Kitob tumani mehribonlik uyidagi bolalar Qamashi tumaniga ko‘chirildi
4 may 2021, 18:08

Kitob tumani mehribonlik uyidagi bolalar Qamashi tumaniga ko‘chirildi

Kitob tumanidagi 5-sonli Mehribonlik uyida bolalar uchun sharoit yomonligi va uning talabga javob bermasligi aniqlangach, 2 may kuni mehribonlik uyidagi 65 nafar tarbiyalanuvchilarining 10 nafari yaqin qarindoshlari oilasiga, 55 nafari Qamashi tumanidagi 4-sonli mehribonlik uyiga ko‘chirildi.

O‘zbekiston va YeIK iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi
4 may 2021, 17:03

O‘zbekiston va YeIK iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi

O‘zbekiston va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, bojxona va texnik jihatdan tartibga solish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va boshqalarga qaratilgan Hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi
4 may 2021, 16:50

Dollarning rasmiy kursi yana pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 8 so‘mga arzonladi va jami 10 514 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham biroz pasaydi, rubl esa ko‘tarildi.

Farg‘onada 9 yoshli qizaloq YTH oqibatida vafot etdi
4 may 2021, 16:26

Farg‘onada 9 yoshli qizaloq YTH oqibatida vafot etdi

Farg‘ona viloyatida Damas avtomashinasi yo‘lni kesib o‘tayotgan 9 yoshli piyodani urib yuborgan. Qizaloq tan jarohatidan shifoxonada vafot etgan.

Koronavirusga qarshi emlash har yili o‘tkazilishi mumkin
4 may 2021, 15:55

Koronavirusga qarshi emlash har yili o‘tkazilishi mumkin

Koronavirusga qarshi vaksinadan infeksiyaga qarshi antitanachalar uzoq muddat saqlanmasa, bu emlash ham xuddi gripp virusiga qarshi emlash kabi har yili o‘tkazilishi mumkin.

Bektemir Meliqo‘ziyev 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi
4 may 2021, 15:32

Bektemir Meliqo‘ziyev 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi

O‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev 4 yilga barcha milliy va xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etish huquqidan mahrum etildi.

Qoraqalpog‘istonda Markaziy Osiyodagi eng yirik shamol elektrostansiyasi quriladi
4 may 2021, 15:32

Qoraqalpog‘istonda Markaziy Osiyodagi eng yirik shamol elektrostansiyasi quriladi

Saudiya Arabistonining «ACWA Power» kompaniyasi ko‘magida Qoraqalpog‘istonda quvvati 1500 MVt ega shamol elektr stansiyasi quriladi. Mazkur loyiha taxminan 4 mln xonadonning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirib, yiliga taxminan 2,5 mln tonna karbonat angidrid gazini qoplashi kutilmoqda.

Taniqli inson huquqlari himoyachisi Surat Ikromov vafot etdi
4 may 2021, 15:23

Taniqli inson huquqlari himoyachisi Surat Ikromov vafot etdi

O‘zbekiston mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhining asoschisi va rahbari Surat Ikromov 76 yoshida vafot etdi.

Mobil aloqa tarmog‘ida iste’molchining roziligisiz reklama ko‘rsatilishi taqiqlanishi mumkin
4 may 2021, 15:17

Mobil aloqa tarmog‘ida iste’molchining roziligisiz reklama ko‘rsatilishi taqiqlanishi mumkin

«Reklama to‘g‘risida» gi yangi qonun loyihasida mobil aloqa tarmog‘i orqali reklama tarqatilishiga faqat iste’molchining roziligi bilan yo‘l qo‘yilishi, shuningdek taniqli shaxslar va tibbiyot xodimlari ishtirokida giyohvand moddalarni reklama qilishni taqiqlash taklif etilmoqda.

Saylov kodeksining 11 ta moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi
4 may 2021, 14:42

Saylov kodeksining 11 ta moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi

Qonunchilik palatasi deputatlari Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonunni qabul qilishdi. Ular yuqori turuvchi saylov komissiyalarining vakolatlari, okrug saylov komissiyasi tarkibi, ovoz berishda ID kartadan foydalanish va boshqa shu kabi o‘zgarishlarni nazarda tutadi.

Nurafshonda «aqlli shahar» o‘rniga Business City bunyod etiladi
4 may 2021, 13:52

Nurafshonda «aqlli shahar» o‘rniga Business City bunyod etiladi

Nurafshonda «aqlli shahar» investitsiyaviy loyihasi o‘rniga Nurafshon business city konsepsiyasi amalga oshiriladi. Avvalroq tashkil etilgan direksiya «Toshkent viloyatida biznes markazlarini qurish direksiyasi» shaklida qayta tashkil etiladi.

Qozog‘istonga 1 mln dollar mablag‘larni noqonuniy olib chiqmoqchi bo‘lgan poyezd mashinistlari ushlandi
4 may 2021, 13:32

Qozog‘istonga 1 mln dollar mablag‘larni noqonuniy olib chiqmoqchi bo‘lgan poyezd mashinistlari ushlandi

1 mln dollardan ortiq mablag‘larni yuk poyezdi orqali noqonuniy yo‘l bilan Qozog‘istonga olib chiqib ketishga uringan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi.

Xurshidjon Ahmedov Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi
4 may 2021, 12:56

Xurshidjon Ahmedov Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi

Xurshidjon Ahmedov Farg‘ona viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Xayrullo G‘afforov Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari etib saylandi
4 may 2021, 12:37

Xayrullo G‘afforov Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari etib saylandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi Xayrullo G‘afforov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari bo‘ldi.

Bill Geyts 27 yillik turmushidan so‘ng rafiqasi Melinda bilan ajrashmoqda
4 may 2021, 11:58

Bill Geyts 27 yillik turmushidan so‘ng rafiqasi Melinda bilan ajrashmoqda

Microsoft korporatsiyasi asoschisi, Bill Geyts rafiqasi Melinda bilan ajrashayotganini ma’lum qildi. «Uzoq mulohazalar va munosabatlarimiz bo‘yicha ko‘p ishlardan so‘ng, biz nikohimizni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qildik», — deb yozdi tadbirkor.

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritganlarga pul mukofoti beriladi
4 may 2021, 11:57

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritganlarga pul mukofoti beriladi

Yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan sportchilar va ularning trenerlariga bir martalik pul mukofotlari beriladi. Bundan taqshari, nufuzli musobaqalar g‘oliblari uchun 5 mlndan 7 mln so‘mgacha bo‘lgan stipendiyalar joriy etiladi. Bu boradagi taqdimot dushanba kuni prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan.

Zuhra Ibragimova Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosari etib saylandi
4 may 2021, 11:45

Zuhra Ibragimova Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosari etib saylandi

Zuhra Ibragimova Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, «Adolat» SDP fraksiyasi rahbari etib saylandi.

Toshkent viloyatida fuqaroni ichki ishlar tizimiga joylashtirishni va’da qilgan shaxs ushlandi
4 may 2021, 11:23

Toshkent viloyatida fuqaroni ichki ishlar tizimiga joylashtirishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Toshkent viloyatida fuqaroni 4500 AQSH dollari evaziga ichki ishlar tizimiga joylashtirishni va’da qilgan shaxs aniqlandi. U kelishilgan puldan 2 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Meksikada metro ko‘prigi poyezd bilan quladi
4 may 2021, 10:48

Meksikada metro ko‘prigi poyezd bilan quladi

Meksikada metro ko‘prigi vagon bilan birga, uning ostida mashinalar harakati paytida qulab tushdi. Hodisa oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi va 70 ga yaqin odam jarohatlandi.

Gulistonda noqonuniy diniy ta’limdan dars berib kelayotgan shaxslar aniqlandi
4 may 2021, 10:41

Gulistonda noqonuniy diniy ta’limdan dars berib kelayotgan shaxslar aniqlandi

Guliston shahrida 9 nafar voyaga yetmagan maktab o‘quvchilari va 6 nafar ayol-qizlarga xujra sifatida noqonuniy diniy ta’limdan dars berib kelayotgan shaxslar aniqlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting