2023-yilning sentabr oyidan boshlab 26, 91, 96, 109, 123, 199, 1, 3, 15, 33, 35, 42, 127, 157, 158, 34, 56, 105, 134, 135, 150 va 117-sonli avtobus yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatish yangi turdagi brutto-shartnoma asosida amalga oshirila boshlandi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar qildi.

avtobusлар, brutto-shartnomalar, jamoat transporti, kunlik режа

Brutto-shartnomalar yo‘lovchi tashishni tashkil etish modeli bo‘lib, unda barcha tushumlar shahar budjetining maxsus hisobraqamiga o‘tkaziladi va shahar ma’muriyati tashuvchiga yo‘nalishlar bo‘yicha tashuvlarni amalga oshirgani uchun bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqqan holda ularning sifatini nazorat qilish sharti bilan haq to‘laydi. Bu haqda “Gazeta.uz” batafsil yozgandi.

“Toshshahartransxizmat” avgust oyida barcha avtobus yo‘nalishlarida (160 dan ortiq) kunlik naqd pul topshirish rejasi bekor qilinishini ma’lum qilgandi.

Brutto-shartnomalarga o‘tish O‘zbekiston prezidentining fevraldagi jamoat transporti tizimini isloh qilish to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq joriy etilmoqda.