O‘zbekistonda referendumda muddatidan oldin ovoz berish boshlandi
19 aprel 2023, 10:37

O‘zbekistonda referendumda muddatidan oldin ovoz berish boshlandi

19-apreldan O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasini qabul qilish bo‘yicha referendumda muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlandi. Unda referendum kuni ayrim sabablarga ko‘ra yashash manzilida bo‘lmaydigan fuqarolar qatnashishi mumkin. Ovoz berish tartibi haqida batafsil.

1-maydan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori oshadi
19 aprel 2023, 10:29

1-maydan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori oshadi

O‘zbekistonda 1-maydan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori oshadi: hujjatsiz yurish — 330 ming so‘m; “qizil”da o‘tish — 660 ming so‘m; telefonda gaplashish — 990 ming so‘m; mast holda rulga o‘tirish va ruxsatsiz “tonirovka” — 8 mln 250 ming so‘m.

Samarqand viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
19 aprel 2023, 10:26

Samarqand viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Feruz Abilov Samarqand viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Shunqor Xudoyberdiyev esa qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

O‘zbekistonda ma’muriy jarimalar 15 kun ichida to‘lansa, 50 foiz chegirma qo‘llaniladi
19 aprel 2023, 10:06

O‘zbekistonda ma’muriy jarimalar 15 kun ichida to‘lansa, 50 foiz chegirma qo‘llaniladi

Prezident imzolagan qonun bilan ma’muriy jarimalarning 50 foizini 15 kun ichida, 70 foizini 30 kun ichida to‘laganlar uning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi. Biroq shunday huquqbuzarlik 1 yil davomida takror sodir etilganda yoki protest bildirilganda chegirma qo‘llanilmaydi.

Aerovokzal yaqinida to‘xtashga faqat yo‘nalishsiz va yo‘nalishli taksilarga ruxsat beriladi
19 aprel 2023, 09:59

Aerovokzal yaqinida to‘xtashga faqat yo‘nalishsiz va yo‘nalishli taksilarga ruxsat beriladi

Hukumat qarori bilan aerovokzal yaqinida to‘xtash faqat yo‘nalishsiz va yo‘nalishli taksilarga ruxsat etiladi. Boshqa transportlar esa turargoh va to‘xtash joylariga yo‘naltiriladi. Estakadadan foydalanishda yengil avtomobillar 5 daqiqagacha, avtobus va mikroavtobuslar 10 daqiqagacha to‘xtab turishi mumkin bo‘ladi.

Banklarda dollar kursi bir necha kunlik ko‘tarilishdan so‘ng tushdi
19 aprel 2023, 09:51

Banklarda dollar kursi bir necha kunlik ko‘tarilishdan so‘ng tushdi

Tijorat banklari 19-aprel kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 380 — 11 410 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 430 — 11 495 so‘m.

Kichik loyihalar O‘zbekiston tabiati va taraqqiyotiga qanday yordam beradi?
18 aprel 2023, 23:29

Kichik loyihalar O‘zbekiston tabiati va taraqqiyotiga qanday yordam beradi?

Chorva mollarining haddan ziyod ko‘p boqilishi, sug‘orish quduqlarining burg‘ulanishi, o‘g‘itlar, daraxt tanalarini betonlash — barchasi tabiiy ekotizimlarga katta xavf tug‘diradi. GEF Kichik grantlar dasturi 15 yildan beri kichik loyihalar atrof-muhitni qanday yaxshilashi mumkinligini ko‘rsatib kelmoqda.

18-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
18 aprel 2023, 22:00

18-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Surxondaryoda o‘qituvchilarni do‘pposlagan erkak, poytaxt Obodonlashtirish bosh boshqarmasiga yangi rahbar, Tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar, Olmaliqda 9 qavatli uyni sifatsiz qurayotgan pudratchi jarimaga tortilgani va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Toshkentda Cobalt va Captiva to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
18 aprel 2023, 21:11

Toshkentda Cobalt va Captiva to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Uchtepa tumanida Cobalt va Captiva mashinalari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda ikkala haydovchi ham shifoxonaga olib ketildi, bir yo‘lovchi halok bo‘ldi.

G7 davlatlari TIV rahbarlari Markaziy Osiyo muammolarini hal qilishda hamkorlik qiladi
18 aprel 2023, 19:04

G7 davlatlari TIV rahbarlari Markaziy Osiyo muammolarini hal qilishda hamkorlik qiladi

“Katta yettilik” (G7) TIV rahbarlari Markaziy Osiyo davlatlari duch kelayotgan muammolarni, jumladan “Rossiyaning agressiv urushi oqibatlari, Afg‘onistondagi vaziyatning beqarorlashtiruvchi ta’siri, oziq-ovqat va energetika xavfsizligining yetarli emasligi” kabilarni hal etishda hamkorlik qilishga kelishib oldi.

Toshkentda narkotik sotuvchi internet do‘konlar reklamasini tarqatgan shaxs qo‘lga olindi
18 aprel 2023, 17:33

Toshkentda narkotik sotuvchi internet do‘konlar reklamasini tarqatgan shaxs qo‘lga olindi

Uchtepa tumani IIB xodimlari uylar devorlariga narkotik moddalarni sotadigan onlayn do‘konlar flayerini joylashtirib yurgan shaxsni qo‘lga oldi. U 2022-yil kuzidan buyon shu ish bilan shug‘ullanayotganini bildirdi.

Surxondaryoda o‘qituvchilarni do‘pposlagan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
18 aprel 2023, 17:07

Surxondaryoda o‘qituvchilarni do‘pposlagan erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Uzun tumanidagi 31-maktabda o‘qituvchilarni do‘pposlagan shaxs ushlandi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Vazir Hilola Umarova holatga munosabat bildirib, video e’lon qildi.

Samarqandda bolani muntazam kaltaklab kelgan enaga 5 yilga qamaldi
18 aprel 2023, 17:02

Samarqandda bolani muntazam kaltaklab kelgan enaga 5 yilga qamaldi

Samarqand shahrida bolani muntazam do‘pposlab kelgan enaga 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bolaning qovurg‘alari sinib siljigan, undagi jarohatlar hayot uchun o‘ta xavfli deb baholangan.

O‘FA “Bunyodkor” — “Nasaf” uchrashuvida yuz bergan voqea yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda
18 aprel 2023, 16:43

O‘FA “Bunyodkor” — “Nasaf” uchrashuvida yuz bergan voqea yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasi “Bunyodkor” va “Nasaf”o‘rtasidagi uchrashuvda hakam qarorlaridan norozilik ortidan yuzaga kelgan mojaroni o‘rganmoqda.

Surxondaryoda o‘qituvchilar bir erkak tomonidan do‘pposlangani aytilmoqda
18 aprel 2023, 16:29

Surxondaryoda o‘qituvchilar bir erkak tomonidan do‘pposlangani aytilmoqda

Uzun tumanidagi maktabda bir erkak o‘qituvchilarni do‘pposlayotgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holat ishchi guruh tomonidan o‘rganilayotgani, Bosh prokuratura esa o‘rganish natijalari qonun doirasida ko‘rib chiqilishini bildirdi.

O‘FA — yoshlar terma jamoasi a’zosi Shaxriyor Jabborovning futboldan vaqtincha chetlatilgani haqida
18 aprel 2023, 15:32

O‘FA — yoshlar terma jamoasi a’zosi Shaxriyor Jabborovning futboldan vaqtincha chetlatilgani haqida

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi futbolchisi Shaxriyor Jabborov doping testi tufayli futboldan vaqtincha chetlatilgandi. O‘FA tekshiruv hali yakunlanmagani, uning ehtiyotsizlik sabab sifatsiz biologik faol moddalar iste’mol qilgan bo‘lishi ehtimoli o‘rganilayotganini bildirdi.

Samarqandda o‘rmon xo‘jaligi yerini $25 mingga sotishga uringan fuqaro ushlandi
18 aprel 2023, 15:15

Samarqandda o‘rmon xo‘jaligi yerini $25 mingga sotishga uringan fuqaro ushlandi

Oqdaryo tumanida fuqaro o‘rmon xo‘jaligining 3 gektar yerini 25 ming dollarga sotishga uringanlikda ayblanmoqda. Gumonlanuvchi xaridordan 10 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasiga rahbar tayinlandi
18 aprel 2023, 15:14

Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasiga rahbar tayinlandi

Rustam Yusupov Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i v.b. etib tayinlandi. Yanvar oyi oxirida Anvar Umarov ishdan bo‘shatilganidan keyin bu lavozim bo‘sh qolgan edi.

Markaziy bank qator to‘lovlar bo‘yicha olinadigan komissiyaning eng yuqori miqdorini belgilashni taklif qilmoqda
18 aprel 2023, 13:48

Markaziy bank qator to‘lovlar bo‘yicha olinadigan komissiyaning eng yuqori miqdorini belgilashni taklif qilmoqda

Markaziy bank aholidan chiptalar, barcha turdagi kommunal xizmatlar, davlat boji va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda olinadigan komissiyalarning eng yuqori miqdorini BHMning 20 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda (60,6 ming so‘m) belgilashni taklif qilmoqda.

Samarqand shahri uchun 350 ta elektrobus sotib olinadi
18 aprel 2023, 13:12

Samarqand shahri uchun 350 ta elektrobus sotib olinadi

YeTTB ajratayotgan mablag‘lar hisobiga Samarqand shahri uchun 350 ta elektrobus olib kelinadi. 95 mln dollarlik loyiha 2 bosqichda amalga oshiriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting