Andijon viloyati hokimi qaroriga asosan Asaka tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Begzod Ummatov vazifasidan ozod etildi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Viloyat hokimi o‘rinbosari Nasibillo Mo‘minov Asaka tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

Nasibillo Mo‘minov 1983-yil Andijon tumanida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini 2001-yilda Andijon qurilish texnikumining maxsus fan o‘qituvchisi vazifasidan boshlagan.

2017−2018-yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Andijon viloyati bo‘limi boshlig‘i, 2018−2019-yillarda Andijon viloyati hokimligi kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i vazifalarida ishlagan. Shuningdek, viloyat hokimining jamoatchilik bilan ishlash bo‘yicha maslahatchisi bo‘lgan.

Tayinlovga qadar u viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.