Toshkentdagi Bobur ko‘chasi ta’mirlash ishlari munosabati bilan 20-oktabr kuni soat 10:00 dan 25-oktabrgacha xalqaro aeroportdan Nukusya ko‘chasi bilan chorrahagacha qisman to‘sib qo‘yiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

Ko‘chaning yarmi transport harakati uchun yopiladi. Har ikki yo‘nalishda harakatlanish ikkinchi yarmida amalga oshiriladi. Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi.

Eslatib o‘tamiz, 1-oktabrdan xalqaro aeroport oldidagi yo‘l o‘tkazgichda avtobus va yuk mashinalarining harakatlanishi taqiqlangan edi.

20-oktabr soat 06:00 dan 22-oktabr 18:00 ga qadar Botir Zokirov ko‘chasining Alisher Navoiy va Islom Karimov shoh ko‘chalari oralig‘idagi yarmi ham yopiladi.

кўчалар vaқтинча yopiladi