Samarqandda PUBG shaxsiy hisobini (profilini) 4,5 ming dollarga sotishini aytib 14 yoshli bolani chuv tushirgan o‘smirga nisbatan jinoiy ish ochildi, deya xabar bermoqda Tergov departamenti.

2023-yil yanvar oyining oxirlarida Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi voyaga yetmagan 16 yoshli T.J. o‘ziga tegishli bo‘lgan Telegram messenjerdagi Frenzy account orqali PUBG o‘yinining profilini 7 000 AQSh dollariga sotishi haqida reklama joylashtirgan.

Shundan so‘ng ushbu o‘yindagi profilini o‘ziga oldindan tanish bo‘lmagan Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida yashovchi 14 yoshli I.S.ga sotishga kelishib, undan jami 4 450 AQSh dollar miqdoridagi pullarni o‘ziga tegishli bo‘lgan plastik kartasiga o‘tkazib olgan. Biroq I.S.ga PUBG`dagi profilini bermasdan, undan olgan pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan T.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.