Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 10 maydan kuchga kiradi:

  • 1 AQSH dollari 18,36 so‘mga ko‘tarildi va 10 511,84 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 55,75 so‘mga qimmatladi va 12 697,25 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 1,24 so‘mga ko‘tarildi va 141,84 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollar kursi 7 so‘mga arzonlab, jami 10 493 so‘mni tashkil qilgandi.