18−19-oktabr kunlari Toshkent shahrida AQSh hukumatining ushbu mamlakatda o‘qishga qiziqqan talabalar uchun rasmiy resursi — EducationUSA`ning mintaqaviy forumi bo‘lib o‘tdi. Uning doirasida AQShning 50 dan ortiq universiteti vakillari ishtirokida o‘quv yarmarkasi tashkil etildi, deb xabar bermoqda tadbirda qatnashgan “Gazeta.uz” muxbiri.

EducationUSA — AQSh Davlat departamentining 175 dan ortiq mamlakat va hududlarda xalqaro talabalarga maslahat beradigan 430 dan ortiq markazdan iborat tarmog‘i. Tarmoq AQShda akkreditatsiyadan o‘tgan o‘rta maktabdan keyingi ta’lim muassasalarida o‘qish imkoniyatlari bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etish orqali butun dunyo bo‘ylab talabalarga AQSh oliy ta’limini targ‘ib qiladi.

EducationUSA`ning Janubiy va Markaziy Osiyo mintaqaviy forumi Markaziy Osiyoda ilk bor o‘tkazilmoqda, jarayon O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

18-oktabr kuni mintaqaviy forumning ochilish marosimi o‘tkazildi.

educationusa, ақш oliyгоҳлари, ақшда ta’lim

Unda Bangladesh, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Nepal, Pokiston, Shri-Lanka, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan kelgan maslahatchilar AQSh oliy ta’lim muassasalari rasmiylari bilan birgalikda talabalarni o‘qishga jalb etish strategiyalari, qabulga oid mavzular, o‘tiladigan fanlar, inklyuziv oliy ta’lim va boshqalarni muhokama qildi.

educationusa, ақш oliyгоҳлари, ақшда ta’lim

Marosimda AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik so‘zga chiqdi.

“Qo‘shma Shtatlar ingliz tilini o‘rganish, o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda yuqori sifatli darsliklar uchun mablag‘ni ko‘paytirish orqali bunday sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, biz butun mamlakat bo‘ylab universitet va maktablarni ko‘proq amerikalik ingliz tili o‘qituvchilari bilan ta’minladik”, — dedi elchi.

educationusa, ақш oliyгоҳлари, ақшда ta’lim

19-oktabr kuni forum doirasida AQShda oliy ta’lim mavzusida yarmarka ham bo‘lib o‘tdi. Yarmarkaga Nebraska, Nevada, Dreyk, Templ, Kentukkiy, Kolorada, Alabama, Kaliforniya, Sietl, Viskonsin, Vayoming, Vashington, Michigan, Indiana, Yel va boshqa unversitetlardan vakillar keldi.

Ushbu tadbirga 3000 dan ortiq yoshlar qiziqish bildirib, ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, 1194 nafari tashrif buyurdi. Elchi Jonatan Xenik talabalar navbatini ko‘rib, “Tashqaridagi qatorga qaraganda, o‘zbek talabalari orasida AQShda o‘qishga qiziqish yuqori!” — deya yozdi X (sobiq Twitter) tarmog‘ida.

3 soat davom etgan uchrashuvda yoshlar AQShdagi oliygohlarga ariza topshirish jarayoni bilan tanishdi, shuningdek, o‘zbekistonlik talabalar uchun mavjud resurslar haqida ma’lumot berildi.

Forum yakunida AQShning 10 ta universiteti vakillari Namangan va Qarshidagi Amerika burchaklarida EducationUSA maslahat markazlariga tashrif buyurib, AQSh oliy ta’lim imkoniyatlariga qiziquvchi talabalar bilan ham uchrashadi.

Foto

educationusa, ақш oliyгоҳлари, ақшда ta’lim

educationusa, ақш oliyгоҳлари, ақшда ta’lim

educationusa, ақш oliyгоҳлари, ақшда ta’lim

educationusa, ақш oliyгоҳлари, ақшда ta’lim

educationusa, ақш oliyгоҳлари, ақшда ta’lim

educationusa, ақш oliyгоҳлари, ақшда ta’lim

educationusa, ақш oliyгоҳлари, ақшда ta’lim

educationusa, ақш oliyгоҳлари, ақшда ta’lim

Elchixona vakillari AQShda o‘qish uchun talaba vizasini olish bo‘yicha yoshlar bilan suhbatlashmoqda. Elchixona vakillari AQShda o‘qish uchun talaba vizasini olish bo‘yicha yoshlar bilan suhbatlashmoqda.