Xususiy sektorga qon va uning tarkibiy qismlarini to‘plash hamda qayta ishlashga ruxsat beriladi
29 sentabr 2023, 15:23

Xususiy sektorga qon va uning tarkibiy qismlarini to‘plash hamda qayta ishlashga ruxsat beriladi

O‘zbekistonda donor qoni va uning tarkibiy qismlarini xususiy tartibda to‘plash, tayyorlash, qayta ishlash va saqlashni amalga oshirishga ruxsat berilishi kutilmoqda. Tegishli qonunni Senat ma’qulladi.

Toshkentda uy-joy ijarasidan eng ko‘p daromadni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi uylar keltirmoqda — MHTI
29 sentabr 2023, 13:49

Toshkentda uy-joy ijarasidan eng ko‘p daromadni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi uylar keltirmoqda — MHTI

MHTI Toshkent shahrida uy-joy ijarasidan eng ko‘p daromadni Mirzo Ulug‘bek tumanidagi uylar keltirayotganini ma’lum qildi. Uylar narxi esa eng ko‘p Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanida qimmatlagan. Ijaradan daromad va uylar narxi balandligi aholi jamg‘armalarini ko‘chmas mulkka yo‘naltirishini rag‘batlantiradi.

Qoraqalpog‘iston agrar instituti va Namangan pedagogika institutiga yangi rektor tayinlandi
29 sentabr 2023, 13:06

Qoraqalpog‘iston agrar instituti va Namangan pedagogika institutiga yangi rektor tayinlandi

Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutiga Berdiyar Jollibekov, Namangan davlat pedagogika institutiga esa Baxodir Xusanov rektor bo‘ldi.

Senat “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi
29 sentabr 2023, 12:50

Senat “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi

Senatorlar navbatdagi yalpi majlisda “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonunni ma’qullandi.

Shveysariya Bosh prokuraturasi mamlakat federal jinoyat sudiga Gulnora Karimovaga nisbatan ayblov xulosasini kiritdi
29 sentabr 2023, 12:22

Shveysariya Bosh prokuraturasi mamlakat federal jinoyat sudiga Gulnora Karimovaga nisbatan ayblov xulosasini kiritdi

Shveysariya Bosh prokuraturasi mamlakat federal jinoyat sudiga Gulnora Karimova va uning sherigiga nisbatan ayblov xulosasini kiritdi. Ular jinoiy tashkilot faoliyatida ishtirok etish, pul yuvish kabi jinoyatlarda ayblanmoqda. Prokuratura 483 mln dollarlik aktivlarni musodara qilish bo‘yicha ham so‘rov kiritgan.

O‘zbekistonda avgust oyida YTHlar sabab 300 kishi vafot etdi
29 sentabr 2023, 11:40

O‘zbekistonda avgust oyida YTHlar sabab 300 kishi vafot etdi

O‘zbekiston hududida so‘nggi 8 oyda 5772 ta YTH sodir etilgan. Unda 5448 nafar kishi jarohatlangan, 1415 nafar kishi esa vafot etgan. Avvalroq mamlakatda yanvar-iyul oylarida 1115 kishi YTH oqibatida vafot etgani xabar qilingandi.

Dam olish kunlari havo quruq va issiq bo‘ladi
29 sentabr 2023, 11:04

Dam olish kunlari havo quruq va issiq bo‘ladi

O‘zbekiston hududining katta qismida dam olish kunlari quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kechalari +10…+15, kunduzi +23…+28 daraja bo‘ladi. Ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

Toshkent viloyatida chiqindilarni 2-marta belgilanmagan joyga to‘kkan fuqaroning mashinasi musodara qilinmoqda
29 sentabr 2023, 10:47

Toshkent viloyatida chiqindilarni 2-marta belgilanmagan joyga to‘kkan fuqaroning mashinasi musodara qilinmoqda

Toshkent tumanida fuqaroning yuk mashinasi musodara qilinadigan bo‘ldi. U bir necha kun oldin belgilanmagan joyga qurilish chiqindilarini to‘kib ketgani uchun 1 mln 650 ming so‘m jarimaga tortilganiga qaramay, bu harakatini qayta sodir etgan.

2022-yilda tabiiy va texnogen ofatlar tufayli 287 kishi vafot etgan — FVV
29 sentabr 2023, 10:36

2022-yilda tabiiy va texnogen ofatlar tufayli 287 kishi vafot etgan — FVV

FVV ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda O‘zbekistonda 131 ta tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan. Ularda 287 kishi vafot etgan bo‘lsa, 300 ga yaqin fuqaro jarohatlangan. Hodisalarning asosiy qismini yong‘inlar tashkil etgan.

Yangihayot va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ba’zi hududlari hamda 3 ta gaz “zapravka”da gaz vaqtincha to‘xtatiladi
29 sentabr 2023, 10:12

Yangihayot va Mirzo Ulug‘bek tumanlarining ba’zi hududlari hamda 3 ta gaz “zapravka”da gaz vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkent shahrining Yangihayot va Mirzo Ulug‘bek tumanlaridagi ayrim mavze hamda mahallalarga, shuningdek, 3 ta AGTKSHga 29-sentabr kuni 10:00 dan 18:00 ga qadar gaz yetkazib berish to‘xtatiladi.

Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlarida 3 kunga issiq suv o‘chiriladi
29 sentabr 2023, 09:33

Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlarida 3 kunga issiq suv o‘chiriladi

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlarida 3-oktabrdan 6-oktabrgacha issiq suv ta’minoti to‘xtatiladi.

BYD: Portlashda shikastlangan avtomobillar utilizatsiya qilinadi, yetkazib berish muddati o‘zgarmaydi
29 sentabr 2023, 07:01

BYD: Portlashda shikastlangan avtomobillar utilizatsiya qilinadi, yetkazib berish muddati o‘zgarmaydi

Toshkentdagi omborxonada yuz bergan portlashda shikastlangan avtomobillar utilizatsiyaga yuboriladi, deb xabar berdi BYD. Avtomobillarni yetkazib berish bo‘yicha barcha majburiyatlar shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda bajariladi, deya ta’kidladi kompaniya.

28-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
28 sentabr 2023, 22:00

28-sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Toshkent shahri Sergeli tumanidagi omborxonada chiqqan kuchli portlash tafsilotlari: yong‘in keltirgan zararlar, vafot etgan va jarohatlanganlar, “An-Nasr” futbol klubidan ketgan Jaloliddin Masharipov, Toshkentdan Qarshi va Samarqandga qo‘shimcha elektropoyezd va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Toqayev: Qozog‘iston sanksiya rejimiga so‘zsiz amal qiladi
28 sentabr 2023, 21:26

Toqayev: Qozog‘iston sanksiya rejimiga so‘zsiz amal qiladi

Qozog‘iston G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalariga so‘zsiz amal qiladi, dedi mamlakat prezidenti Qasim-Jomart Toqayev. U, shuningdek, Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga chaqirib, Qozog‘iston Rossiyaning hududiy da’volaridan qo‘rqmasligini aytdi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining ikki o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi
28 sentabr 2023, 19:52

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining ikki o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining ikki o‘rinbosari — Sarvar Xamidov va Olimxon Rustamov lavozimidan ozod etildi.

Toshkentda boshqaruvi yo‘qotilgan avtobus beton ustunga urildi
28 sentabr 2023, 18:12

Toshkentda boshqaruvi yo‘qotilgan avtobus beton ustunga urildi

Mirobod tumanida yo‘lovchi avtobusi haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida beton ustunga urildi. Uning old qismi va oynalariga shikast yetgan. Hech kim jarohat olmadi, deyiladi xabarda.

“Garri Potter” filmlarida Dambldor rolini ijro etgan aktyor Maykl Gambon vafot etdi
28 sentabr 2023, 17:47

“Garri Potter” filmlarida Dambldor rolini ijro etgan aktyor Maykl Gambon vafot etdi

Garri Potter haqidagi filmlarda Albus Dambldor rolini ijro etgan aktyor Maykl Gambon 82 yoshida pnevmoniyadan ko‘z yumdi.

DXSH asosida bog‘cha ochish uchun ajratilgan kreditlarning imtiyozli muddati uzaytirildi
28 sentabr 2023, 17:17

DXSH asosida bog‘cha ochish uchun ajratilgan kreditlarning imtiyozli muddati uzaytirildi

Davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bog‘chalarni ochgan tadbirkorlarga bitimga muvofiq ajratilgan imtiyozli kreditlar bo‘yicha imtiyozli davr muddati 2024-yil 1-oktabrgacha uzaytirildi.

Sergelidagi portlash oqibatida 592 ta xonadon, 25 ta hovli, 1 ta maktab va 2 ta bog‘chaga zarar yetdi
28 sentabr 2023, 16:40

Sergelidagi portlash oqibatida 592 ta xonadon, 25 ta hovli, 1 ta maktab va 2 ta bog‘chaga zarar yetdi

Sergeli tumanidagi portlash oqibatida 592 ta xonadon, 8 ta xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, 1 ta maktab va 2 ta bog‘cha binolarining fasad qismi hamda deraza-romlariga zarar yetdi, deya ma’lum qildi Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov.

Sergelidagi yong‘inni o‘chirishga 8 soatdan ko‘proq vaqt ketdi
28 sentabr 2023, 16:05

Sergelidagi yong‘inni o‘chirishga 8 soatdan ko‘proq vaqt ketdi

O‘t o‘chiruvchilar Toshkent shahri Sergeli tumanidagi kuchli portlash sodir bo‘lgan omborxonadagi yong‘inni 8 soat davomida o‘chirdi. FVV va boshqa tegishli tashkilotlardan jami 210 ta texnika va 2000 dan ortiq shaxsiy tarkib jalb qilindi, deb xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting