Sog‘liqni saqlash vazirligi ko‘magida Reproduktiv tibbiyot assotsiatsiyasi tomonidan Toshkent shahrida Reproduktiv tibbiyot va genetika instituti ochildi, deya xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.

2023−2024 o‘quv yilidan ushbu institutda klinik ordinatura tashkil qilinib, reproduktolog, akusher-ginekolog kabi mutaxassislar tayyorlash boshlanadi.

Shuningdek, shu yilning o‘zida xorijiy ekspertlardan iborat bo‘lgan reproduktologiya, embriologiya, sitologiya, genetika yo‘nalishlarida ilmiy tatqiqot ishlarini olib boruvchi va ushbu yo‘nalishlarda ilmiy daraja beruvchi ixtisoslashgan Ilmiy Kengash faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Ushbu zamonaviy ixtisosliklar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash O‘zbekistonda ilk bor yo‘lga qo‘yilmoqda.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat aholisi orasida tug‘ilish koeffitsiyenti 3,2 ni tashkil etib, har yili qariyb 1 million nafarga yaqin chaqaloq dunyoga keladi.