Rossiya va Belarus rahbarlarining Ittifoq davlati bo‘yicha kelishib olgani, Daniyaning barcha karantin cheklovlarini bekor qilgani, AQShda COVID-19'ga qarshi kengaytirilgan emlash rejasi qabul qilingani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Shanba va yakshanba kuni sovuq antitsiklon ta’siri hisobiga harorat kechalari +12…+15 darajagacha pasayadi, kunduz harorat +27…+30 darajagacha ko‘tariladi.
Roodell O‘zbekistonda sotiladigan Renault avtomobillari taqdimotini o‘tkazdi. Birinchi bosqichda uchta model — ikki krossover va bir yo‘ltanlamasning sotuvga chiqishi kutilmoqda.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 12,18 so‘mga pasayib, 10 655,91 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kurs ham pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.
Shavkat Mirziyoyev paralimpiyachilar bilan uchrashdi va O‘zbekiston terma jamoasining Paralimpiada yakunlari bo‘yicha so‘z yuritdi. «Musobaqaning dastlabki kunlarida 25 nafar sportchimizga nisbatan qattiq karantin talablari qo‘llangani ham, jiddiy muammolar tug‘dirdi», — dedi u. Prezident, shuningdek, paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish choralarini e’lon qildi.
Maktab va akademik litseylar o‘quvchilari o‘rtasidagi fan olimpiadalarining uchinchi va to‘rtinchi bosqichlari g‘oliblariga pul mukofoti beriladi. 4-bosqich g‘oliblariga ixtisoslik fani bo‘yicha davlat OTMlariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi va 3 yil davomida amal qiluvchi elektron sertifikatlar taqdim etiladi.
Hukumat qarori bilan OTMlarda talabalar bilan ishlash bo‘yicha «guruh murabbiyi» instituti bekor qilindi. 1−3-kurs talabalari uchun muammolarni bartaraf etishda yaqindan yordam ko‘rsatuvchi tyutorlarni biriktirish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
Har yili ingliz, nemis, fransuz tillari (xorijiy tillar) o‘qitiladigan maktablar o‘rtasida xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab tanlovi o‘tkaziladi. Respublika bosqichida birinchi o‘rinni egallagan maktabga 500 mln so‘m mukofot beriladi.
BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi ijrochi kotibi Geda Vali noyabrda O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Toshkentda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda 2022−2025 yillarga mo‘ljallangan yangi mintaqaviy dasturining imzolanishi kutilmoqda.
TIV rahbari Abdulaziz Kamilov yana bir bor tayinlangan Latviya elchisi Reynis Trokshni qabul qildi.
Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev muxolifat jamiyat barqaror rivojlanishining asosiy faktorlaridan biri ekanligini ta’kidladi. Uning fikricha, bugun O‘zbekistonning jamiyati muxolifat bo‘lishidan manfaatdor. Senator muxolifat tabiiy tuzilishi kerakligini aytib, «hokimiyat berilmaydi, hokimiyat uchun kurashish kerak» degan aqidani esladi. U OAVlarini hozirgi kunda nihoyatda muhim muxolifat deb bilishini qayd etdi.
Hukumat qarori bilan talabalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida turar joylar quriladi. Buning uchun viloyat hokimlari tomonidan 0,5 gektargacha yer joylardan ajratiladi. Respublika bo‘ylab jami 228 ta talabalar turar joylari (400 o‘rinli) barpo etiladi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, sakkiz oy davomida xorijdan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 4,9 mlrd dollarni tashkil qilgan. Bu 2020 yilning mos davriga nisbatan 35 foizga ko‘proq.
Kecha kun davomida O‘zbekistonda 687 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 5 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, payshanba kuni 159 kishida pnevmoniya qayd etildi, 2 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish xalqaro hamjamiyatni toliblar bilan muloqot qilishga va ularni munozaraga jalb qilishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Afg‘onistonda «ko‘p azob chekayotgan odamlar bilan birdamlikni ko‘rsatish uchun kerak».
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov O‘zbekistonda COVID-19ga qarshi emlanganlar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni taqdim qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ommaviy vaksinatsiyalash boshlanganidan beri (1 apreldan) jami koronavirus bilan kasallanish holatlarining bor-yo‘g‘i 285 tasi yoki taxminan 0,3 foizi emlanganlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Bakalavr bochqichi talabalari uchun har bir OTMga bittadan prezident stipedniyasi berilishi belgilandi. Magistratura va doktorantura talabalari uchun prezident stipendiyasi kvotasi ikki barobarga oshirildi.
KXSHTning o‘z kuchlarini zamonaviy qurol va texnika bilan jihozlayotgani, KXDR tashkil etilganining 73 yilligiga bag‘ishlangan harbiy parad, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Paxtakor tumanida 6 yoshli bola asfalt yotqizish mashinasi ostida qolib ketdi. Oqibatda bola voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan og‘ir texnika vositasi tegishli bo‘lgan firma rahbariga ma’muriy bayonnoma tuzilgan va jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O‘zbekistonga 1 mln 200 ming dozadan ortiq Pfizer/BioNTech va 600 ming dozadan ortiq AstraZeneca vaksinalari olib kelinishi kutilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting