Xorazmda o‘quvchilarni sholi o‘rimiga jalb qilgan fermer jarimaga tortildi
19 oktabr 2023, 15:33

Xorazmda o‘quvchilarni sholi o‘rimiga jalb qilgan fermer jarimaga tortildi

Qo‘shko‘pir tumanida 19-maktab o‘quvchilarini sholi o‘rimiga jalb qilgan fermer sud qarori bilan 3,3 mln so‘m jarimaga tortildi. Avvalroq bolalarni maktab direktori majburiy mehnatga jalb qilgani aytilgandi, biroq holat o‘z tasdig‘ini topmagan.

Xorazm viloyatida sovuq suv uchun tariflar oshiriladi
19 oktabr 2023, 15:00

Xorazm viloyatida sovuq suv uchun tariflar oshiriladi

Xorazm viloyatida 3-noyabrdan sovuq suv va oqova xizmatlari narxi oshadi. Yil oxirigacha viloyat aholisini markazlashtirilgan suv ta’minoti bilan qamrab olishni 90 foizga yetkazish, mavjud suv tozalash inshootlarini rekonstruksiya qilish va yangilarini qurish rejalashtirilgan.

Dilshod Raximov Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi
19 oktabr 2023, 14:16

Dilshod Raximov Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi

O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Dilshod Raximov tayinlandi.

Migratsiya agentligi Qozog‘istonda 60 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi mehnat qulligida saqlangani bo‘yicha bayonot berdi
19 oktabr 2023, 14:03

Migratsiya agentligi Qozog‘istonda 60 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi mehnat qulligida saqlangani bo‘yicha bayonot berdi

Qozog‘istonda 60 dan ortiq o‘zbekistonlik mehnat qulligidan qutqarilib, vaqtinchalik saqlash markazi va hostelga joylashtirildi. O‘zbekiston Migratsiya agentligi vakillari ular bilan uchrashdi. Fuqarolar pasporti qaytarib berilsa, vatanga qaytishi va ish beruvchiga e’tirozi yo‘qligini bildirdi, deyiladi xabarda.

Toshkent viloyatida xitoy kompaniyasi hamkorligida quvvati 600 MVt bo‘lgan GTES quriladi
19 oktabr 2023, 13:53

Toshkent viloyatida xitoy kompaniyasi hamkorligida quvvati 600 MVt bo‘lgan GTES quriladi

“Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumi doirasida “O‘zbekgidroenergo” va China Southern Power Grid International kompaniyasi o‘rtasida Bo‘stonliq tumanida quvvati 600 MVtga teng “Yuqori Pskem” gidro to‘plash elektr stansiyasi qurish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Isroil — Falastin urushining 13-kuni. Asosiy yangiliklar
19 oktabr 2023, 12:31

Isroil — Falastin urushining 13-kuni. Asosiy yangiliklar

Bayden HAMASning Isroilga hujumini 11-sentabr voqealariga qiyosladi. AQSh va Isroil razvedkasi “Al-Ahli” kasalxonasidagi portlashda “ko‘pi bilan bir necha o‘n nafar” odam o‘lgan deb hisoblamoqda. Misr va AQSh rahbarlari gumanitar yordam koridorini ochish bo‘yicha kelishib oldi.

Yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bir yilda kamida bir marta tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi
19 oktabr 2023, 12:30

Yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bir yilda kamida bir marta tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 15-oktabrdan parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bir yilda kamida bir marotaba chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Shuningdek, muhtoj aholi murojaatlarini ko‘rib chiqadigan “ishonch telefoni” ishga tushiriladi.

O‘zbekistonning Polshadagi elchisi Bahrom Babayev missiyasini yakunladi
19 oktabr 2023, 11:44

O‘zbekistonning Polshadagi elchisi Bahrom Babayev missiyasini yakunladi

O‘zbekistonning Polshadagi elchisi Bahrom Babayev sakkiz yillik missiyasini yakunlamoqda. U Eurogospodarka nashriga intervyu berib, Polshaning qaysi investorlari O‘zbekistonga kelishga tayyorligini, shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviatashuvni boshlash rejalari haqida gapirdi.

O‘zbekiston velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha 2024-yilgi Olimpiadaga 4 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritdi
19 oktabr 2023, 11:18

O‘zbekiston velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha 2024-yilgi Olimpiadaga 4 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston velosport bo‘yicha 2024-yilgi Olimpiadada ishtirok etish uchun to‘rtta — ayollar terma jamoasi uchta, erkaklar jamoasi esa bitta yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Asialuxe Travel oyilaviy ta’tilni Dubayda o‘tkazishni taklif qiladi
19 oktabr 2023, 11:00

Asialuxe Travel oyilaviy ta’tilni Dubayda o‘tkazishni taklif qiladi

Asialuxe Travel milliy turoperatori maktab ta’tili payitida Dubayda unutilmas tarzda sayoxat qilish va yangi ufqlarni kashf etishga yordam beradi. Bundan tashqari u yerga Toshkent va Farg‘onadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar orqali borish mumkin.

Andijonda Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi
19 oktabr 2023, 10:34

Andijonda Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

Suriyadagi jangarilar safiga borib qo‘shilishni rejalashtirgan Oltinko‘l tumanida yashovchi 3 nafar fuqaro qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Sog‘lom turmush tarzi va fitnes assotsiatsiyasi tashkil etilib, unga rahbar saylandi
19 oktabr 2023, 10:19

Sog‘lom turmush tarzi va fitnes assotsiatsiyasi tashkil etilib, unga rahbar saylandi

O‘zbekistonda Sog‘lom turmush tarzi va fitnes milliy assotsiatsiyasi tashkil etildi. Assotsiatsiyaga Prezident administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov rais etib saylandi. Alisher Sa’dullayev unga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi.

Uzbekistan Airports`ning Silk Avia`dagi ulushi Uzbekistan Helicopters kompaniyasiga o‘tkaziladi
19 oktabr 2023, 10:13

Uzbekistan Airports`ning Silk Avia`dagi ulushi Uzbekistan Helicopters kompaniyasiga o‘tkaziladi

Prezident Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyati tomonidan tashkil etilgan Silk Avia mintaqaviy aviakompaniyasining ustav kapitalidagi 100 foiz ulushini Uzbekistan Airways tarkibiga kiruvchi Uzbekistan Helicopters ustav kapitaliga o‘tkazish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

2021-yilda O‘zbekistonga keltirilgan “Dok-1 Maks” siropi partiyasida ham zaharli moddalar bo‘lgan
19 oktabr 2023, 09:39

2021-yilda O‘zbekistonga keltirilgan “Dok-1 Maks” siropi partiyasida ham zaharli moddalar bo‘lgan

2021-yilda O‘zbekistonga olib kelingan asal ta’mli “Dok-1 Maks” siropi tarkibida ham zaharli etilenglikol moddasi bo‘lgan. Bu Marion Biotech dorilarini qabul qilgan kamida 65 bolaning o‘limi bo‘yicha sud majlisida ma’lum qilindi.

Qozog‘istondagi g‘isht zavodlarida 60 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari mehnat qulligida saqlangani aniqlandi
18 oktabr 2023, 22:41

Qozog‘istondagi g‘isht zavodlarida 60 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari mehnat qulligida saqlangani aniqlandi

Qozog‘iston politsiyasi Chimkentdagi g‘isht zavodlarida noqonuniy ravishda ushlab turilgan 60 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosini mehnat qulligidan ozod qildi. Zavodlar egalari qo‘lga olindi.

O‘zbekiston FVV rahbari o‘rinbosari Toshkent FVB boshlig‘i etib tayinlandi
18 oktabr 2023, 22:18

O‘zbekiston FVV rahbari o‘rinbosari Toshkent FVB boshlig‘i etib tayinlandi

O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Muxtar Muxitdinov Toshkent Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi.

O‘zbekiston Milliy gvardiyasi va IIO xodimlari ekologik reydlar o‘tkazishni boshladi
18 oktabr 2023, 19:38

O‘zbekiston Milliy gvardiyasi va IIO xodimlari ekologik reydlar o‘tkazishni boshladi

Ekologik huquqbuzarlarni jarimaga tortish vakolatiga ega bo‘lgan Milliy gvardiya va IIO, xususan, chiqindilarni noto‘g‘ri joyga tashlashning oldini olish maqsadida reydlar o‘tkazishni boshladi. Bunday huquqbuzarliklar haqida 1354 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib yoki Tozalik loyihasi boti orqali ham xabar berish mumkin.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” bundan xulosa chiqaradi degan umiddaman. Gollandiyalik bloger — pora evaziga “apgreyd” haqida
18 oktabr 2023, 19:22

“O‘zbekiston temir yo‘llari” bundan xulosa chiqaradi degan umiddaman. Gollandiyalik bloger — pora evaziga “apgreyd” haqida

Niderlandiyalik sayyoh Tom Grond pora evaziga chipta sinfini “ko‘tarib bergan” poyezd boshlig‘i ishdan bo‘shatilganidan afsusdaligini aytdi. “Kompaniya oynadagi aksiga qarashi kerak”, deb yozgan sayyoh chipta toifasini oshirish uchun barcha rasmiy urinishlari zoye ketgani uchun pora berishga majbur bo‘lganini bildirdi.

10−11-sinf o‘quvchilari uchun 4 ta yo‘nalishda tanlov fanlari belgilandi
18 oktabr 2023, 18:10

10−11-sinf o‘quvchilari uchun 4 ta yo‘nalishda tanlov fanlari belgilandi

Maktablarning yuqori sinf o‘quvchilari uchun 4 ta yo‘nalishda tanlov fanlari belgilandi. Ular qaysi yo‘nalishni tanlasa, o‘sha fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladi. Keyingi o‘quv yilidan tanlov fanlari ko‘payadi.

Surxondaryoda teplovoz urib ketgan Spark haydovchisi vafot etdi
18 oktabr 2023, 16:17

Surxondaryoda teplovoz urib ketgan Spark haydovchisi vafot etdi

Surxondaryo viloyatida yo‘lovchi poyezdi Spark bilan to‘qnashdi. YTHga yengil avtomobil haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini buzgani sabab bo‘ldi. Avtomobil haydovchisi vafot etgan. Poyezd yo‘lovchilari jabrlanmagan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting