“Bu birinchisi emas”. “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudlanuvchi advokatlariga bosim o‘tkazilayotgani aytilmoqda
13 oktabr 2023, 10:06

“Bu birinchisi emas”. “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudlanuvchi advokatlariga bosim o‘tkazilayotgani aytilmoqda

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudlanuvchi, Farmatsevtika agentligining sobiq rahbari S.K.ning advokatlari ularga tergovchi tomonidan bosim bo‘layotganini aytib, suddan ularni himoyaga olishni so‘radi. S.K.ga uning himoya pozitsiyasiga ta’sir qiladigan holatlar bo‘lsa, murojaat qilishi mumkinligi bildirildi.

Temir yo‘l vokzallariga kutib oluvchi va kuzatuvchilarning pasportsiz kirishlariga ruxsat beriladi
12 oktabr 2023, 23:12

Temir yo‘l vokzallariga kutib oluvchi va kuzatuvchilarning pasportsiz kirishlariga ruxsat beriladi

O‘zbekistonda endilikda kutib olish va kuzatib qo‘yishda fuqarolarga vokzallarga pasportsiz kirishga ruxsat etiladi. Perron va poyezdlar bundan mustasno.

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi o‘z missiyasini yakunlamoqda
12 oktabr 2023, 22:05

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi o‘z missiyasini yakunlamoqda

O‘zbekistonning Londondagi elchisi Said Rustamov diplomatik missiyasini yakunlamoqda. U bu lavozimda 2019-yil oktabridan beri ishlab kelmoqda.

12-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
12 oktabr 2023, 22:00

12-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Kuzgi daraxt ekish mavsumini e’lon qilgan prezident, O‘zbekistonni Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoralashga chaqirgan Yevroparlament, sobiq eri tomonidan 5 soat kaltaklangan ayol, 16-oktabrdan tiklanadigan shimoliy vokzal faoliyati va boshqalar — “Gazeta.uz”n ing kun dayjestida.

Qirg‘iziston Rossiya bilan birlashgan HHM tizimini yaratish bo‘yicha kelishuvni ratifikatsiya qildi
12 oktabr 2023, 21:51

Qirg‘iziston Rossiya bilan birlashgan HHM tizimini yaratish bo‘yicha kelishuvni ratifikatsiya qildi

Qirg‘iziston Rossiya bilan birlashgan HHM tizimini yaratish bo‘yicha kelishuv imzoladi. Hujjat “har ikki davlat havo hududining ishonchli himoyasini ta’minlaydi” va “Qirg‘izistonning RF bilan strategik munosabatlarni mustahkamlashga sodiqligini tasdiqlaydi”, — deya ta’kidladi Sadir Japarov matbuot xizmati.

Niderlandiya mijozlar ma’lumotlarini yig‘ish bilan bog‘liq xavotirlar tufayli “Yandeks”ning taksi xizmatini tekshirish boshlandi
12 oktabr 2023, 21:33

Niderlandiya mijozlar ma’lumotlarini yig‘ish bilan bog‘liq xavotirlar tufayli “Yandeks”ning taksi xizmatini tekshirish boshlandi

Niderlandiya Yango taksi xizmatini (Rossiyaning “Yandeks” kompaniyasiga tegishli) RF maxsus xizmatlari uning yordamida yevropalik foydalanuvchilar ma’lumotlarini yig‘ishi mumkinligi borasidagi xavotirlar sabab tekshirishni boshladi. Kompaniya regulyator bilan hamkorlik va YeI talablariga rioya qilayotgani bildirdi.

YeI va BMTTD O‘zbekistonda afg‘onlarni o‘qitish va kasbga tayyorlash loyihasining ikkinchi bosqichini boshladi
12 oktabr 2023, 19:11

YeI va BMTTD O‘zbekistonda afg‘onlarni o‘qitish va kasbga tayyorlash loyihasining ikkinchi bosqichini boshladi

YeI va BMT Taraqqiyot dasturi amalga oshirgan O‘zbekistonda vaqtincha yashayotgan Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish va kasbga tayyorlash bo‘yicha loyihaning birinchi bosqichida 330 dan ortiq kishi ishtirok etdi. Termizda loyihaning 400 nafar Afg‘oniston fuqarosini qamrab olgan ikkinchi bosqichi boshlandi.

Yana chigit ishi: Tadbirkor Qashqadaryodan 60 tonna chigitini olib chiqishda taqiqqa uchraganini aytmoqda
12 oktabr 2023, 18:51

Yana chigit ishi: Tadbirkor Qashqadaryodan 60 tonna chigitini olib chiqishda taqiqqa uchraganini aytmoqda

Jizzaxlik tadbirkor Qashqadaryodan 60 tonna chigitini olib chiqishda taqiqqa uchradi. Uning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, viloyat hokimining og‘zaki buyrug‘i bilan yuk mashinasi 5 kundan beri “Umakay” YPX maskanida ushlab turilibdi. Bunday holat Qashqadaryoda birinchi marta yuz berayotgani yo‘q.

Xitoydagi taekvondo gran-prisida 5 o‘zbekistonlikning 4 nafari medal oldi
12 oktabr 2023, 18:04

Xitoydagi taekvondo gran-prisida 5 o‘zbekistonlikning 4 nafari medal oldi

Xitoyda Osiyo o‘yinlaridan 2 kun o‘tib boshlangan taekvondoning WT yo‘nalishi bo‘yicha gran-pri musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush va 3 ta bronza medalga ega chiqdi: Madinabonu Mannopova, Ulug‘bek Rashitov, Jasur Jaysunov uchinchi, Nikita Rafalovich esa ikkinchi o‘rinni oldi.

Sentabrda elektromobillar savdosi pasaydi
12 oktabr 2023, 18:03

Sentabrda elektromobillar savdosi pasaydi

O‘zbekistonda sentabr oyida elektromobillar savdosi kamaydi. Bozorda yil boshidan buyon ilk bor qisqarish kuzatildi. Yangi mahalliy yengil avtomobillar savdosi o‘sishda davom etmoqda.

Surxondaryodagi ayrim bog‘chalarda UNICEF dasturi asosida ko‘p tilli guruhlar ochildi
12 oktabr 2023, 17:58

Surxondaryodagi ayrim bog‘chalarda UNICEF dasturi asosida ko‘p tilli guruhlar ochildi

UNICEF Surxondaryoda bolalarning kengaytirilgan va inklyuziv ta’lim olishi uchun Termiz shahri, Termiz va Muzrabot tumanlaridagi ayrim bog‘chalarda ko‘p tilli guruhlar ochdi. Unga Yevropa Ittifoqi 1,6 mln yevro moliyaviy yordam ko‘rsatdi.

Isroil — Falastin urushining oltinchi kuni. Asosiy yangiliklar
12 oktabr 2023, 17:00

Isroil — Falastin urushining oltinchi kuni. Asosiy yangiliklar

Isroil HAMAS hujumi oqibatida halok bo‘lgan xorijliklar bo‘yicha ma’lumot berdi, G‘azo sektorida elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun yoqilg‘i tugagani sababli hududdagi yagona elektr stansiyasi faoliyatini to‘xtatdi. Hududdagi shifoxonalarda antibiotiklar, yoqilg‘i va boshqa kerakli buyumlar tugab qolgan.

Chexiya O‘zbekistonning foydali qazilmalariga qiziqmoqda, evaziga ularni qazib olish texnologiyalarini taklif qilishi mumkin
12 oktabr 2023, 16:50

Chexiya O‘zbekistonning foydali qazilmalariga qiziqmoqda, evaziga ularni qazib olish texnologiyalarini taklif qilishi mumkin

Chexiya O‘zbekistonning qazilma boyliklariga qiziqmoqda, evaziga ularni qazish va qayta ishlash texnologiyalari, shuningdek, suv resurslarini boshqarish sohasida taklif berishi mumkin. Chex mudofaa sanoati O‘zbekiston Qurolli kuchlariga Sovet ittifoqi davri harbiy texnikalariga muqobillarni taklif qilishga tayyor.

“Tolibon” Qo‘shtepa kanali qurilishining 2-bosqichiga start berdi
12 oktabr 2023, 16:11

“Tolibon” Qo‘shtepa kanali qurilishining 2-bosqichiga start berdi

Afg‘onistonda uzunligi 280 km, eni 100 metr bo‘lishi kutilayotgan Qo‘shtepa kanali qurilishining 2-bosqichiga start berildi. “Tolibon” vakillari kanal qurilishi bo‘yicha O‘zbekistondan tashvishlanmaslikni so‘radi.

San’at muzeyida Tashkent Modernism.Index ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi
12 oktabr 2023, 15:37

San’at muzeyida Tashkent Modernism.Index ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

17-oktabr kuni O‘zbekiston davlat san’at muzeyida ilk bor aprel oyida Milanda taqdim etilgan Tashkent Modernism.Index ko‘rgazmasi ochiladi. Xohlovchilar ikki hafta davomida ko‘rgazmaga borishlari mumkin va kirish bepul.

Kamol Muxtorov O‘zbekistonning YUNESKOdagi elchisi bo‘ldi
12 oktabr 2023, 15:34

Kamol Muxtorov O‘zbekistonning YUNESKOdagi elchisi bo‘ldi

Prezident administratsiyasida ishlab kelgan Kamol Muxtorov O‘zbekistonning YUNESKOdagi doimiy vakili etib tayinlandi. Avvalgi vakil Umid Shadiyev Turizm qo‘mitasi raisi etib tayinlangandi.

Toshkent shimoliy vokzali faoliyati 16-oktabrdan tiklanadi
12 oktabr 2023, 15:03

Toshkent shimoliy vokzali faoliyati 16-oktabrdan tiklanadi

Toshkent shimoliy vokzali 16-oktabrdan o‘z faoliyatini tiklaydi. U yerdan “Arosiyob”, “Sharq”, “Nasaf”, “O‘zbekiston” poyezdlari va “Toshkent-Volgograd” poyezdi harakatlanadi. 16-oktabrdan Janubiy vokzaldan Xojikent, Guliston, Angren, Xovost va Bekobodga poyezdlar jo‘naydi.

Toshkent viloyatida ayol sobiq eri uni 5 soat davomida kaltaklaganini aytmoqda
12 oktabr 2023, 14:49

Toshkent viloyatida ayol sobiq eri uni 5 soat davomida kaltaklaganini aytmoqda

Zangiota tumanida ayol sobiq eri uni 5 soat kaltaklab, shifoxonaga keltirgani, holatga mas’ullar e’tibor qaratmaganini aytib, murojaat qildi. Video tarmoqlarda tarqalgach, hokimliklar, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi va IIB vakillari ayol bilan uchrashib, holatni nazoratga oldi. Ayol poytaxtda davolanmoqda.

Avtomobillarga markaziy vokzallarga kirish uchun ruxsat berilishi mumkin
12 oktabr 2023, 13:19

Avtomobillarga markaziy vokzallarga kirish uchun ruxsat berilishi mumkin

Prezident qarori bilan O‘zbekistonda avtomobillarning markaziy vokzallarga kirishiga ruxsat berilish mumkin. Stansiyalar hududida savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari ham tashkil etiladi.

Yevroparlament O‘zbekistonni Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoralashga chaqirdi
12 oktabr 2023, 13:16

Yevroparlament O‘zbekistonni Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoralashga chaqirdi

Yevroparlament O‘zbekiston Rossiyaning Ukrainaga nisbatan harbiy harakatini qoralamaganidan afsusda ekanini bildirdi va rasmiylarni shunga chaqirdi. Yevropa Ittifoqi organi, shuningdek, “Rossiya davlat kompaniyalari va O‘zbekiston gaz sektoridan foyda ko‘ruvchi insayderlarga berilgan imtiyozlardan” afsusda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting