Isroildan O‘zbekistonga aviareyslar bekor qilingani yo‘q — elchixona
9 oktabr 2023, 11:44

Isroildan O‘zbekistonga aviareyslar bekor qilingani yo‘q — elchixona

O‘zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi Isroilda bo‘lib turgan fuqarolardan O‘zbekistonga uchish uchun bemalol aviachipta olishi mumkinligini bildirdi. Shuningdek, fuqarolardan Isroildagi yaqinlari yo‘qolgan yoki yaralangan bo‘lsa, konsullik bo‘limini xabardor qilish so‘raldi.

Ish haftasi oxirida havo keskin sovuqlashadi
9 oktabr 2023, 11:08

Ish haftasi oxirida havo keskin sovuqlashadi

11-oktabrda O‘zbekistonga Qora dengiz hududlaridan sovuq va nam havo massalari kirib kela boshlaydi. Harorat kechalari +6…+11, shimolda +2…+7, kunduzi +12…+17 darajagacha pasayadi. Vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Bu ushbu mavsumda birinchi haqiqiy kuzgi sovuq bo‘ladi, deydi O‘zgidromet.

Bobur Residence turar-joy majmuasida foizsiz muddatli to‘lovga xonadon sotib olish mumkin
9 oktabr 2023, 11:00

Bobur Residence turar-joy majmuasida foizsiz muddatli to‘lovga xonadon sotib olish mumkin

Jami to‘rtta 16 qavatli uydan iborat Bobur Residence turar-joy majmuasi shaharning markaziy qismlaridan birida joylashgan bo‘lib, mijozlarga qulay shartlardagi muddatli to‘lovlarni taklif qilmoqda.

Surxondaryoda Qizil kitobga kiritilgan 611 tup tojik kavragi kesib ketildi
9 oktabr 2023, 10:53

Surxondaryoda Qizil kitobga kiritilgan 611 tup tojik kavragi kesib ketildi

Surxondaryodagi “Bobotog‘” davlat o‘rmon xo‘jaligida Qizil kitobga kiritilgan 611 tup tojik kavragi noqonuniy kesib olindi. Yil boshidan buyon ayni shu o‘rmon xo‘jaligida 11,5 ming tup tojik kavragi kesilib, tabiatga 5,7 mlrd so‘m zarar yetgan.

Avstriyada ikki o‘zbekistonlik talaba aviahalokatga uchradi
9 oktabr 2023, 10:39

Avstriyada ikki o‘zbekistonlik talaba aviahalokatga uchradi

Avstriyaning Diks shahri yaqinida bortida ikki nafar o‘zbekistonlik talaba bo‘lgan o‘quv samolyoti halokatga uchradi. O‘zbekiston elchixonasi ularning salomatligi xavf ostida emasligini bildirdi va vaziyatni nazoratga oldi.

Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari soni ikki mingdan oshdi
8 oktabr 2023, 17:53

Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila qurbonlari soni ikki mingdan oshdi

Shanba kuni Afg‘onistonning g‘arbiy hududlarida sodir bo‘lgan 6,3 magnitudali zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni ikki mingdan oshdi. O‘zbekiston TIV zilzila qurbonlarining oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.

O‘zbekiston va Rossiya neft va neft mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzoladi
8 oktabr 2023, 12:16

O‘zbekiston va Rossiya neft va neft mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzoladi

O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasida neft yetkazib berish sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, neft mahsulotlarini temir yo‘l orqali yetkazib to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 71 ta medal bilan yakunladi
8 oktabr 2023, 12:12

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 71 ta medal bilan yakunladi

O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo o‘yinlarini 22 ta oltin, 18 ta kumush va 31 ta bronza — jami 71 ta medal bilan beshinchi o‘rinda yakunladi.

Bahromjon Gaziyev Osiyo ot sporti federatsiyasi vitse-prezidenti bo‘ldi
8 oktabr 2023, 10:31

Bahromjon Gaziyev Osiyo ot sporti federatsiyasi vitse-prezidenti bo‘ldi

O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev Osiyo ot sporti federatsiyasi vitse-prezidenti etib tasdiqlandi.

O‘zbekiston elchixonasi Isroildagi vatandoshlarni ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi
8 oktabr 2023, 10:27

O‘zbekiston elchixonasi Isroildagi vatandoshlarni ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi

O‘zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi Isroilda bo‘lib turgan fuqarolardan barcha zarur ehtiyot choralarini ko‘rish, xavfsiz joylarda bo‘lish va rasmiy xabar berilmaguncha u yerni tark etmaslikni qat’iy tavsiya qildi.

Toshkent aeroportida samolyotlar to‘xtash joylarini kapital ta’mirlash boshlandi
8 oktabr 2023, 10:21

Toshkent aeroportida samolyotlar to‘xtash joylarini kapital ta’mirlash boshlandi

Toshkent aeroportida samolyotlar to‘xtash joylarini kapital ta’mirlash, jumladan, sun’iy qoplamani mustahkamlash ishlari boshlandi. Uzbekistan Airports jarayon parvozlarga ta’sir ko‘rsatmasligini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda sakkiz oyda qancha gaz, elektr energiyasi, ko‘mir va benzin ishlab chiqarildi?
7 oktabr 2023, 23:19

O‘zbekistonda sakkiz oyda qancha gaz, elektr energiyasi, ko‘mir va benzin ishlab chiqarildi?

O‘zbekistonda dastlabki sakkiz oyda gaz qazib olish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9,5 foizga yoki 3,26 mlrd kub metrga kamaygan. Avgustda ishlab chiqarish 3,92 mlrd kub metrni tashkil etdi (o‘tgan yilning avgustiga nisbatan -9 foiz). Elektr energiyasi ishlab chiqarish 5,7 foizga, ko‘mir — 10,4 foizga o‘sdi.

Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi Islom Karimov xiyoboniga tashrif buyurdi
7 oktabr 2023, 22:43

Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi Islom Karimov xiyoboniga tashrif buyurdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytish oldidan Moskvadagi Islom Karimov xiyoboniga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston futbolchilari Osiyo o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritdi
7 oktabr 2023, 22:30

O‘zbekiston futbolchilari Osiyo o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda Gonkongni mag‘lub etib, 1994-yildan buyon ilk bor Osiyo o‘yinlari medalini qo‘lga kiritdi (video, foto).

Uch davlat prezidentlari Rossiyadan Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga gaz yetkazishga start berdi
7 oktabr 2023, 19:32

Uch davlat prezidentlari Rossiyadan Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga gaz yetkazishga start berdi

Shavkat Mirziyoyev Moskvada Qosim-Jomart Toqayev va Vladimir Putin bilan birgalikda Rossiya tabiiy gazini Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga yetkazib berishni boshlab berdi. Ikki yillik shartnoma yiliga 2,8 mlrd kub metr gaz yetkazishni nazarda tutadi.

HAMAS Isroilga hujum boshladi. Mamlakatda favqulodda holat e’lon qilindi
7 oktabr 2023, 19:13

HAMAS Isroilga hujum boshladi. Mamlakatda favqulodda holat e’lon qilindi

Falastinning HAMAS guruhi Isroilga qarshi minglab raketalarni uchirdi. Kamida 40 kishi halok bo‘ldi, 700 dan ortiq kishi yaralandi, mamlakatda favqulodda holat e’lon qilindi. Isroil bosh vaziri bo‘layotgan voqealarni urush deb atadi. Isroil ham G‘azoga zarbalar berishni boshladi. Asosiy ma’lumotlar.

Toshkentning Yakkasaroy tumani hokimi Mirobod tumaniga hokim bo‘ldi
7 oktabr 2023, 17:32

Toshkentning Yakkasaroy tumani hokimi Mirobod tumaniga hokim bo‘ldi

2019-yil sentabr oyidan buyon Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Anvar Sayfutdinov Mirobod tumaniga hokim etib tayinlandi.

Fanlar akademiyasi taklifi asosida Botanika bog‘i loyihadan chiqarildi — Davaktiv agentligi
7 oktabr 2023, 15:56

Fanlar akademiyasi taklifi asosida Botanika bog‘i loyihadan chiqarildi — Davaktiv agentligi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent botanika bog‘i poytaxt hokimligiga berilishini nazarda tutuvchi qaror loyihasidan chiqarilganini ma’lum qildi. Loyihadan hokimliklar nazoratiga o‘tishi mumkin bo‘lgan yana 261 ta bog‘ o‘rin olgan.

Bloger Abduqodir Mo‘minovning hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi
7 oktabr 2023, 14:33

Bloger Abduqodir Mo‘minovning hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi

Apellyatsiya sudi avvalroq 7 yilu 3 oyga ozodlikdan mahrum etilgan bloger Abduqodir Mo‘minovga nisbatan chiqarilgan hukmni o‘z kuchida qoldirdi.

Fanlar akademiyasi Botanika bog‘ining Toshkent hokimligiga berilishiga qarshi chiqdi
7 oktabr 2023, 14:00

Fanlar akademiyasi Botanika bog‘ining Toshkent hokimligiga berilishiga qarshi chiqdi

Fanlar akademiyasi Botanika bog‘ini Toshkent hokimligi tasarrufiga o‘tkazish to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasini “nihoyatda salbiy ruhda qabul qildi”. Tashkilot hujjatni ishlab chiquvchiga o‘z e’tirozlarini yubordi va Botanika bog‘ini ro‘yxatdan chiqarib tashlashni talab qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting