Kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni O‘zbekistonga olib kirish va tarqatishda gumonlangan 30 nafar shaxs ushlandi
28 aprel 2023, 14:58

Kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni O‘zbekistonga olib kirish va tarqatishda gumonlangan 30 nafar shaxs ushlandi

O‘zbekistonga noqonuniy ravishda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini olib kirish va ularni mamlakat bo‘ylab tarqatish bilan shug‘ullanganlikda gumonlangan 30 nafar shaxs ushlanib, ularga tegishli 75 275 dona dorilar olib qo‘yildi.

Yunusoboddagi mahalla nomini ajrashishlar ko‘paygani uchun o‘zgartirish taklif qilindi
28 aprel 2023, 14:33

Yunusoboddagi mahalla nomini ajrashishlar ko‘paygani uchun o‘zgartirish taklif qilindi

Yunusobodda salkam 30 yil “Shodlik” deb nomlangan mahalla nomi “tarixiy ahamiyat kasb etishi uchun” 2016-yili “Yo‘layriq” deb o‘zgartirilgan. Oradan yetti yil o‘tib, mahalla nomini endi “Obihayot” deb o‘zgartirishmoqchi. Ta’kidlanishicha, mahallaning hozirgi nomi yosh oilalarning totuvligiga xalal bermoqda.

Shavkat Mirziyoyev yozda Italiyaga tashrif buyurishi mumkin
28 aprel 2023, 14:21

Shavkat Mirziyoyev yozda Italiyaga tashrif buyurishi mumkin

Prezident Shavkat Mirziyoyev iyun oyida Italiyaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda, deya ma’lum qildi Italiya mudofaa vaziri Krozetto Gvido.

DXX Toshkentda narkotik modda savdosi bilan shug‘ullanishda gumonlangan shaxslarni ushladi
28 aprel 2023, 12:56

DXX Toshkentda narkotik modda savdosi bilan shug‘ullanishda gumonlangan shaxslarni ushladi

Toshkent shahri va viloyatida jami 2,6 kg “gashish”, 800 gramm “opiy” va boshqa psixotrop dorilarning savdosiga chek qo‘yildi. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

Reproduktiv tibbiyot va genetika instituti tashkil etildi
28 aprel 2023, 12:53

Reproduktiv tibbiyot va genetika instituti tashkil etildi

Toshkent shahrida Reproduktiv tibbiyot va genetika instituti ochildi. 2023−2024 o‘quv yilidan ushbu institutda klinik ordinatura tashkil qilinib, reproduktolog va akusher-ginekolog kabi mutaxassislar tayyorlash boshlanadi.

Toshkentdan Budapeshtga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar 2023-yilning ikkinchi yarimidan yo‘lga qo‘yiladi
28 aprel 2023, 12:30

Toshkentdan Budapeshtga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar 2023-yilning ikkinchi yarimidan yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston va Vengriya 2023-yilning ikkinchi yarmidan boshlab o‘z poytaxtlari o‘rtasida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Toshkentdagi investitsiya forumida rasmiy Budapesht O‘zbekiston bilan dronlarni ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba almashishga tayyorligini bildirdi.

Buxoroda erkak boshqaning do‘konini 51 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi
28 aprel 2023, 12:01

Buxoroda erkak boshqaning do‘konini 51 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi

Buxoroda erkak soxta pasport va shartnomani ko‘rsatib, birovning do‘konini ikki ayolga 50,8 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi.

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo ochiq va quyoshli bo‘ladi
28 aprel 2023, 11:48

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo ochiq va quyoshli bo‘ladi

Shanba va yakshanba kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida havo ochiq va quyoshli bo‘lishi kutilmoqda. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Yakshanba kuni harorat kunduzi 28−33 daraja atrofida bo‘ladi.

Qashqadaryo va Buxoroda quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalari quriladi
28 aprel 2023, 11:30

Qashqadaryo va Buxoroda quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalari quriladi

Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida har birining quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha Xitoy kopmaniyasi bilan bitimlar imzolandi.

“Mening yo‘lim” loyihasidagi takliflarga ovoz berish boshlandi
28 aprel 2023, 11:02

“Mening yo‘lim” loyihasidagi takliflarga ovoz berish boshlandi

Open budget axborot portalidagi “Mening yo‘lim” loyihasi doirasida 10 mingtadan ortiq tashabbusli taklifga ovoz berish jarayoni boshlandi, u 7-maygacha davom etadi.

Samarqandda 14 yoshli boladan $4,5 ming olib, evaziga PUBG profilini bermagan o‘smirga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
28 aprel 2023, 10:52

Samarqandda 14 yoshli boladan $4,5 ming olib, evaziga PUBG profilini bermagan o‘smirga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi 16 yoshli bola PUBG profilini sotishini aytib 14 yoshli boladan 4,5 ming dollar olgan. Biroq profilni unga bermay, pullarni shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochilgan.

Sudandagi o‘zbekistonliklar Saudiya Arabistoniga evakuatsiya qilindi
28 aprel 2023, 10:48

Sudandagi o‘zbekistonliklar Saudiya Arabistoniga evakuatsiya qilindi

Ikki haftadan buyon Sudanda davom etayotgan qurolli to‘qnashuvlar sababli xorijlik fuqarolar Saudiya Arabistoniga evakuatsiya qilinmoqda. Ko‘chirilayotganlar orasida o‘zbekistonliklar ham bor. Saudiya “ularning o‘z mamlakatlariga jo‘nab ketishiga tayyorgarlik ko‘rish uchun barcha zaruriy ehtiyojlarni ta’minlab beradi”.

Banklar dollarning sotuv kursini 11 395 — 11 445 so‘m atrofida belgiladi
28 aprel 2023, 10:05

Banklar dollarning sotuv kursini 11 395 — 11 445 so‘m atrofida belgiladi

Tijorat banklari 28-aprel kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 335 — 11 380 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 395 — 11 445 so‘m.

Vazirlar Mahkamasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti qayta tashkil etildi
28 aprel 2023, 09:42

Vazirlar Mahkamasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti qayta tashkil etildi

Prezidentning ma’muriy islohotlar to‘g‘risidagi farmoni bilan bekor qilingan Vazirlar Mahkamasi tuzilmasidagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti 4 oy o‘tib qayta tashkil etildi.

“O‘zbekiston o‘z hududidan sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun foydalanishga qarshi ekanidan minnatdormiz” — YeI maxsus vakili
28 aprel 2023, 09:16

“O‘zbekiston o‘z hududidan sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun foydalanishga qarshi ekanidan minnatdormiz” — YeI maxsus vakili

YeIning sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili Devid O’Sallivan O‘zbekiston va Yevroittifoq mamlakat hududidan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tish, xususan, ikki maqsadli tovarlarni qayta eksport qilish uchun foydalanilmasligini ta’minlash borasida qanday ishlar olib borayotgani haqida ma’lumot berdi.

Toshkentda 12 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
28 aprel 2023, 09:14

Toshkentda 12 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Yunusobod tumanida 4 ta yuk mashinasi va 8 ta yengil avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda bir yo‘lovchi jarohat olib, shifoxonaga yetkazildi.

Energetika vaziri O‘zbekistonda gaz qazib olish hajmi qisqarganiga izoh berdi
27 aprel 2023, 23:58

Energetika vaziri O‘zbekistonda gaz qazib olish hajmi qisqarganiga izoh berdi

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamaxmudov O‘zbekistonda gaz qazib olish keskin pasayganini izohlab, shu yil ikkinchi yarmidan “dinamikaning o‘zgarishi”ni aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, gaz qazib olishning kamayishi asosan “O‘zbekneftgaz” hisobiga bo‘lgan, chunki “kompaniya konlarining 75−80 foizi o‘zlashtirilgan”.

“Ukraina va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida ko‘ringanidan ko‘proq umumiylik bor” — Andrey Yermak
27 aprel 2023, 23:48

“Ukraina va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida ko‘ringanidan ko‘proq umumiylik bor” — Andrey Yermak

Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak Markaziy Osiyo davlatlari haqida maqola yozdi. Uning ta’kidlashicha, mintaqa davlatlari tarixan ko‘p vektorliligi bilan ajralib turadi. Rossiya yakuniy tanlov qilishga majburlamaguncha Ukraina ham ko‘p vektorli bo‘lishga intilgan, deb yozadi u.

Sardobada hojatxonadan telefonini olib chiqmoqchi bo‘lgan uch kishi vafot etdi
27 aprel 2023, 23:32

Sardobada hojatxonadan telefonini olib chiqmoqchi bo‘lgan uch kishi vafot etdi

Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida hojatxonaga tushib ketgan telefonni olishga uringan bir oilaning uch nafar a’zosi halok bo‘ldi.

27-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
27 aprel 2023, 22:00

27-aprel kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Oltin qazib olishni 1,5 barobarga oshirmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston, Rossiyadan yana 56 ta metro vagoni olinishi, ITB bilan imzolangan 400 mln dollarlik bitimlar, Andijon, Namangan, Buxoro va Urganch aeroportlari boshqaruvi xususiy sektorga topshirilishi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting