“O‘zbekistonda o‘zingiz istagan tinchlik, barqarorlik va zarur kafolatlarni topasiz”. Prezident investitsiya forumida nutq so‘zladi

Shavkat Mirziyoyev Toshkent investitsiya forumidagi nutqida Xalqaro tijorat sudini ishga tushirish rejalari, “yashil iqtisodiyot”ga o‘tishni davom ettirish niyatini ma’lum qildi va xususiylashtirish dasturi haqida gapirdi.

O‘zbekiston oltin qazib olishni 1,5 barobarga oshirmoqchi

O‘zbekiston oltin qazib olishni qariyb bir yarim barobarga, ya’ni 150 tonnagacha oshirishni rejalashtirmoqda.

Toshkent metropoliteni 2023-yilda Rossiyadan yana 56 ta vagon qabul qilib oladi

Toshkent metropoliteni 2023-yilda yana 56 ta vagon yoki 14 ta tarkibni qabul qilishi kerak, dedi “Transmashxolding” (Rossiya) rahbari poytaxtdagi “Innoprom” ko‘rgazmasida. 2019−2021-yillarda 60 ta vagon yetkazib berilgan.

Andijon, Namangan, Buxoro va Urganch aeroportlari boshqaruvi xususiy sektorga topshiriladi — prezident

Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumi yalpi majlisida Andijon, Namangan, Buxoro va Urganch aeroportlari boshqaruvi xususiy sektorga topshirilishini ma’lum qildi.

MB asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha yig‘ilishni keyinga qoldirdi

O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha yig‘ilishni bir hafta keyinga qoldirdi. Regulyatorga ko‘ra, “prognozlarni yangilash, ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlardagi o‘zgarishlarni keng qamrovli tahlil qilish” uchun qo‘shimcha vaqt talab etiladi.

2023-yildan xususiy maktablarning ham reytingi tuziladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 2023-yildan nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini ham baholashni rejalashtirmoqda.

O‘zbekistonda IELTS imtihonida yuqori natija ko‘rsatgan 10,3 mingdan ortiq yoshlarning to‘lovi qaytarildi

2021-yildan buyon 14 102 ta yuqori natijali xorijiy til sertifikatlarini qo‘lga kiritgan yoshlarga imtihon uchun qilgan to‘lovi qaytarib berildi. Ularning 10 356 tasi IELTS uchun to‘langan kompensatsiyadir. Bunda talabgor 7 balldan yuqori natija ko‘rsatishi talab etiladi.

O‘zbekiston ITB bilan 400 mln dollarlik bitimlarni imzoladi

Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Islom taraqqiyot banki bilan qishloq va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, maktabgacha ta’limni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish yuzasidan 400 mln dollarlik bitimlar imzolandi.

AQSh elchisi tabiatni asrash uchun second-hand kiyimlar sotib olishini aytdi

Xalqaro Yer kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik nutq so‘zladi. U tabiatni asrash uchun barcha tashkilot va fuqarolar birga harakat qilishi kerakligini aytdi. “Deyarli barcha kiyimlarimni second-hand`dan xarid qilaman, bu odatga aylangan”, — dedi elchi.

Davlat ijrochisi faoliyati yuzasidan shikoyatlar endi faqat ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladi

Davlat ijrochisining har qanday qarorlari yoki harakatlari ustidan shikoyat endi faqat ma’muriy sudga yoxud bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga beriladi.

O‘zbekistonda Xalqaro tijorat sudi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda xalqaro ekspertlar ko‘magida Xalqaro tijorat sudi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bundan buyon, tadbirkor va investorlar sudda o‘z talabining to‘g‘riligini isbotlashi shart emas. Endi davlat idorasi o‘z qarorining qonuniyligini isbotlab berishga majbur bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Buxoro va Urganch aeroportlari boshqaruvi xususiy sektorga topshiriladi — prezident

Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumi yalpi majlisida Andijon, Namangan, Buxoro va Urganch aeroportlari boshqaruvi xususiy sektorga topshirilishini ma’lum qildi.

Qashqadaryoda gaz taqsimlash stansiyalari salkam 23 mlrd so‘mlik gazni talon-toroj qilgani aniqlandi

Qashqadaryoda 15 ta gaz taqsimlash punkti va stansiyasi salkam 23 mlrd so‘mlik suyultirilgan gazni talon-toroj qilgani aniqlandi. Ular gazni qabul qilish va yetkazishda hukumat qarori talablariga rioya etmagan.

Toshkent uchun yangi oqova suvlarni tozalash inshootini qurish 2024-yil boshiga mo‘ljallanmoqda

Abu Dhabi Sewerage Services Company 2024-yil boshida Toshkent uchun yangi oqova suvlarni tozalash inshootini qurishni boshlashni rejalashtirmoqda. Loyiha, shuningdek, mavjud oqova suvlarni tozalash inshootiga olib boruvchi barcha markaziy quvurlarni birlashtirish va modernizatsiya qilishni nazarda tutadi.

Interpol qidiruviga berilgan shaxs Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Polsha xalqaro qidiruvda bo‘lgan va 2022-yil martida Interpolning Qizil xabarnomasi asosida hibsga olingan shaxsni O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi. U yirik firibgarlikda ayblanmoqda.

Uzbekistan Airways bortida chaqaloq dunyoga keldi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkentdan Istanbulga uchgan samolyoti bortida o‘g‘il chaqaloq tug‘ildi.