Toshkentda bo‘lib o‘tgan Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilar Kengashi yig‘ilishida umumiy qiymati 280 mln dollardan ortiq bo‘lgan shartnomalar imzolandi.
Afg‘onistonning Panjsher provinsiyasida bir necha kundan buyon «Tolibon» va qarshilik kuchlari o‘rtasida to‘qnashuvlar davom etmoqda. Toliblar hududda ustunlikni qo‘lga kiritishganini e’lon qilishmoqda, biroq karshilik kuchlari buni rad etdi. Harakat vakillari Panjsherdagi qarshilik kuchlarining matbuot kotibini o‘ldirgan.
8 sentyabrda O‘zbekiston shimoliga antitsiklon kirib kelib, Volga bo‘yi hududlaridan salqin havoni olib keladi. 9−10 sentyabrda salqin havo massasi O‘zbekistonning barcha hududlarini qamrab oladi. Havo harorati +23…+28 darajagacha pasayishi kutilmoqda.
Boyovut tumani hokimligi tuman hokimining o‘rinbosari Saodat Mirzayeva 51 yoshida vafot etdi. U mazkur lavozimda 2020 yil 26 iyundan beri ishlab kelayotgan edi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 sentyabr kuni O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi qurultoyida ishtirok etadi. Shuningdek, davlat rahbari Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlari bilan uchrashishi ham mo‘ljallanmoqda.
Kecha kun davomida O‘zbekistonda 640 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 8 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, yakshanba kuni 123 kishida pnevmoniya qayd etildi, 3 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
Hukumat qarori bilan poytaxtdagi istirohat bog‘lariga tunu kun faoliyat yuritishiga ruxsat berildi. 2023 yilgacha poytaxtning ko‘kalamzorlashtirilishi darajasini 30 foizga yetkazish belgilanmoqda. 2022 yildan sinov tariqasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish vazifalari autsorsing asosida tadbirkorlarga beriladi.
Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 16-o‘rinni egallashdi.
O‘zbekistondagi lagerda bo‘lib turgan afg‘on uchuvchilari va boshqalar vatanga qaytishdan xavfsiramoqda, deb yozmoqda Reuters. «Bizni qaytarishsa, 100 foiz aminmanki, bizni o‘ldirishadi», — deya ma’lum qildi uchuvchilardan biri. Reuters lager tasvirlarini ham e’lon qilib, afg‘onlar O‘zbekistonga uchib kelgan samolyot va vertolyotlar modellari haqida xabar berdi.
6 sentyabr kuni O‘zbekistonga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 3 mln dozasi olib kelindi. Shunday qilib, jami vaksina zaxirasi 22 mln 446 ming 540 dozani tashkil qilmoqda.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Shvetsiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Ushbu bahsda shvetsiyaliklar 2:1 hisobida g‘alabaga erishishdi.
1-kursga qabul qilingan talabalar uchun 6 sentyabrdan dastlabki tanishtiruv haftaligi, 13 sentyabrdan e’tiboran o‘quv rejaga muvofiq dars mashg‘ulotlari boshlanadi.
Xalqaro armiya o‘yinlarida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi 4 ta oltin, 9 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida Xitoyni ortda qoldirib, 2-o‘rinni egalladi. Musoboqalar davomida O‘zbekiston harbiylari 10 ta rekord natijani qayd etdilar.
5 sentyabr kuni O‘zbekistonga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 1,5 mln dozasi olib kelindi. Shunday qilib, jami vaksina zaxirasi 19 mln 446 ming 540 dozani tashkil qilmoqda.
Kecha kun davomida O‘zbekistonda 662 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. 6 nafar COVID-19 bemori vafot etdi. Shuningdek, shanba kuni 140 kishida pnevmoniya qayd etildi, 3 nafar pnevmoniya bemori vafot etdi.
Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik para-taekvondochi Guljanoy Naimova oltin medalni qo‘lgan kiritdi. Bu O‘zbekiston hisobidagi sakkizinchi oltin medal bo‘ldi.
“Agrobank” Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi tomonidan eng ko‘p kichik va o‘rta biznes loyihalarini moliyalashtirgan banki sifatida e’tirof etildi.
O‘zbekiston maktablarida yangi o‘quv yili to‘liq an’anaviy shaklda boshlanadi. Vaqtincha yopilgan maktablar uchun teledarslar yo‘lga qo‘yiladi. O‘quvchining o‘zi yoki oila a’zolari koronavirusga chalingan bo‘lsa yoki maktab o‘qituvchilari orasida infeksiya aniqlangan bo‘lsagina, masofaviy (onlayn) tarzda o‘quv jarayonlari olib boriladi.
O‘zbekiston maktablarida qizlarga istisno tariqasida oq va ochiq ranglardagi milliy ro‘molda va do‘ppida bo‘lishga ruxsat berildi. XTV rahbari bu ko‘pchilik ota-onalarning murojaatlari asosida qabul qilinganini va asosiy maqsad — barcha bolalarga ta’lim berish ekanligini ta’kidladi. «Biz dunyoviy bilimlarni barchaga berishimiz shart. Shu narsaga sharoit yaratib berishimiz kerak», — dedi u.
Tokioda bo‘lib o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarida nayza uloqtirish bahslarida o‘zbekistonlik Nurxon Qurbonova kumush medali sohibi bo‘ldi. Sportchi yadro uloqtirish sektorida bronza medaliga ham sazovor bo‘lgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting