O‘zbekistonda paxta narxini erkin bozor belgilaydi — qishloq xo‘jaligi vaziri
20 oktabr 2023, 15:08

O‘zbekistonda paxta narxini erkin bozor belgilaydi — qishloq xo‘jaligi vaziri

Faollar fermerlar va klasterlar o‘zaro teng munosabatga kirisholmasligi, fermerlarda narx bo‘yicha tortishish imkoni yo‘qligini ta’kidlashgandi. Bunga javoban, qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov paxta narxini bozor iqtisodiyoti qonunlari bo‘yicha xaridorlar va sotuvchilar belgilashini ma’lum qildi.

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahriga tashrif buyurgan Xavfsizlik kengashlari kotiblariga murojaat yo‘lladi
20 oktabr 2023, 12:52

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahriga tashrif buyurgan Xavfsizlik kengashlari kotiblariga murojaat yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev “mintaqaviy xavfsizlikka qarshi tahdidlar kuchayib, yangi xatarlar vujudga kelayotgan” davrda Toshkentda o‘tkazilayotgan Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining 2-yig‘ilishi ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi.

Foto: AQSh universitetlari yarmarkasi Toshkent yoshlarida katta qiziqish uyg‘otdi
20 oktabr 2023, 12:06

Foto: AQSh universitetlari yarmarkasi Toshkent yoshlarida katta qiziqish uyg‘otdi

Ilk bor Toshkentda AQShda o‘qishga qiziquvchi yoshlar uchun EducationUSA mintaqaviy forumi va Amerikaning 50 dan ortiq universitetlari ishtirokida yarmarka bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 1200 ga yaqin yoshlar qatnashdi.

Samarqandda 3 nafar farzandini o‘ldirgan erkak umrbod ozodlikdan mahrum qilindi
20 oktabr 2023, 11:31

Samarqandda 3 nafar farzandini o‘ldirgan erkak umrbod ozodlikdan mahrum qilindi

Samarqand viloyatida Isroilda ishlab kelayotgan turmush o‘rtog‘i bilan telefon orqali janjallashgandan so‘ng 3 nafar voyaga yetmagan farzandini o‘ldirgan 36 yoshli erkak umrbod ozodlikdan mahrum qilindi.

Dam olish kunlari ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
20 oktabr 2023, 11:00

Dam olish kunlari ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Shanba, yakshanba kunlari O‘zbekistonda havo bulutli bo‘ladi. Ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, harorat kechalari +12, kunduzi +23 daraja atrofida bo‘ladi.

Toshkent shahri va viloyatida fuqarolarga AQShga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
20 oktabr 2023, 10:40

Toshkent shahri va viloyatida fuqarolarga AQShga yuborishni va’da qilganlar ushlandi

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida tanishlari yordamida 16 va 10 ming dollar evaziga AQShga ishlash uchun yuborishni va’da qilganlar qo‘lga olindi.

Farg‘onada mashinadan noqonuniy olib kirilgan 550 ga yaqin smartfon topildi
20 oktabr 2023, 10:24

Farg‘onada mashinadan noqonuniy olib kirilgan 550 ga yaqin smartfon topildi

Farg‘ona viloyatida Cobalt avtomobilidan Iphone 15 Pro, Iphone 15 Pro Max, Samsung Galaxy S23 Ultra kabi 550 ga yaqin smartfon topildi. Ularning taxminiy qiymati salkam 5,8 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Sergelidagi portlashdan ko‘rilgan zarar 14,5 mlrd so‘mga baholanmoqda, 1370 ta xonadon va 246 ta uyga zarar yetgan
20 oktabr 2023, 10:07

Sergelidagi portlashdan ko‘rilgan zarar 14,5 mlrd so‘mga baholanmoqda, 1370 ta xonadon va 246 ta uyga zarar yetgan

Sentabr oxirida Toshkent shahri Sergeli tumanidagi omborxonada yuz bergan portlash oqibatida 1370 ta xonadon (ilgari 600 ga yaqin ekani aytilgandi) va 246 ta uy (25) zarar ko‘rgan. Hukumat komissiyasi yetkazilgan zarar 14,5 mlrd so‘mni tashkil etganini bildirdi. Maktab va bolalar bog‘chasi ham zarar ko‘rgan.

Nasibillo Mo‘minov Asaka tumani hokimi v.v.b. etib tayinlandi
20 oktabr 2023, 09:32

Nasibillo Mo‘minov Asaka tumani hokimi v.v.b. etib tayinlandi

Asaka tumani hokimi Begzod Ummatov vazifasidan ozod etilib, uning o‘rniga hokim vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib Nasibillo Mo‘minov tayinlandi.

Toshkentning Sergeli tumanidagi portlashga nima sabab bo‘ldi? Hukumat komissiyasi bayonoti
19 oktabr 2023, 23:30

Toshkentning Sergeli tumanidagi portlashga nima sabab bo‘ldi? Hukumat komissiyasi bayonoti

Sergelidagi portlash yuz bergan omborxonada katta miqdorda kimyoviy moddalar saqlangani aniqlandi, deya ma’lum qildi hukumat komissiyasi. Portlash oqibatida jami 14,5 mlrd so‘m zarar yetkazilgan. Qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida 4 kishiga “qamoqqa olish”, yana bir nafariga “garov” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

20−25-oktabr kunlari Toshkentdagi Bobur ko‘chasining bir qismida transport harakati cheklanadi
19 oktabr 2023, 22:56

20−25-oktabr kunlari Toshkentdagi Bobur ko‘chasining bir qismida transport harakati cheklanadi

20−25-oktabr kunlari Toshkentdagi Bobur ko‘chasining yarmi aeroportdan Nukus ko‘chasigacha yopiladi. Shuningdek, 20−22-oktabr kunlari Botir Zokirov ko‘chasining Alisher Navoiy va Islom Karimov shoh ko‘chalari oralig‘idagi yarmi ham yopiladi.

O‘zbekiston hukumati 2023-yilda YAIM o‘sishi kamida 5,6 foiz bo‘lishini kutmoqda
19 oktabr 2023, 21:56

O‘zbekiston hukumati 2023-yilda YAIM o‘sishi kamida 5,6 foiz bo‘lishini kutmoqda

Yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston iqtisodiyoti 5,8 foizga o‘sdi. Prezident ishtirokidagi yig‘ilishda yil yakunlari bo‘yicha YAIM o‘sishi kamida 5,6 foiz bo‘lishi kutilayotgani aytildi. Shavkat Mirziyoyev 2024-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturni puxta ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.

Eronning O‘zbekistondagi yangi elchisi ish boshladi
19 oktabr 2023, 21:20

Eronning O‘zbekistondagi yangi elchisi ish boshladi

Eronning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Muhammad Ali Iskandariy O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

Qashqadaryoda dalasini ichimlik suvi bilan sug‘orib kelgan fermer 3 yilga qamaldi
19 oktabr 2023, 21:13

Qashqadaryoda dalasini ichimlik suvi bilan sug‘orib kelgan fermer 3 yilga qamaldi

Qashqadaryo viloyatida fermer 13 yil davomida noqonuniy ravishda dalasini ichimlik suvi bilan sug‘orib kelgani aniqlandi. Yetkazilgan zarar miqdori 282,7 mln so‘mni tashkil etdi. U 3 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Shuningdek, davlatga yetkazilgan zararni ham qoplaydi.

Odam savdosiga qarshi kurashish milliy komissiyasi Qozog‘istonda o‘zbekistonliklar mehnat qulligida saqlangani holatini nazoratga oldi
19 oktabr 2023, 19:35

Odam savdosiga qarshi kurashish milliy komissiyasi Qozog‘istonda o‘zbekistonliklar mehnat qulligida saqlangani holatini nazoratga oldi

Qozog‘istonda g‘isht zavodlarida mehnat qulligida saqlangan o‘zbekistonliklar bilan bog‘liq holat Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi tomonidan nazoratga olindi. Ushbu fuqarolar vatanga qaytarilishi, zarur yordamlar ko‘rsatilib, O‘zbekistonda ish bilan ta’minlanishi bildirildi.

“O‘zbekneftgaz” 1-noyabrdan AI-80 benzini narxi oshishi haqidagi xabarlarni rad etdi
19 oktabr 2023, 18:30

“O‘zbekneftgaz” 1-noyabrdan AI-80 benzini narxi oshishi haqidagi xabarlarni rad etdi

“O‘zbekneftgaz” kompaniyasi ijtimoiy tarmoqlarda 1-noyabrdan O‘zbekistonda Ai-80 benzini narxi oshishi haqidagi xabarlarni rad etdi. Ai-80 benzinini aksiz solig‘idan ozod qilish muddati 2023-yil 31-dekabrda yakuniga yetadi.

Qozog‘iston urushda ishlatilishi mumkin bo‘lgan 106 turdagi tovarni Rossiyaga eksport qilishni taqiqladi
19 oktabr 2023, 17:40

Qozog‘iston urushda ishlatilishi mumkin bo‘lgan 106 turdagi tovarni Rossiyaga eksport qilishni taqiqladi

Qozog‘iston 106 turdagi tovarning Rossiyaga eksportiga taqiq qo‘ydi. Ular urushda ishlatilishi ehtimoli bo‘lgan tovarlar guruhi hisoblanadi. Ro‘yxatda dronlar, mikroelektronika va boshqalar bor. Ukraina prezidenti ofisi mamlakatning bu qaroriga munosabat bildirdi.

“Aybdor xodimni topish imkoni bo‘lmadi” — O‘TY turk sayyohining joy almashtirish uchun vagon kuzatuvchisiga pul bergani videosi haqida
19 oktabr 2023, 17:33

“Aybdor xodimni topish imkoni bo‘lmadi” — O‘TY turk sayyohining joy almashtirish uchun vagon kuzatuvchisiga pul bergani videosi haqida

Toshkent-Andijon yo‘lovchi poyezdida turk sayyohi joyini almashtirish uchun vagon kuzatuvchisiga 100 ming so‘m bergani haqida video tarqaldi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” holatni o‘rgandi, biroq aybdor xodimni aniqlay olmaganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon mudofaa vazirlari harbiy hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladi
19 oktabr 2023, 16:57

O‘zbekiston va Ozarbayjon mudofaa vazirlari harbiy hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladi

O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov Buxoroda Ozarbayjon mudofaa vaziri Zokir Gasanovni qabul qildi. Tomonlar 2024-yilga mo‘ljallangan harbiy hamkorlik memorandumini imzoladi.

Eron va O‘zbekiston viza rejimini bekor qilishni rejalashtirmoqda
19 oktabr 2023, 15:38

Eron va O‘zbekiston viza rejimini bekor qilishni rejalashtirmoqda

Eron turizm vaziri Ezzatollah Zarg‘amiy O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov bilan uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi sayyohlik vizalarini bekor qilish yo‘llari izlanayotganini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting