Rossiyaning Tomsk shahrida migratsiya xizmati xodimi O‘zbekiston fuqarosini kaltaklagani yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deya xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Tomsk tergov boshqarmasiga tayanib.

Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasining Tomsk viloyati Tergov organlari tomonidan RF JKning 286-moddasi 3-qismi «a» bandida ko‘zda tutilgan (kuch ishlatish yoki undan foydalanish tahdidi bilan mansab vakolatlarini oshirish) jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinib, politsiya xodimiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Tomsk shahrida migratsiya xizmati xodimi tomonidan O‘zbekiston fuqarosi kaltaklangani haqida xabar berilgan edi.