O‘zbekistonda yo‘l qurilishiga xususiy sektor jalb qilinadi
16 oktabr 2023, 11:54

O‘zbekistonda yo‘l qurilishiga xususiy sektor jalb qilinadi

Prezident qarori bilan 1-yanvardan yo‘l qurilishiga sinov tariqasida xususiy sektor jalb qilinadi. Bundan tashqari, issiq kunlarda yuk mashina va avtopoyezdlarga yo‘llarda harakatlanishiga cheklovlar kiritiladi.

Hafta iliq bo‘ladi
16 oktabr 2023, 11:23

Hafta iliq bo‘ladi

O‘zbekistonda hafta oxirigacha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat ko‘tarilib, haftaning ikkinchi yarmida +22…+25 darajagacha iliq bo‘ladi. Kechasi va ertalab ham havo ancha iliq, +7…+12 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Qashqadaryoda yo‘lovchi avtobusidagi portlash oqibatida 4 kishi jarohatlandi
16 oktabr 2023, 10:44

Qashqadaryoda yo‘lovchi avtobusidagi portlash oqibatida 4 kishi jarohatlandi

Muborak tumanida Isuzu avtobusining gaz balloni portlab, 4 kishi o‘rta og‘ir darajada jarohat oldi. Hodisa sababli hech kim halok bo‘lmagan, deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida.

Namangan va Andijon FVBlariga boshliqlar tayinlandi
16 oktabr 2023, 09:48

Namangan va Andijon FVBlariga boshliqlar tayinlandi

Bunyod Egamnazarov Namangan viloyati, Botir Ashurov esa Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmalariga boshliq etib tayinlandi.

O‘zbekistonlik o‘quvchilar robototexnika bo‘yicha JCHda bronza medalini oldi
16 oktabr 2023, 09:31

O‘zbekistonlik o‘quvchilar robototexnika bo‘yicha JCHda bronza medalini oldi

Singapurda o‘tgan First Global Challenge robototexnika chempionatida o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga boradi
16 oktabr 2023, 08:11

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga boradi

Prezident 17−18-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan Xitoyda bo‘ladi. Davlat rahbari “Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumi tadbirlarida ishtirok etishi, XXR raisi, shuningdek, Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi raisi bilan uchrashishi kutilmoqda.

Prezident Tashkent City hududidagi opera teatri qurilishini ko‘zdan kechirdi
15 oktabr 2023, 21:39

Prezident Tashkent City hududidagi opera teatri qurilishini ko‘zdan kechirdi

O‘zbekiston prezidenti Tashkent City hududida qurilishi 15 kun ichida yakunlanishi rejalashtirilgan opera teatri loyihasi bilan tanishdi. Dastlab opera teatri biznes markazi loyihalariga kiritilmagan, obyekt Milliy bog‘dagi quritilgan ko‘l o‘rnida qurilishi rejalashtirilgan edi.

Isroildagi OTMda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar vatanga qaytarildi
15 oktabr 2023, 20:33

Isroildagi OTMda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar vatanga qaytarildi

Isroilning Xolon texnologiya institutida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar vatanga qaytarildi. Ular o‘qishni onlayn davom ettirishadi.

O‘zbekistonda Sumo federatsiyasi ro‘yxatdan o‘tdi
15 oktabr 2023, 17:22

O‘zbekistonda Sumo federatsiyasi ro‘yxatdan o‘tdi

Adliya vazirligi O‘zbekiston Sumo federatsiyasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Kamol Usmonov uning raisi etib saylandi.

Prezident Toshkentda qishda issiqlikni kafolatlash bo‘yicha topshiriq berib, energiyani tejash haqida eslatdi
15 oktabr 2023, 10:50

Prezident Toshkentda qishda issiqlikni kafolatlash bo‘yicha topshiriq berib, energiyani tejash haqida eslatdi

O‘zbekiston prezidenti o‘tgan qishdan buyon “qanday xulosalar chiqarilganini ko‘rish” maqsadida Toshkentdagi qator yangi va yangilangan issiqlik ta’minoti obyektlarida bo‘ldi. Uylar va boshqa obyektlar issiq bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdi. “Energiyani tejash madaniyatini oshirishimiz ham kerak”, — dedi u.

Shavkat Mirziyoyev Toshkentda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirdi
14 oktabr 2023, 21:10

Shavkat Mirziyoyev Toshkentda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirdi

O‘zbekiston prezidenti Toshkentda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikning borishi bilan tanishdi. Xususan, Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumanida noyabr oyida foydalanishga topshirilishi kerak bo‘lgan yangi podstansiyani ko‘zdan kechirdi.

O‘zbekistonda dori vositalarini kafolatli xarid qilish muddati 10 yilgacha uzaytiriladi
14 oktabr 2023, 16:32

O‘zbekistonda dori vositalarini kafolatli xarid qilish muddati 10 yilgacha uzaytiriladi

Prezident mahalliylashtirishga mo‘ljallangan farmatsevtika mahsulotlarini davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kafolatli xarid qilish muddatini 3 yildan 10 yilgacha oshirdi. Ushbu mexanizm mahalliy dori vositalarining chiqarilishini rag‘batlantirishga qaratilgan.

Qashqadaryoda 60 tonna chigiti to‘xtatib qolingan jizzaxlik tadbirkor muammosi hal etildi
14 oktabr 2023, 14:20

Qashqadaryoda 60 tonna chigiti to‘xtatib qolingan jizzaxlik tadbirkor muammosi hal etildi

“Gazeta.uz” e’tibor qaratgan Qashqadaryodan 60 tonna chigit olib chiqishda taqiqqa uchragan jizzaxlik tadbirkor muammosi hal etildi. Bu haqda Biznes ombudsman ma’lum qildi. Avvalroq deputatlar shu masala yuzasidan viloyat hokimligi va IIVga so‘rov yuborgandi.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yana 1,65 mlrd dollarga, yil boshidan esa 4,73 mlrd dollarga kamaydi
14 oktabr 2023, 13:23

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yana 1,65 mlrd dollarga, yil boshidan esa 4,73 mlrd dollarga kamaydi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket oltinchi oyda kamayib, 2020-yil aprelidan beri eng past ko‘rsatkichga — 31,04 milliard dollarga yetdi. sentabr oyida zaxiralar 1,65 milliard dollarga kamaydi, yil boshidan esa mamlakatning “moliyaviy xavfsizlik yostig‘i” 4,7 milliard dollarga kamaydi.

Bloger Olimjon Haydarovning ishi sudga oshirilib, unga yangi ayblovlar qo‘yildi
14 oktabr 2023, 12:39

Bloger Olimjon Haydarovning ishi sudga oshirilib, unga yangi ayblovlar qo‘yildi

Huquq-tartibot idoralari iyul oyi oxirida tovlamachilikda ayblanib hibsga olingan bloger Olimjon Haydarov ustidan tergovni yakunlab, ishni sudga yuborgan. Unga tuhmat va haqorat kabi yangi ayblovlari qo‘yilgan.

Spark haydovchisi Toshkentda Hindistonning uch nafar fuqarosini urib yubordi
14 oktabr 2023, 11:26

Spark haydovchisi Toshkentda Hindistonning uch nafar fuqarosini urib yubordi

Toshkentdagi piyodalar o‘tish joyida 18 yoshli Spark haydovchisi Hindistonning uch nafar fuqarosini urib yubordi. Piyodalar turli tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizildi.

Captiva 5 narxlari e’lon qilindi
14 oktabr 2023, 10:19

Captiva 5 narxlari e’lon qilindi

UzAuto Motors Chevrolet Captiva 5 avtomobili narxlarini e’lon qildi. Avtomobil LT1 , LT 2, va Premier komplektatsiyalarida taqdim etiladi.

Nima tayyorlaymiz: Pitsa
14 oktabr 2023, 10:00

Nima tayyorlaymiz: Pitsa

Sosiska va pishloqli yoki pomidor va mol go‘shtidan qilingan vetchinali pitsa, yopiq “Salzone”, “Sezar”, “Margarita” hamda “Pepperoni” va boshqalar — ZIra.uz mazali pitsa tayyorlash retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Deputatlar “chigit ishi” yuzasidan Qashqadaryo viloyati hokimligi va IIVga so‘rov yubordi
14 oktabr 2023, 09:42

Deputatlar “chigit ishi” yuzasidan Qashqadaryo viloyati hokimligi va IIVga so‘rov yubordi

Jizzaxlik tadbirkor Qashqadaryodan 60 tonna chigitini olib chiqishda taqiqqa uchragani haqida yozgandik. Holat yuzasidan O‘zLiDeP deputatlari To‘lqinjon Karimov va Batirbek To‘razoda Qashqadaryo viloyati hokimligi va Ichki ishlar vazirligiga deputatlik so‘rovi yubordi.

Toshkentda Spark haydovchisi piyodalar o‘tish joyida keksa ayolni urib yubordi
13 oktabr 2023, 23:59

Toshkentda Spark haydovchisi piyodalar o‘tish joyida keksa ayolni urib yubordi

Toshkentning Yunusobod tumanida Spark haydovchisi piyodalar o‘tish joyida 70 yoshli ayolni urib yubordi. Jabrlanuvchi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan, tergovga qadar tergov harakatlari olib borilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting