20-sentabr kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Futbol assotsiatsiyalari xalqaro federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantino bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni 2023-yilgi futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy tabrikladi, deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Federatsiya rahbari O‘zbekistonni 2024-yilda ilk bor FIFA shafeligidagi futzal bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilishi bilan tabrikladi va uning yuqori saviyada o‘tkazilishiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Shuningdek, Infantino mamlakatda ommaviy va professional futbolni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy infratuzilma va ta’lim bazasini yaratish borasida olib borilayotgan ishlarni yuqori baholadi, deyiladi xabarda.

Uchrashuv davomida Janni Infantino Shavkat Mirziyoyevga uning ismi tushirilgan futbol to‘pini sovg‘a qildi.

жанни инфантино, prezident, фифа, шавкат мирзиёев

Davlat rahbari bunday avval ham — 2023-yilning may oyida O‘zbekistonga tashrif buyurgan FIFA rahbari bilan uchrashgandi. O‘shanda tashkilot rahbari Mirziyoyevga uning familiyasi tushirilgan 24-raqamli futbolkani tortiq qilgan.