Namanganda yuk mashinasi bilan ro‘y bergan YTHda 5 kishi halok bo‘ldi
21 sentabr 2023, 14:22

Namanganda yuk mashinasi bilan ro‘y bergan YTHda 5 kishi halok bo‘ldi

Chust tumanida yuk mashinasi haydovchisi rulda uxlab qolishi oqibatida qarama-qarshi yo‘nalishdagi Damas va Labo bilan to‘qnashib ketdi. Besh kishi halok bo‘lgan.

Toshkentda 7 yashar qizchaga uyatsiz harakatlar qilgan 55 yoshli erkak 18 yilga qamaldi
21 sentabr 2023, 14:20

Toshkentda 7 yashar qizchaga uyatsiz harakatlar qilgan 55 yoshli erkak 18 yilga qamaldi

Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uylardan birining yo‘lagida 7 yoshli qizga uyatsiz harakatlar qilgan 55 yoshli erkak 18 yilga qamaldi.

O‘zbekistonda 8 oyda 414 kishi ovqatdan zaharlandi
21 sentabr 2023, 12:51

O‘zbekistonda 8 oyda 414 kishi ovqatdan zaharlandi

O‘zbekistonda 8 oy davomida 414 kishi ovqatdan zaharlandi, ularning 2 nafari vafot etdi. Kasallanganlarning 81 nafarida botulizm aniqlandi. SES rahbari o‘rinbosari Nurmat Otabekov bunday holatlar bog‘chalarda ko‘proq kuzatilayotganinni qayd etdi.

“Radarlar emas, yo‘llardagi o‘limlar muammosini muhokama qilish kerak”. Deputatlar jamoatchilik tanqidiga uchradi
21 sentabr 2023, 12:49

“Radarlar emas, yo‘llardagi o‘limlar muammosini muhokama qilish kerak”. Deputatlar jamoatchilik tanqidiga uchradi

Qonunchilik palatasi deputalari radarlar masalasini muhokama qilib, tadbirkorlar “tuzoq” qo‘ymasligi kerakligini aytishdi. Jamoat faollari esa “ularning fikrlarini populistik gaplar” deb atab, “haqiqiy va tirik deputatlar” aslida yo‘llardagi o‘limlar sonini kamaytirishni o‘ylashi lozimligini ta’kidlashdi.

Samarqandda fuqaro 1 gektar yerni $159 mingga sotishga uringanlikda gumonlanmoqda
21 sentabr 2023, 11:59

Samarqandda fuqaro 1 gektar yerni $159 mingga sotishga uringanlikda gumonlanmoqda

DXX 3 ta viloyatda noqonuniy yer savdosi bilan bog‘liq holatlarni aniqladi. Ulardan birida samarqandlik shaxs mansabdor tanishlari orqali davlat zaxirasidagi 1 gektar yerni $159 ming evaziga fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgani aytildi.

Citibank O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda
21 sentabr 2023, 11:38

Citibank O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda

Citibank O‘zbekistonda sho‘’ba banki ofisini ochishni rejalashtirmoqda. Shavkat Mirziyoyev bu taklifni Citigroup moliyaviy korporatsiyasi raisi Jon Dugan bilan uchrashuvda ma’qulladi.

Toshkentdagi yana 22 ta avtobus yo‘nalishida kunlik reja bekor qilindi
21 sentabr 2023, 10:38

Toshkentdagi yana 22 ta avtobus yo‘nalishida kunlik reja bekor qilindi

Toshkent shahrida harakatlanuvchi yana 22 ta avtobus yo‘nalishida xizmat ko‘rsatish brutto-shartnoma asosida amalga oshirish boshlandi. Bu bilan ulardan talab qilinadigan kunlik reja bekor qilindi.

Nyu-Yorkda FIFA rahbari Shavkat Mirziyoyevga to‘p sovg‘a qildi
21 sentabr 2023, 10:25

Nyu-Yorkda FIFA rahbari Shavkat Mirziyoyevga to‘p sovg‘a qildi

Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda FIFA rahbari bilan uchrashib, O‘zbekistonda ommaviy va professional futbolni qo‘llab-quvvatlash masalalarini ko‘rib chiqdi. Uchrashuvda Janni Infantino prezidentga uning ismi tushirilgan to‘p sovg‘a qildi. Avvalroq Mirziyoyevga familiyasi tushirilgan futbolka tortiq qilingandi.

Jahon banki maslahat kengashi O‘zbekistonga investitsiya jalb etishda yordam beradi
21 sentabr 2023, 10:11

Jahon banki maslahat kengashi O‘zbekistonga investitsiya jalb etishda yordam beradi

Shavkat Mirziyoyev va Jahon banki guruhi prezidenti uchrashuvida bankning Maslahat kengashi ko‘magida investitsiyalar oqimini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Inkuzart suvni o‘ylamay sarflashga bag‘ishlangan yangi rasmini taqdim etdi
21 sentabr 2023, 10:04

Inkuzart suvni o‘ylamay sarflashga bag‘ishlangan yangi rasmini taqdim etdi

Rassom Inkuzart Toshkentda yangi rasm chizdi. U o‘ylamay sarf qilinayotgan suvga bag‘ishlangan.

Toshkent markazidagi “Sharq” va O‘zA binolari sotuvga qo‘yiladi
20 sentabr 2023, 23:45

Toshkent markazidagi “Sharq” va O‘zA binolari sotuvga qo‘yiladi

“Sharq” nashriyot-matbaa ijodiy uyi va O‘zA ko‘chiriladi, ularning Toshkent markazidagi 1975−1979-yillarda qurilgan binolari sotuvga qo‘yiladi. Bu yerda “zamonaviy shaharsozlik talablariga javob beradigan yagona mulkiy majmua”ni yaratish rejalashtirilmoqda.

20-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
20 sentabr 2023, 22:00

20-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

JSTga a’zo bo‘lish haqida gapirgan Shavkat Mirziyoyev, prezidentning BMT Bosh assambleyasidagi nutqi, Toshkentda gul ekishga 12 mlrd so‘m pul, bolalarni yod bilan ta’minlash dasturi boshlangani, Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi haqida so‘zlagan Codiq Safoyev va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.

O‘sish 7,2 barobarmi? Gaz importi bo‘yicha Statistika agentligi va Iqtisodiyot vazirligi ma’lumotlari farq qilmoqda
20 sentabr 2023, 21:53

O‘sish 7,2 barobarmi? Gaz importi bo‘yicha Statistika agentligi va Iqtisodiyot vazirligi ma’lumotlari farq qilmoqda

Iqtisodiyot vazirligi olti oyda 2,6 mlrd kub metr — 2022-yilning shu davriga nisbatan 7,2 barobar ko‘p gaz import qilganini bildirdi. Bu Statistika agentligi ma’lumotlaridan farq qiladi va MB rahbarining gaz importi tufayli budjet taqchilligi oshgani haqidagi so‘zlariga qisman oydinlik kiritishi mumkin.

Nazarboyevning jiyani ustidan yanvardagi namoyishlar bo‘yicha jinoiy ish ochildi
20 sentabr 2023, 21:14

Nazarboyevning jiyani ustidan yanvardagi namoyishlar bo‘yicha jinoiy ish ochildi

Qozog‘iston Bosh prokuraturasi sobiq prezident Nazarboyevning jiyani, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarining sobiq birinchi o‘rinbosari Samat Abishga nisbatan tergov boshladi. U 2022-yil yanvarida bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlari chog‘ida mansab vakolatini suiiste’mol qilganlikda gumonlanmoqda.

O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasini endi ispaniyalik mutaxassis boshqaradi
20 sentabr 2023, 17:55

O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasini endi ispaniyalik mutaxassis boshqaradi

Ispaniyalik Xose Venansio Lopes O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘ldi. U jamoani 2024-yil O‘zbekistonda o‘tadigan Jahon chempionatiga tayyorlaydi. Mutaxassis jamoa bilan mashg‘ulotlarni Osiyo kubogi saralash bosqichidan so‘ng boshlaydi.

Tez yordam xizmatining 4 ta filialiga 100 ta Volkswagen Caddy topshirildi
20 sentabr 2023, 17:02

Tez yordam xizmatining 4 ta filialiga 100 ta Volkswagen Caddy topshirildi

Respublika tez tibbiy yordam markazining Qoraqalpog‘iston, Toshkent, Surxondaryo va Sirdaryo hududlaridagi filiallariga 100 ta Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam mashinasi yetkazib berildi. Yil yakunigacha yana 500 dan ortiq mashina yetkaziladi.

Buxoroda o‘zgalarning nomiga kredit rasmiylashtirib, uni o‘zlashtirgan hokim yordamchisi aniqlandi
20 sentabr 2023, 16:53

Buxoroda o‘zgalarning nomiga kredit rasmiylashtirib, uni o‘zlashtirgan hokim yordamchisi aniqlandi

Buxoroda hokim yordamchisi mahallada yashamaydigan shaxslar nomiga 163 mln so‘m kredit rasmiylashtirib, ularni o‘zlashtirgani aytilmoqda. Unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonda bolalarni yod bilan ta’minlash dasturi boshlandi
20 sentabr 2023, 16:22

O‘zbekistonda bolalarni yod bilan ta’minlash dasturi boshlandi

20-sentabrdan barcha maktab va bolalar bog‘chalarida yod bilan ta’minlash dasturi boshlandi. Endi chorshanba kunlari bolalarni yod yetishmovchiligidan himoya qilish uchun ularga profilaktik dozada yod tabletkalari ichiriladi. Homilador va emizikli ayollarga yod preparatlari oilaviy shifokorlar tomonidan beriladi.

Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishildi
20 sentabr 2023, 15:42

Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishildi

Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi rasmiylari o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, tan olinmagan respublika armiyasi qurolsizlantiriladi. Ozarbayjon vakillari bilan hududdagi armanlarning reintegratsiyasi yuzasidan muzokara o‘tkaziladi.

“Lukoyl” yil boshidan buyon O‘zbekistonga MTB bo‘yicha 103,1 million dollar to‘lagan
20 sentabr 2023, 15:10

“Lukoyl” yil boshidan buyon O‘zbekistonga MTB bo‘yicha 103,1 million dollar to‘lagan

Yilning birinchi yarmida Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi gaz qazib olish bo‘yicha mahsulot taqsimlash bitimiga binoan O‘zbekistonga 103,1 million dollar to‘ladi, deb xabar qildi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. Boshqa MTB loyihalari uchun ma’lumotlar berilmagan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting