O‘zbekistonda Sog‘lom turmush tarzi va fitnes milliy assotsiatsiyasi tashkil etildi. Bu haqda 18-oktabr kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Yangi tashkilot raisligiga Odil Qalandarovich Abdurahmonov nomzodi ilgari surildi va u assotsiatsiya rahbari etib saylandi.

Avgust oyida Prezident administratsiyasining yangi tuzilmasi tasdiqlangach, Odil Abdurahmonov egallab turgan lavozim — prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi tugatilgandi.

Keyinroq ma’lum qilinishicha, Abdurahmanov Prezident administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari lavozimiga o‘tgan.

MOQda o‘tgan majlisda assotsiatsiya raisi o‘rinbosarlarining tarkibi ham shakllantirildi. Unga ko‘ra, yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev, shuningdek, Jahongir Navro‘zov, Mohir Karimov va Shohruh Daliyev assotsiatsiya raisning o‘rinbosarlari lavozimiga saylandi.

одил абдuраҳмонов, соғлом turmush tarzi va fitnes assotsiatsiyasi