Buxoroda erkak ikki ayolga o‘ziga tegishli bo‘lmagan do‘konni sotishga urindi, deb xabar qildi viloyat IIB matbuot xizmati.

Unga ko‘ra, Buxoro shahri “J.Ikromiy” mahallasida yashovchi, 1993-yilda tug‘ilgan Q.O. 2 nafar ayolga o‘zini aslida faoliyati tugatilgan “Shuxrat Baraka Ramzan” MCHJ rahbari hamda “Mansurov Alisher” deb tanishtirgan.

Ularga noturar joyni (savdo do‘koni) sotishni va’da qilib, soxta shartnoma hamda soxta pasport nusxasini taqdim qilish yo‘li bilan ishonchiga kirib, ayollardan jami 50 800 dollarni olgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.