27-aprel kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumani Kichik halqa aylanma yo‘li-Sharof Rashidov ko‘chalari kesishgan chorrahada 12 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati.

Soat 13:40 atrofida “Kamaz”, Isuzu, Howo, “Zil” yuk avtomashinalari hamda Lacetti, Tracker-2, Nexia-3, Epica, 2 ta Cobalt va 2 ta Spark avtomashinasi ishtirokida avtohalokat sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTHga “Kamaz” haydovchisi chorrahaga yaqinlashayotgan vaqtda tormoz tizimida nosozlik yuzaga kelgani sabab bo‘lgan.

12 ta mashina, йтҳ

Oqibatda Cobalt mashinalaridan birining yo‘lovchisi jarohat olib, shifoxonaga olib borilgan va birinchi yordam ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan shahar YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.