O‘zgidromet xizmati agentligi dam olish kunlari — 29−30-aprel sanalarida kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Dam olish kunlari mamlakat hududining katta qismida havo ochiq va quyoshli bo‘lishi kutilmoqda. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Yakshanba kuni respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlari bo‘yicha shamol tezligi 18−23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11−16, kunduzi 28−33 daraja atrofida bo‘ladi.

Poytaxda 28-aprel kuni kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat 28−30 daraja bo‘ladi.

Dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13−15, kunduzi 29−31 daraja bo‘ladi.