operatsiyalar ro‘yxati kengaytirilganiga izoh berib, ular orasida noqonuniy qimor o‘yinlari, firibgarlik holatlari va boshqalar borligini ma’lum qildi. Yangi qoidalar ipoteka yoki avtokredit bo‘yicha boshlang‘ich badal to‘lovi bilan bog‘liq operatsiyalarga tatbiq etilmaydi.

“O‘zbekneftgaz” Ai-80 benzini narxini manipulyatsiya qilish bo‘yicha ayblovni rad etdi
6 aprel 2023, 12:27

“O‘zbekneftgaz” Ai-80 benzini narxini manipulyatsiya qilish bo‘yicha ayblovni rad etdi

Jahonda neft narxi pasaysa ham, O‘zbekistonda benzin narxi tushmagani uchun “monopolistlar o‘z qoidalariga sodiq” deya ayblangan UNG Petro bu da’volarni “noo‘rin” deb atadi.

Endi fuqarolarga ma’muriy va fuqarolik ishlarida ham davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatiladi
6 aprel 2023, 11:41

Endi fuqarolarga ma’muriy va fuqarolik ishlarida ham davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatiladi

Senat ma’muriy va fuqarolik ishlarida ham davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatilishini ko‘zda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Bungacha davlat hisobidan yuridik yordam faqat jinoyat ishlarini yuritishda ko‘rsatilib kelinardi.

Sirdaryoda 530 bosh baliq noqonuniy ovlangani aniqlandi
6 aprel 2023, 11:23

Sirdaryoda 530 bosh baliq noqonuniy ovlangani aniqlandi

Sardoba suv omborida fuqarolar 3 kun davomida 530 bosh baliqni noqonuniy ovlagani aniqlandi. Buning oqibatida hayvonot dunyosiga 280 mln so‘m zarar yetgan.

O‘zbekistonda qurilish uchastkalarida muhandislik-geologik ekspertiza o‘tkazish majburiy bo‘ladi
6 aprel 2023, 11:16

O‘zbekistonda qurilish uchastkalarida muhandislik-geologik ekspertiza o‘tkazish majburiy bo‘ladi

O‘zbekistonda 1-maydan boshlab qurilish boshlanishidan oldin tanlangan yer uchastkalarida muhandislik-geologik ekspertiza o‘tkazish majburiy bo‘ladi. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining drenaj tizimidagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zudlik bilan dastur qabul qilish bo‘yicha topshiriq berdi.

Yer kuni munosabati bilan Toshkent viloyatida poyga bo‘lib o‘tadi
6 aprel 2023, 11:16

Yer kuni munosabati bilan Toshkent viloyatida poyga bo‘lib o‘tadi

22-aprel — Yer kunida Toshkent viloyatida maxsus poyga o‘tkaziladi. Tashkilotchilar o‘zbekistonliklarni shaxsiy avtomobillardan ko‘ra ko‘proq jamoat transportidan foydalanish va piyoda yurishga chorlamoqda.

Farhod Mannopovni operatsiya qilgan shifokorda malakaviy toifa bo‘lmagan — SSV
6 aprel 2023, 10:20

Farhod Mannopovni operatsiya qilgan shifokorda malakaviy toifa bo‘lmagan — SSV

SSV vayner Farhod Mannopovning o‘limi yuzasidan Star Med Center klinikasida o‘tkazilgan tekshiruv natijalarini e’lon qildi. Xususan, bemorga tibbiy xizmat ko‘rsatishda qator litsenziya talab va shartlari buzilgani, uni operatsiya qilgan shifokorda malakaviy toifa bo‘lmagani aniqlandi.

DXX O‘zbekiston orqali olib o‘tilishi rejalashtirilgan 40 kg narkotik moddani aniqladi
6 aprel 2023, 10:19

DXX O‘zbekiston orqali olib o‘tilishi rejalashtirilgan 40 kg narkotik moddani aniqladi

DXX poytaxtda 40 kilogrammga yaqin giyohvand moddani O‘zbekiston orqali boshqa davlatga olib o‘tmoqchi bo‘lgan ikki o‘zbekistonlik va bir nafardan Tojikiston va Qozog‘iston fuqarolarini ushladi. Tergov harakatlari ketmoqda.

Navoiyda o‘qituvchilarni Open budget`ga ovoz to‘plashga majburlagan maktab direktori jazolandi
6 aprel 2023, 10:01

Navoiyda o‘qituvchilarni Open budget`ga ovoz to‘plashga majburlagan maktab direktori jazolandi

Navbahor tumanidagi 9-maktab direktori o‘qituvchilarni Open budget`ga 100 tadan ovoz yig‘ishga majburlagani aytilgan ovozli xabar tarqaldi. Unga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanib, xatti-harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari bor-yo‘qligi o‘rganilmoqda.

Banklarda qatorasiga to‘rtinchi kun dollar tushdi
6 aprel 2023, 09:44

Banklarda qatorasiga to‘rtinchi kun dollar tushdi

Tijorat banklari 6-aprel kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 300 — 11 350 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 375 — 11 420 so‘m.

Uzbekistan’s Club platformasi ishga tushirildi
5 aprel 2023, 23:44

Uzbekistan’s Club platformasi ishga tushirildi

Xorijda turli sohalarda muvaffaqiyatga erishgan hamda yoshlar uchun o‘rnak bo‘luvchi vatandoshlarni birlashtirishga qaratilgan Uzbekistan’s Club onlayn platformasi ishga tushirildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting