“O‘zbekneftgaz” kompaniyasi ijtimoiy tarmoqlarda joriy yil 1-noyabridan boshlab Ai-80 benzini narxi oshishi haqidagi xabarlarni rad etdi.

“O‘zbekneftgaz” bu xabarlarni asossiz deb atadi va kompaniya tasarrufidagi UNG Petro AYOQSHlarida narxlar eski belgilangan tartibda amalga oshirilishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning fevraldagi qarori bilan import va mahalliy Ai-80 benzini uchun aksiz solig‘i muddati 2023-yil 31-dekabrga qadar qadar uzaytirilgan. Ayni paytda esa UNG Petro AYOQSHlarida ushbu toifadagi benzin 6050 so‘mdan sotilmoqda.