Prezident 2025-yildan Ai-80 benzinidan voz kechish masalasini uzil-kesil hal qilishni topshirdi
29 yanvar 2024, 15:18

Prezident 2025-yildan Ai-80 benzinidan voz kechish masalasini uzil-kesil hal qilishni topshirdi

Prezident bosh vazirga O‘zbekistonda 2025-yildan Ai-80 benzinidan voz kechish masalasini uzil-kesil hal qilishni topshirdi. Bundan tashqari, og‘ir yuk mashinalari, 10 yildan oshgan avtomobillar hamda Yevro-4 standartidan past yonilg‘ini ishlatishning atrof-muhitga zararini kamaytirish mexanizmlari ishlab chiqiladi.

“Shahar piyodalar uchun bo‘lishi, avtomobillar esa hashamatga aylanishi kerak” — Shavkat Mirziyoyev
29 yanvar 2024, 14:31

“Shahar piyodalar uchun bo‘lishi, avtomobillar esa hashamatga aylanishi kerak” — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston prezidenti bosh vazir o‘rinbosari Achilbay Ramatov va boshqa mas’ul rahbarlarga Toshkent shahridagi tirbandliklar muammosini hal etish bo‘yicha takliflar tayyorlashni topshirdi. “Barcha rahbarlar „Shahar — piyodalar uchun“ shiorini o‘zining asosiy tamoyiliga aylantirishi kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident: “Jamoat transporti qamrovi bor-yo‘g‘i 25 foiz ekani — tizimga berilgan baho”
29 yanvar 2024, 14:12

Prezident: “Jamoat transporti qamrovi bor-yo‘g‘i 25 foiz ekani — tizimga berilgan baho”

“O‘zbekistonda jamoat transporti haligacha odamlarga sifatli xizmat ko‘rsatadigan tizimga aylangani yo‘q. Qamrov bor-yo‘g‘i 25 foiz ekani — tizimga berilgan baho”, — deb ta’kidladi prezident. 2024-yilda hududlar uchun 1200 ta avtobus va elektrobus xarid qilinadi.

O‘zbekistonda 250 milliondan ortiq daraxtning raqamli xaritasi yaratildi
29 yanvar 2024, 13:40

O‘zbekistonda 250 milliondan ortiq daraxtning raqamli xaritasi yaratildi

Ekologiya vazirligi aerokosmik tasvirlar orqali 5 va undan katta yoshli 254 mln dan ortiq daraxtning raqamli xaritasini tuzdi. 200 mingdan ortiq daraxt xatlovdan o‘tkazilib, ma’lumotlar elektron platformaga kiritildi. Toshkent shahrida esa daraxtlar sinov tariqasida pasportlashtiriladi.

O‘zbekistonda qurilish qanday qilib “korrupsiyasiz soha”ga aylantiriladi?
29 yanvar 2024, 13:12

O‘zbekistonda qurilish qanday qilib “korrupsiyasiz soha”ga aylantiriladi?

O‘zbekiston prezidenti qurilishni “korrupsiyasiz soha”ga aylantirish choralarini ma’lum qildi. Shu maqsadda 1-iyuldan boshlab barcha qurilish shartnomalari raqamlashtiriladi, pudratchilarning ishlari faqat elektron hisob-faktura asosida moliyalashtiriladi va boshqa chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Abdulla Aripov 16 ta tuman hokimlarining lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqadi
29 yanvar 2024, 12:57

Abdulla Aripov 16 ta tuman hokimlarining lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqadi

Prezident 2023-yilda 16 ta tumanda birorta ko‘p qavatli uy-joy qurilmagani, hokimlar buni reja ham qilmaganini aytdi. Bosh vazirga mazkur tumanlar hokimlarining lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqish topshirildi.

Qurilish ishlarida “resurs usuli”dan “hajm usuli”ga o‘tiladi — prezident
29 yanvar 2024, 12:38

Qurilish ishlarida “resurs usuli”dan “hajm usuli”ga o‘tiladi — prezident

Prezident qurilish loyihasi, tender, obyektni qabul qilishda korrupsiya uchrab turgani, ayrim quruvchi tadbirkorlar yashirin ishlashga majbur bo‘layotganini aytdi. Endi qurilish ishlarida “resurs usuli”dan voz kechilib, “hajm usuli”ga o‘tiladi. Unda pudratchidan yakuniy natija so‘raladi.

2023-yilda 4 mingga yaqin noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilgan
29 yanvar 2024, 12:27

2023-yilda 4 mingga yaqin noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilgan

O‘zbekistonda 2023-yilda 4 mingga yaqin noqonuniy qurilish holati aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi ikki yilda ko‘p qavatli uylarga tutash maydonlarda 7 mingdan ortiq o‘zboshimcha qurilish bo‘lgan, yana 5 mingta holatda umumiy foydalanishdagi joylar to‘sib olingan.

Qurilish vazirligida Loyiha ofisi tashkil etiladi
29 yanvar 2024, 12:21

Qurilish vazirligida Loyiha ofisi tashkil etiladi

Qurilish vazirligida Loyiha ofisi tuziladi. U qurilishda loyihalashtirishni tartibga solish maqsadida tashkil etilmoqda.

Prezident havo ifloslanishi muammosiga to‘xtaldi
29 yanvar 2024, 12:02

Prezident havo ifloslanishi muammosiga to‘xtaldi

Shavkat Mirziyoyev havo ifloslanishining oldini olish bo‘yicha ilmiy taklif va hisob-kitoblar qilinmayotgani bo‘yicha tegishli vazirlik, idoralar faoliyatidagi qoloqliklarni tanqid qildi.

Ish haftasi yomg‘irli bo‘ladi
29 yanvar 2024, 11:24

Ish haftasi yomg‘irli bo‘ladi

O‘zbekistonning asosiy qismida dushanba va seshanba kunlari yog‘ingarchilik kuzatiladi. Chorshanbadan Toshkent viloyati va vodiydan tashqari respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechalari 0…-5, shimolda −10…−15, kunduzi −3…+5 daraja bo‘ladi.

Adiz Boboyev Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi
29 yanvar 2024, 10:52

Adiz Boboyev Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi

Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Adiz Boboyev Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi. Mehriddin Abdullayev esa raisning birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.

“Taxtaqoracha” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi
29 yanvar 2024, 10:46

“Taxtaqoracha” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi

Dushanba kuni soat 10:20 dan Kitob tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining “Taxtaqoracha” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bunga kuchli qor yog‘ayotgani sabab bo‘lgan.

Transport vaziri va qator mas’ullarga hayfsan berildi
29 yanvar 2024, 10:40

Transport vaziri va qator mas’ullarga hayfsan berildi

Prezident o‘z tizimida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun transport vaziri Ilhom Mahkamov, uning birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov, IIV YHXB boshlig‘i Olim Saidov va “Toshshahartransxizmat” AJ raisi Anvar Jo‘rayevga hayfsan e’lon qilib, oxirgi ogohlantirish berdi.

Firibgarlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi
28 yanvar 2024, 20:45

Firibgarlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Ko‘p miqdordagi pullarni o‘zlashtirishda ayblanib, 8 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Uning harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan Istanbuldagi bosh konsulxonaga yoki IIVga murojaat qilishlari so‘raldi.

Oiladagi zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi video ishlagan vaynerlar 15 sutkaga qamaldi
28 yanvar 2024, 10:40

Oiladagi zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi video ishlagan vaynerlar 15 sutkaga qamaldi

Toshkentda ikki vayner ayol eridan kaltak yeb, ota uyiga borganda otasi ham bunga qizining o‘zini aybdor qilib, ortga qaytarib yuborgani aks etgan video ishlagandi. Sud buni tazyiq, zo‘ravonlik va jins bo‘yicha kamsitishni targ‘ib qiluvchi mahsulot deb topib, ularga nisbatan 15 sutka qamoq jazosini tayinladi.

Toshkentdagi YTH oqibatida bir haydovchi shifoxonaga yotqizildi
27 yanvar 2024, 22:37

Toshkentdagi YTH oqibatida bir haydovchi shifoxonaga yotqizildi

Shayxontohur tumanida KIA va Malibu mashinalari ishtirokida YTH bo‘ldi. Haydovchilarning biri jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi.

Farg‘onada bir oilaning 6 nafar a’zosi is gazidan vafot etdi
27 yanvar 2024, 13:13

Farg‘onada bir oilaning 6 nafar a’zosi is gazidan vafot etdi

Marg‘ilon shahrida bir xonadonda istiqomat qilib kelgan er-xotin, ularning qizi va uch nafar nabirasi is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etdi.

O‘zbekiston Etnosport assotsiatsiyasi 2023-yilning natijalari sarhisobi bilan bo‘lishdi
27 yanvar 2024, 13:00

O‘zbekiston Etnosport assotsiatsiyasi 2023-yilning natijalari sarhisobi bilan bo‘lishdi

Etnosport assotsiatsiyasi tomonidan 2023-yilda xalqaro tashkilotlar ekspertlari, O‘zbekiston vazirliklarining vakillari, shuningdek, professional va havaskor yosh sportchilar ishtirok etgan oltita yirik va ahamiyatli tadbir o‘tkazildi.

O‘zbekiston aholisi 1-yanvar holatiga ko‘ra 36,8 mln kishini tashkil etdi
27 yanvar 2024, 12:17

O‘zbekiston aholisi 1-yanvar holatiga ko‘ra 36,8 mln kishini tashkil etdi

O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2024-yil 1-yanvar holatiga 36 799 800 kishini tashkil etdi. Statistika agentligi 2023-yilgi demografik ko‘rsatkichlarni e’lon qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting