22-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
22 sentabr 2023, 21:56

22-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Namanganda zaharlangan 70 dan ortiq bola, undan qattiq tashvishga tushgan prezident, zaharlanish ortidan tarkibida yod bo‘lgan “Antistrumin” №100dan foydalanish taqiqlangani, lotin alifbosidagi 4 ta harfning shakli o‘zgarishi, gaz, elektr energiyasi tannarxi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Rossiyaning Qora dengiz floti shtab-kvartirasi raketa zarbasiga uchradi
22 sentabr 2023, 21:07

Rossiyaning Qora dengiz floti shtab-kvartirasi raketa zarbasiga uchradi

Rossiya Qora dengiz flotining bosib olingan Sevastopoldagi shtab-kvartirasi raketa hujumiga uchradi. Binoning tomi va yuqori qavati vayron bo‘lgan. Rossiya Mudofaa vazirligi hujumda Ukrainani aybladi. Ukraina harbiylari esa ushbu ma’lumotni tasdiqladi.

O‘zbekistonda “Antistrumin” №100 (kaliy yodid) iste’moli vaqtinchalik taqiqlandi
22 sentabr 2023, 20:20

O‘zbekistonda “Antistrumin” №100 (kaliy yodid) iste’moli vaqtinchalik taqiqlandi

Namangan viloyatida 71 nafar bola zaharlanganidan so‘ng O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘rganishlar yakuniga yetguniga qadar tarkibida yod bo‘lgan “Antistrumin” №100 mahalliy dori vositasidan foydalanishga taqiq joriy etildi.

Toshkentda dam olish kunlari qayerlarga borish mumkin?
22 sentabr 2023, 20:20

Toshkentda dam olish kunlari qayerlarga borish mumkin?

5 ta kinopremera, ochiq osmon ostidagi kinonamoyishlar, “Humo” xokkey klubi matchlari, MotorFest2023 avtofestivali, Geek Con Tashkent festivali, Anhor bog‘ida retro-kecha, plogging-yugurish, konsertlar, ko‘rgazmalar, spektakllar, bolalar uchun tadbirlar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar.

Shavkat Mirziyoyev Chust tumanidagi bolalar sog‘lig‘i bilan bog‘liq holatdan qattiq tashvishda — matbuot xizmati
22 sentabr 2023, 19:46

Shavkat Mirziyoyev Chust tumanidagi bolalar sog‘lig‘i bilan bog‘liq holatdan qattiq tashvishda — matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Chust tumanida 70 dan ortiq bolaning zaharlanishi bilan bog‘liq vaziyatdan “qattiq tashvishda”, deya ma’lum qildi uning matbuot kotibi. Davlat rahbari muntazam ravishda vaziyat yuzasidan hisobotlar olib, mas’ullarga alohida nazoratga olish bo‘yicha topshiriqlar bermoqda.

Yangi O‘zbekiston bog‘i Coke Studio Fest`da 60 mingdan ortiq mehmonni qabul qildi
22 sentabr 2023, 19:00

Yangi O‘zbekiston bog‘i Coke Studio Fest`da 60 mingdan ortiq mehmonni qabul qildi

Yangi O‘zbekiston bog‘i`da 16-sentabr kuni Coke Studio Fest bo‘lib o‘tdi. Tadbirda o‘zbek xonandalari bilan bir qatorda Artik va Asti, Andro va DJ Afrojack ham o‘z chiqishlari bilan ishtirok etishdi.

Lotin alifbosidagi 4 ta harfning shakli o‘zgarishi mumkin
22 sentabr 2023, 17:39 1

Lotin alifbosidagi 4 ta harfning shakli o‘zgarishi mumkin

Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi loyihasi e’lon qilindi. Unda 4 ta harfning shakli o‘zgarishi ko‘zda tutilgan: o‘, g‘, sh va ch. Loyiha bo‘yicha yangi o‘zbek alifbosi 28 ta harf, 1 ta harf birikmasi va tutuq belgisidan iborat bo‘ladi.

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 12 200 so‘mdan oshdi
22 sentabr 2023, 17:34

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 12 200 so‘mdan oshdi

O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan dollar kursi o‘zining tarixiy maksimal qiymatini yangiladi va 12 200 so‘m chegarasidan o‘tdi. Yil boshidan buyon milliy valyuta 8,6 foizga qadrsizlandi.

Yerevanda 3 kundan buyon namoyishlar davom etmoqda, 80 dan ortiq odam hibsga olingan
22 sentabr 2023, 17:10

Yerevanda 3 kundan buyon namoyishlar davom etmoqda, 80 dan ortiq odam hibsga olingan

Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat tufayli Yerevanda uch kundan beri ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Namoyishchilar Armaniston bosh vazirining iste’foga chiqishi va tan olinmagan respublikadan keluvchilar qabul qilinishini so‘ramoqda. Politsiya 80 dan ortiq namoyishchini hibsga olgan.

Energetika vazirligi O‘zbekistondagi gaz va elektr energiyasi tannarxini e’lon qildi
22 sentabr 2023, 15:30

Energetika vazirligi O‘zbekistondagi gaz va elektr energiyasi tannarxini e’lon qildi

O‘zbekistonda 1 kVt/soat elektr energiyasi tannarxi 970 so‘mni (2022-yil may oyidan +21,2% oshgan), gazning bir kubometri 1890 so‘mni (+35%) tashkil qilmoqda, deb xabar qildi Energetika vazirligi. Kuni kecha Energetika vaziri bir kVt/soat elektr energiyasi narxi 800 so‘mdan oshganini aytgandi.

Suriyadagi terrorchilik tashkilotiga qo‘shilgan o‘zbekistonlik erkak 9 yilga qamaldi
22 sentabr 2023, 15:26

Suriyadagi terrorchilik tashkilotiga qo‘shilgan o‘zbekistonlik erkak 9 yilga qamaldi

Suriyadagi terrorchilik tashkilotiga qo‘shilgan 36 yoshli o‘zbekistonlik erkak uzil-kesil 9 yilga qamaldi. U yaqin do‘stining taklifi bilan xalqaro terroristik tashkilotga qo‘shilgan va bir guruh shaxslarni Suriyaga jo‘natishni tashkillashtirgan.

Poytaxtdagi ayrim sud binolarida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda — Toshkent IIBB
22 sentabr 2023, 13:59

Poytaxtdagi ayrim sud binolarida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda — Toshkent IIBB

22-sentabr kuni Toshkent shahri sudi binosiga bomba o‘rnatilgani haqida ma’lumot tarqaldi. Poytaxt IIBB xavotirga berilmaslikni so‘rab, Toshkent shahri sudi va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda mashg‘ulotlar o‘tkazilayotganini ma’lum qildi.

Bayden va Zelenskiy uchrashuvi: AQSh Ukrainaga 325 mln dollarlik yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi
22 sentabr 2023, 13:44

Bayden va Zelenskiy uchrashuvi: AQSh Ukrainaga 325 mln dollarlik yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi

AQSh prezidenti Jo Bayden Oq uyda Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Shundan keyin Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Ukrainaga 325 mln dollarlik yangi harbiy yordam paketi ajratilishini e’lon qildi. Bayden buni “butun dunyodagi mustaqillik va hududiy yaxlitlik uchun kiritilgan sarmoya” deb atadi.

Farg‘ona viloyatida elektrobuslar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi
22 sentabr 2023, 12:59

Farg‘ona viloyatida elektrobuslar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Farg‘ona viloyati Furqat tumanida Xitoy kompaniyasi bilan yillik quvvati 1000 dona bo‘lgan elektrobuslar ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi. Shuningdek, elektromobillarni quvvatlash uskunalarini va elektrobuslarga akkumulyatorlar ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini zo‘rlash bo‘yicha sobiq amaldorlarga qo‘yilgan ayblovlar o‘zgarishsiz qoldi
22 sentabr 2023, 12:39

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini zo‘rlash bo‘yicha sobiq amaldorlarga qo‘yilgan ayblovlar o‘zgarishsiz qoldi

Avgust oyi oxirida Urganch shahridagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining zo‘rlanishi bo‘yicha ish sudga qaytarildi. Oliy sud saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘shimcha tergov o‘tkazilganiga qaramay, sobiq amaldorlarga qo‘yilgan ayblovlar o‘zgarishsiz qoldi.

Toshkent aeroportida taksi xizmati uchun joylar qayta kimoshdi savdosiga qo‘yildi
22 sentabr 2023, 12:26

Toshkent aeroportida taksi xizmati uchun joylar qayta kimoshdi savdosiga qo‘yildi

Toshkent aeroportida taksi xizmati uchun joylar texnik shartlarga qo‘shimchalar va tushuntirishlar kiritilgani sababli qaytadan kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Har uchala lot bo‘yicha savdolar 3-oktabr kuni E-auksion.uz saytida bo‘lib o‘tadi.

Farg‘ona shahriga Kampirobod suv omboridan ichimlik suvi tortiladi
22 sentabr 2023, 12:24

Farg‘ona shahriga Kampirobod suv omboridan ichimlik suvi tortiladi

Bir qismi O‘zbekistonga o‘tgan Kampirobod suv omboridan Farg‘ona shahriga toza ichimlik suvi tortib kelinadi. Bu bo‘yicha kelishuvga Farg‘ona viloyati hokimining Xitoyga tashrifi davomida erishildi.

Madaniy meros agentligi “Sharq” va O‘zA binolarini auksiondan olib tashlash bo‘yicha ogohlantirish berdi
22 sentabr 2023, 12:14

Madaniy meros agentligi “Sharq” va O‘zA binolarini auksiondan olib tashlash bo‘yicha ogohlantirish berdi

Madaniy meros agentligi yagona mulkiy majmua sifatida savdoga chiqarilishi aytilgan “Sharq” va O‘zA binolari madaniy meros obyekti ekanini va xususiylashtirish mumkin emasligini ma’lum qildi. Ularni auksiondan olib tashlash bo‘yicha Davaktiv agentligiga ogohlantirish berildi.

Dam olish kunlari havo issiq va kam bulutli bo‘ladi
22 sentabr 2023, 11:53

Dam olish kunlari havo issiq va kam bulutli bo‘ladi

Shanba va yakshanba kunlari havo kam bulutli va quruq bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kechalari +11…+16 darajani tashkil etadi, kunduzi +25…+30 darajagacha isiydi.

Toshkent metrosida Face ID orqali to‘lash tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda
22 sentabr 2023, 11:36

Toshkent metrosida Face ID orqali to‘lash tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda

Toshkent metropolitenining Buyuk ipak yo‘li bekatida yuzni skaner qilish (Face ID) orqali yo‘lkirani to‘lash tizimi ishga tushdi. Undan foydalanish uchun ATTO ilovasida yuzni skanerlab, ro‘yxatdan o‘tish kerak. Sinov muvaffaqiyatli o‘tsa, boshqa bekatlarda ham bu tizim paydo bo‘ladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting