«So‘x voqealari» ishtirokchilariga nisbatan sud hukmi o‘qildi
18 mart 2021, 16:32

«So‘x voqealari» ishtirokchilariga nisbatan sud hukmi o‘qildi

Farg‘ona viloyat sudida 22 nafar «So‘x voqealari» ishtirokchilariga nisbatan sud jarayoni yakuniga yetib, sud hukmi o‘qildi. Ularning barchasi Jinoyat kodeksining 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) bo‘yicha aybdor deb topilib, 5, 4 va 2 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etish hamda ozodlikni cheklash jazolari tayinlandi.

O‘zbekistondan tashqarida turib O‘zbekiston fuqarolarining ma’lumotlarini saqlaydigan saytlar jarimaga tortiladi
18 mart 2021, 16:25

O‘zbekistondan tashqarida turib O‘zbekiston fuqarolarining ma’lumotlarini saqlaydigan saytlar jarimaga tortiladi

«O‘zkomnazorat» tomonidan taklif etilayotgan qonun loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini saqlash qoidalarini buzgan ma’lumotlar bazasi egalari yoki operatorlariga jarima solinadi va bunday saytlarning ishi cheklab qo‘yiladi.

Bayden Putinni qotil deb bildi. Rossiya AQSHdagi elchisini maslahat uchun chaqirib oldi
18 mart 2021, 16:14

Bayden Putinni qotil deb bildi. Rossiya AQSHdagi elchisini maslahat uchun chaqirib oldi

AQSH prezidenti Jo Bayden suhbat davomida Rossiya rahbari Vladimir Putinni «qotil» deb hisoblaydimi yoki yo‘qmi degan savolga ijobiy javob berdi va Rossiya rahbariyati Amerika saylovlariga aralashgani uchun «javob beradi» deya va’da berdi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisini maslahat uchun AQSHdan chaqirib oldi.

Ochiq tanlovda 172 nafar sudyaning 40 foizidan ko‘prog‘i nomunosib deb topildi
18 mart 2021, 16:12

Ochiq tanlovda 172 nafar sudyaning 40 foizidan ko‘prog‘i nomunosib deb topildi

Ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlanish uchun o‘tkazilgan ochiq tanlovda 172 nafar nomzoddan 73 nafari sudyalik lavozimiga nomunosib deb topildi. Shuningdek, 2020 yilda 27 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatildi. Yetti nafar sudya esa koronavirus tufayli vafot etgan.

«O‘zgarishlarni istasak, hammamiz ongli ravishda o‘zgarishimiz kerak» — Shavkat Mirziyoyev
18 mart 2021, 15:11

«O‘zgarishlarni istasak, hammamiz ongli ravishda o‘zgarishimiz kerak» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Chinoz tumanida Eshonobod mahallasi aholisi bilan suhbatlashdi. Davlat rahbari aytishicha, «Chinoz tumanida ishsiz bo‘lishi kerak emas. Yeri keng, odamlari mehnatkash». «O‘zgarishlarni istasak, hammamiz ongli ravishda o‘zgarishimiz kerak», — dedi Shavkat Mirziyoyev. Shundan so‘ng, prezident tekstil korxonasini ham ko‘zdan kechirdi.

O‘zbekiston U-23 Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi
18 mart 2021, 14:12

O‘zbekiston U-23 Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi

OFK 2022 yilgi U-23 Osiyo chempionati O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishini rasman e’lon qildi. Osiyo chempionati 2022 yilning 6−25 sentyabr kunlari davomida bo‘lib o‘tadi.

2021/2022-o‘quv yili uchun test sinovlarida 1,6 mln nafar abituriyent ishtirok etishi kutilmoqda
18 mart 2021, 14:08

2021/2022-o‘quv yili uchun test sinovlarida 1,6 mln nafar abituriyent ishtirok etishi kutilmoqda

2021/2022 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriati ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida 1,6 mln nafar abituriyent ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, ma’lum qilinishicha, test sinovlari bu yil ham stadion va hiyobonlarda o‘tkazilishi mumkin.

«Toshkent viloyatida „tumanbay“ ishlash bo‘yicha tajriba o‘tkazamiz» — prezident OAV vakillari bilan suhbatlashdi
18 mart 2021, 14:01

«Toshkent viloyatida „tumanbay“ ishlash bo‘yicha tajriba o‘tkazamiz» — prezident OAV vakillari bilan suhbatlashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrifi chog‘ida OAV vakillari bilan suhbatlashdi. U yana bir bor ularga ishonishini va bor haqiqatni ro‘yu-rost aytishlari lozimligini ta’kidladi. Bundan tashqari, viloyatga tashrifdan asosiy maqsad nimada ekanligini ochiqladi. «Toshkent viloyatida „tumanbay“ ishlash bo‘yicha tajriba o‘tkazamiz», — dedi prezident.

Boyovut tumanida kuchli shamol esishi kuzatildi
18 mart 2021, 13:36

Boyovut tumanida kuchli shamol esishi kuzatildi

Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida kuchli shamol esishi oqibatida bank binosining tomi qulab tushdi. Bir necha mahallalarda elektr ta’minoti uzilgan.

Texnopark Osten aqlli gaz hisoblagichlari haqidagi savollarga javob berdi
18 mart 2021, 13:00

Texnopark Osten aqlli gaz hisoblagichlari haqidagi savollarga javob berdi

Texnopark kompaniyasining matbuot kotibi Nargiz Shoislamova ushbu kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan Osten aqlli gaz hisoblagichlari haqida ma’lumot berdi (reklama huquqlari asosida).

Prezident Chinozda suv xo‘jaligida qilinayotgan ishlarni ko‘zda kechirdi
18 mart 2021, 12:10

Prezident Chinozda suv xo‘jaligida qilinayotgan ishlarni ko‘zda kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Chinoz tumaniga kelib, suv xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Prezident tavsiya qilgan Dostonbek Abduqahhorov Namangan shahar hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi
18 mart 2021, 11:13

Prezident tavsiya qilgan Dostonbek Abduqahhorov Namangan shahar hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

Prezident Namangan viloyatiga tashrifi davomida tavsiya qilgan Dostonbek Abduqahhorovning nomzodi Namangan shahar hokimi o‘rinbosarligiga ma’qullandi. U mazkur lavozim bilan birga, shahar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i sifatida ham ishlaydi. Davlat rahbari unga Namanganning yangi tajribasi bo‘yicha ishlashini aytgan edi.

Toshkentda yil oxirigacha «aqlli» gaz hisoblagichlarni o‘rnatish rejalashtirilmoqda
18 mart 2021, 11:12

Toshkentda yil oxirigacha «aqlli» gaz hisoblagichlarni o‘rnatish rejalashtirilmoqda

Toshkentda yil oxirigacha 629,4 mingdan ziyod gaz iste’molchilariga «aqlli» gaz hisoblagichlarni o‘rnatish rejalashtirilmoqda.

Shanba kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin
18 mart 2021, 10:13

Shanba kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin

Shanba kuni O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lishi va shamol tezligi 17−22 m / s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +10… +15 darajagacha pasayadi.

Turk tilli davlatlar rahbarlari Turkistonda uchrashadi
18 mart 2021, 10:02

Turk tilli davlatlar rahbarlari Turkistonda uchrashadi

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining norasmiy sammiti 31 mart kuni Turkistonda bo‘lib o‘tadi. Unda kengashga a’zo barcha davlatlar rahbarlari, jumladan, O‘zbekiston prezidenti ishtirok etadi.

«Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmi Los-Anjelesda «Oltin qoplon» mukofotiga sazovor bo‘ldi
18 mart 2021, 09:50

«Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmi Los-Anjelesda «Oltin qoplon» mukofotiga sazovor bo‘ldi

Yolqin To‘ychiyevning «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmi Los-Anjelesda (AQSH) Xalqaro Osiyo kinofestivali mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Odamlarni vaksinatsiya jarayonlariga undash uchun kasallar soni ko‘paytirib ko‘rsatilayotgani yo‘q — Nurmat Otabekov
17 mart 2021, 23:45

Odamlarni vaksinatsiya jarayonlariga undash uchun kasallar soni ko‘paytirib ko‘rsatilayotgani yo‘q — Nurmat Otabekov

Nurmat Otabekov so‘nggi kunlarda koronavirus bilan kasallanganlar soni ortgani xaqidagi ko‘rsatkichlar «vaksinatsiyaga undash ekani» haqidagi fikrlarga munosabat bildirdi. «Emlashga jalb qilish uchun atayin kasallik bo‘rttirib ko‘rsatilyapti, degan gaplarda mantiq yo‘q», — dedi u. Bundan tashqari, Bahodir Yusupaliyev vaksinatsiya paytida nojo‘ya ta’sirlardan sug‘urtalanish masalasiga to‘xtalib o‘tdi.

Andijonda shifoxonada yong‘in chiqdi, 20 bemor qutqarildi
17 mart 2021, 21:14

Andijonda shifoxonada yong‘in chiqdi, 20 bemor qutqarildi

Andijon tumanida tibbiyot birlashmasiga qarashli binoda yong‘in chiqdi. 100 kv. m maydon, tom va shift yongan, 20 bemor evakuatsiya qilingan.

Jahon yangiliklari dayjesti
17 mart 2021, 20:59

Jahon yangiliklari dayjesti

JSST AstraZeneca vaksinasini qo‘llashga ruxsat bergani, Bayden muhojirlarni AQSHga noqonuniy kirishga urinmaslikka chaqirgani, Qozog‘istonda aholining 60 foizi «Sputnik V» va mahalliy vaksina bilan emlanishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

«O‘limlar sonining 622 ta yoki 623 ta bo‘lishi, bu — jiddiy ob-havo yaratmaydi» — Nurmat Otabekov
17 mart 2021, 20:52

«O‘limlar sonining 622 ta yoki 623 ta bo‘lishi, bu — jiddiy ob-havo yaratmaydi» — Nurmat Otabekov

Nurmat Otabekov 5 mart kuni Zangiotadagi shifoxonaga koronavirus infeksiyasi tashxisi bilan yetkazilgan va 7 mart kuni vafot etgan bemor to‘g‘risidagi xabarga izoh berar ekan, SVV ushbu o‘lim holati chindan ham koronavirus bilan bog‘liq yoki yo‘q ekanligi natijasini kutayotganini ma’lum qildi. «O‘limlar sonining 622 ta yoki 623 ta bo‘lishi, bu — jiddiy ob-havo yaratmaydi», — dedi u.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting