20-oktabr kuni O‘zbekiston hududining katta qismida kam bulutli va iliq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati +24…+27 daraja bo‘ladi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet agentligi matbuot xizmati.

Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida va kechga tomon Navoiy viloyati cho‘l hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, harorat +17…+22 darajagacha pasayadi.

21-oktabr kuni shimoli-g‘arbiy hududlardan bulutlilik O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Navoiy va Buxoro viloyatlarida kechasi va ertalab, qolgan hududlarda kun davomida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

22-oktabr, yakshanba kuni respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida va kechga tomon Navoiy viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi.

Dam olish kunlari havo harorati kechalari +7…+12 daraja, kunduz kunlari +18…+23 daraja atrofida bo‘ladi.

Poytaxtda 20−22-oktabr kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 21-oktabrda kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 5−10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari +10…+13 daraja, kunduz kunlari +20…+23 daraja bo‘ladi.